O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Mustaqillik istiqlol davrining 
eng asosiy qadriyatidir.
Zero, mustaqil bo’lmagan mamlakatning qadriyatlar tizimi hech qachon to’kis bo’lmaydi. 
Mustamlaka mamlakatning ma’naviy hayotida mustamlakachilarning qadriyatlari ustuvor bo’lishi aniq. Faqat 
mustaqillikkina ushbu holatni tubdan o’zgartiradi, mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon tizimining teng huquqli 
va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishni taqozo qildi. Bu 
zaruriyat esa qadriyatlarni qayta baholash, yurtimizda sharqona, azaliy va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustuvor 
bo’lgan hayot tarzini shakllantirish jarayoni bilan uyg’unlashib ketdi. Qadriyatlar sohasidagi o’zgarishlarga e’tibor va 
bu boradagi yangi tamoyillardan ta’lim-tarbiyada foydalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda. 
Qadriyat o’zi nima?
Qadriyat tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma’noda, turli sohalarda qo’llaniladi. 
Qadriyatning kundalik hayotdagi ma’nosi
kishilar o’rtasidagi muloqotlarda, ommaviy axborot vositalarining 
xabarlarida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, 
qimmatbaho buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an’ana va 
marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, 
gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham «qadriyat» tushunchasini 


qo’llaydilar. Xullas, kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan qo’llaniladigan «qadriyat» iborasi, odamlar uchun biror 
zarur ahamiyat kasb etadigan ob’ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. 
Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga xizmat qilishi 
ta’kidlanganida, asosan ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati 
kishilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati 
ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. 
Shu ma’noda 
qadriyat 
narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror 
ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab 
va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin