O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

«juft kategoriyalar»
deb ataladigan; umumiy bog’lanish va aloqadorlik 
munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo’nalishdagi eng muhim, 
zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa 
kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining 
uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. 


Alohidalik, xususiylik, umumiylik. 
Ular
 
narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon 
munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon 
bo’layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan 
holda namoyon bo’lishidir. Alohidalik va umumiylik o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» 
kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi 
konkretlik bo’lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-
zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo’lishi mumkin. 
Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo’lish shaklidir. 
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendentsiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali 
umumiylikka o’tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va 
maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo’lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-
tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o’ziga xos bo’lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning 
umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo’llash bozor strategiyasi va taktikasining milliy 
xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. 
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko’rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo’lgan 
narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va 
narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin. 
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg’unlikka ega bo’lgan birlik sifatida qaralgan 
(Aflotun, Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon 
bo’lish momenti sifatida qaraydi. 
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida 
muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda «Osiyotsentrizm» va «Evropatsentrizm» to’g’risida eslash 
kifoya). 
Vaholanki, umuminsoniyat tsivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo’lib, madaniyat tarixida 
har bir xalq, millat o’z o’rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat tsivilizatsiyasi tarkibidagi milliy 
madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo’lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan 
boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi. 
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash 
kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko’ra, har qanday 
sistema o’z tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo’la olmaydi. Shunday 
qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. 
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o’rtasidagi bog’lanishlar, bir tomondan, umumiylikni 
namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, 
umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish 
bilishning nisbatan to’laqonli bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari 
o’ziga xos bo’lgan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu 
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy 
madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yo’nalishlarga asos bo’lgan. Bu madaniyat 
yo’nalishlari nisbatan mustaqil bo’lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendentsiyasi 
umuminsoniyat tsivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo’lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. 
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o’rtasida uzviy 
bog’liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish 
jarayonidagi bog’lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo’lsa, «butun», 
«qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog’lanish 
munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – 
alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o’xshashlik bo’lishiga qaramasdan, sistemani 
umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo’lishi 
mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy 
hodisa bo’lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko’ra, yuqorida aytilgan har ikkala 
kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin