O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Inson tarixning yaratuvchisi
sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. U o’z bilimi, tajribasi va 
yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o’z aqli 
tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi, o’z tarixini yaratadi, uni 
avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi 
uchun manba bo’lib xizmat qiladi. 
Tabiat va jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini 
ta’minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ’ib etishi kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson 
muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi. 
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo’lishi va rivojlanishini ruh bilan bog’laydi. Ayrim 
tadqiqotchilar insonga xos bo’lgan biror-bir xususiyatga alohida urg’u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib 
berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko’proq e’tibor bergan va uni ezgulikni 
yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan. Vladimir Solovev insonning boshqa mavjudotlardan farqini 
uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig’inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o’zining tuban 
mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas 
kuchlarga sig’inish insongagina xos. 
Inson tabiati — g’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, 
farishta ham emas. Insoniy ruh va ma’naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi. 
Insonni o’rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi. 
Antropologiya
inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan 
shug’ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari 
qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini 
boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini 
ifoda etadi. 
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson 
borlig’ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo’lish, 
tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu 
bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi 
ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. 
Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida 
qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to’g’ri tushunishga xalaqit berishi 
mumkin. 
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, 
undagi moddiylik va ma’naviylikni uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — 
badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va 
mehnatsevar bo’lishga rag’batlantiradi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat 
o’rnatib, saxiy va olihimmat bo’lishga undaydi. 
Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan 
g’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta’rifiga ko’ra, ma’naviyat (ruh) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e’tiqodini 
mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat 
mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shaxslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga xos bo’lgan barcha 
xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishida, 
muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi. 


Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor 
munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo 
etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan. 
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir: 
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi; 
- mehnatga yangicha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi omillar; 
- o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi; 
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi; 
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; 
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; 
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; 
- demokratik qadriyatlar rivoji; 
- ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir. 
Ular shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim 
ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari 
ro’yobga chiqishini ta’minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan 
bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish 
jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi. 
Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib 
qo’yadi: 
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish; 
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; 
- insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi, 
kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. 
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga 
qadar inson to’g’risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga 
ko’proq e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi. 
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam 
beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq 
manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko’proq g’arazli maqsadlarini 
amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy 
guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga 
oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-
axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga 
etkazishga qarshilik ko’rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi 
ekstremistlar, korruptsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi 
jamiyat uchun noxush odamlardir. 
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik 
jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni 
ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida 
e’tibor beradi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin