Baholash -ko'nikma va malakalarni o ‘quv das turida ko‘rsatilgan e talon (ko‘rstakich, qolip, o ‘lchagich)lar bilan solishtirish.
Bashoratlash - bo’lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
Bilim olish — idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
Boshqarish ma’lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli t a ’sir k o‘rsatish demakdir.
Dars - aniq maqsadni ko'zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o'quvchi, yoshlar bilan o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotlardir. Dars - o'z oldiga qo'yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darslik – muayyan fan bo`yicha ta`lim maqsadi, o`quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to`g’risidagi ma`lumotlarni beruvchi manba.
Darsning maqsadi o'qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o'quvchilarga bildirishi va o'quvchilar o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirib ko'rish hamda yangi mav- zuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o'qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o'quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo’lib, uning yordamida ta’lim oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o’quv rejasi va dasturlarini og’ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Davlat ta`lim standarti– 1) ta`lim olish shaklidan qat`iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo`lgan ta`lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o`quv fani bo`yicha ta`limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta`lim dasturlari mazmunining minimumi, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo`yiluvchi talablar.