O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat
qanday edi? Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan mamlakatda 
qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqotlar 
olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomonidan 
tahlil qilina boshlagan bo’lsa-da, 90-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o’z o’rniga ega bo’lmadi. Hukmron 
mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan 
maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq Ittifoqda birorta ham darslik yoki o’quv 
qo’llanmasi chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarixchi va boshqa ijtimoiy mutaxassislar 
tayyorlaydigan gumanitar bo’limlarida ham bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi. 
Qadriyatlar to’g’risidagi g’arbda keng tarqalgan 
aksiologiya
fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-
huquqlariga doir ko’pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. 
Mustaqillik va qadriyatlar mavzusi. 
Istiqlol yillarida O’zbekistonda bu mavzuga umuminsoniy tamoyillar asosida 
yondashish shakllandi. Bunday qarashning vujudga kelishi, qadriyatlarning ijtimoiy va ma’naviy yangilanishi, jamiyat 
a’zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e’tibor 
ko’rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo’nalishidir. Qadriyatlarni mustaqillikni mustahkamlashning 
ma’naviy omillaridan biri sifatida qadrlanishi borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni ko’paytirish, ularga nisbatan 
mas’uliyatni yanada oshirishni taqozo qilmoqda. 
Istiqlol asrlar davomida shakllangan o’ziga xos sharqona va o’zbekona qadrlash masalalari va me’yorlarini qayta 
tiklash hamda zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga qo’ydi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin