O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 314,72 Kb.
səhifə12/16
tarix25.12.2023
ölçüsü314,72 Kb.
#197187
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Buxoro davlat universiteti

Hodisa va uni qayta ishlash. Yaratilgan forma ilovaning qay tarzda ishlashini ko’rsatib beradi. Formadagi buyruq tugmachalarini biror ish bajarishi uchun ular sichqonchada ko’rsatilib chiqillatiladi.
Sichqonchada tugmachani chiqillatish hodisaga misol bo’lib, u ilovaning ishlash jarayonida hosil bo’ladi. Bu yerda hodisa so’zini yuz beradigan jarayon deb tushunish kerak.
Hodisalarga javob Delphida ularning qayta ishlovchi protseduralar ko’rinishida tashkil qilinadi.Turbo Paskal tilida yoziladigan bu protseduralar hodisa va qayta ishlovchisi deb ataladi.
Delphi avtomatik ravishda qayta ishlovchiga ikkita qismdan iborat nom beradi. Birinchi qism nomini formani obyektga kiruvchilarni o’z ichiga olib, ikkinchi qism nomi esa aynan obyekt o’zini va qayta ishlovchini aks ettiradi. Bizning misolimizda forma nomi-Form1 birinchi buyruq tugmasining nomi ”hisob”-Button1, qayta ishlovchi nomi emas Click Endi Begin va End orasiga qayta ishlovchi bajaruvchi Pascal tilidagi operarorlarni quyidagi protseduraga kiritish mumkin. Bu protedura “hisob” tugmasini ikki marta tez-tez chiqillatish bilan ekranga chiqariladi.
Operatsion sistema.
Ayni kunlarda Windows tizimida ishlaydigan va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan uyg’unlasha oladigan mukammal dasturlash tillari ommalashib bormoqda. Hozirgi kunda qo`llanilayotgan zamonaviy dasturlash tillari o`zlarining katta imkoniyatlari bilan oldingilaridan keskin farq qiladi. Ularning rivoji va imkoniyatlari yuqori darajaga ko`tarilgan deb hisoblasa bo`ladi. Vizual va ob`ektli dasturlash tillari o`zlarining keng qamrovli imkoniyatlari va qulayliklari bilan dasturchilar e`tiborini qozonmoqda.
Shuni ta`kidlash kerakki, dasturlash tillarining rivojlanishi algoritmlash masalasi uchun katta ta`sir ko`rsatgani yo`q. Qo`yilgan masalani echish uchun to`qri algoritmlarni qurib olish esa, har doimgidek, insonning mantiqiy fikrlashi bilan bog’liqdir. Algoritmlar turli ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Blok sxemalar ko`rinishida berilgan algoritmlar ko`p jihatdan tushunarli va ommabopdir. Shuningdek, blok sxemalarda aks etgan algoritmlarga asoslanib turli dasturlash tillarida masalani echish mumkin.
Dasturlar quyidagi kategoriyalarga bo'linadi:
Web dasturlash
Desktop(ish stoli kompyuterlari uchun) ilovalarini dasturlash
Taqsimlangan ilovalarni dasturlash
Dasturiy vositalarni dasturlash
Tizim dasturlash
Web ilovalari internet arxitekturasini yuqorisida ishlashi loyihalashtirilgan dasturiy ta'minot komponentlari hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, veb brouzer dasturi(Firefox yoki Internet Explorer ga o'xshash) orqali ilovalarga huquq olinadi. Internet arxitekturaning cho'qqisida qurilgan bo'lishi internetga ulangan bo'lishini zaruriy darajada talab qilmaydi. Bu esa web ilovalari quyidagilarga o'xshash standart web texnologiyalarini ustiga qurilganligini anglatadi:

HTTP
FTP
SMTP
TCP
IP protocols
HTML
XML
Coldfusion
ASP
JSP
PHP
ASP.NET

Desktop(ish stoli kompyuterlari uchun) ilovalarini dasturlash bunday dasturlar aynan bitta kompyuter uchun ishlaydi.
Taqsimlangan ilovalar.sеrvеrning kritik jarayonlari (m-n, qurilma drayvеrlari), yadro rеjimidan ishga tushiriladi, ammo boshqa jarayonlar bilan axborotlarni uzatish ana'naviy sxеmasi bo’yicha bohlanadi. Kliеnt-sеrvеr modеlining ustunligi yana shundan iboratki, u taqsimlangan tizmlarga qulay moslashadi. haqiqatda, har bir bo’lak mustahil bo’lgandan kеyin, ularning ixtiyoriysi masofadagi mashinada oson bajarilishi mumkin. Shunda kliеnt nuqtai nazaridan ham shu jarayon boradi: talabnoma jo’natiladi va javob qaytariladi
Tizimli dasturiy ta'minot. Bu sathdagi dastur, kompyutеr tizimining boshqa dasturlari va bеvosita apparat ta'minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta'minlaydi, ya'ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi. Butun hisoblash tizimining ekspluatatsiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish sathining dasturiy ta'minotiga bog’liqdir. Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog’lanishini ta'minlash uchun, tizimli darajada dastur o’rnatilishi kеrak. Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob bеruvchi dasturlar qurilma drayvеrlari dеyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta'minoti tarkibiga kiradi.

Yüklə 314,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin