Abu Mansur Moturidiy (melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e’tibor qaratgan
Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu’taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini,
Qur’onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (699-
748 yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o’ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U
Qur’onga tayanib, jannat va do’zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo’qligini, lekin insonning
Olloh oldida o’z qilmishlari uchun mas’ul ekanligini asoslab berishga xarakat qilgan.
Bunday ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda
mashshoiyunlar va tabbiiyunlar ning (Arastu falsafasi va
tabiatni o’rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma’naviyatning dunyoviy va
diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro’y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini
ko’rsatib turibdi.
Qadimgi Yunon falsafasi an’analarida siyosiy faoliyat va donishmandlik ko’p hollarda bir-biriga qarama-qarshi
qo’yilgan bo’lsa, islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda
davlatni boshqarish — bu san’at, ammo u ijtimoiy adolat taomiliga amal qilmog’i zarur, ijtimoiy adolat esa teng
huquqiylikka amal qilish tufayli barqaror bo’la oladi, deb hisoblanadi.
Islom falsafasiga ko’ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, axloq-odob esa inson
tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Musulmon Sharqi mutafakkirlarini aql maqomi, mantiq ilmi avvaldan
qiziqtirib keladi, chunki mantiqqa tayanmagan xar qanday bilim ishonchli va samarali bo’la olmaydi. Bu masala ham
islom falsafasida o’z o’rniga ega.
Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida
(ko’pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian
tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo’ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning
birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi
mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so’fiylar, deb ataganlar va
«so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan. Ilk so’fiylar aholining kambag’al toifasi orasida shakllangan. Ularning
qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan.
Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliyning
(1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ul zot dunyo qonuniyatlarini aql orqali bilishni e’tirof
etgan, lekin Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta’kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar — iltijo-
ibodatlar ko’magida bilib boriladi. Mantiq, tabiatni bilish Ollohni tanishga xalal bermasa, ular ahamiyatlidir, agar aksincha
bo’lsa, ularning maqomi chegaralanadi.
Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, iymon-e’tiqodning mohiyati
Ollohdan boshqa narsaga muhtoj bo’lmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib
yashashdir. Ollohga etishish uchun qalbni poklash, nafs balosidan ozod bo’lish darkor. Ana shundagina inson dili nur
bilan to’ladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o’zidan izlaydigan darajaga ko’tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni
qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o’zini ozod qiladi, chunki inson qalbi hurdir.
Tasavvufda