O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «axborot texnologiyalari»



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə10/20
tarix19.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#185974
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Kurs ishi namuna (2)

2.2. Domen haqida asosiy tushuncha.
Domen – hosting serverida joylashgan saytingiz fayllarini foydalanuvchiga “chaqirib beradigan”, butun dunyo bo’yicha taniqli va yagona bo’lgan o’ziga xos sayt nomidir.
Sayt nomlari (domenlar) odatda davlat yoki turga tegishlilikni bildiruvchi ikki, uch yoki to’rt harfdan iborat nuqtali kengaytma bilan tugaydi. Bu kengaytma “birinchi bosqichdagi domen” hisoblanadi. Mana hozirgi kunda Siz ishlatadigan eng ommabop domen kengaytmalari:

.uz – O’zbekiston saytlari

.com – Kommersiya, tijorat saytlari


.ru – Rossiya Federatsiyasi saytlari
.org – Organizatsiya, tashkilot saytlari
.tv – Televideniya saytlari
.net – Network, tarmoq saytlari.
Domen - Internet tarmog‘ining bir qismi hisoblanib, korxonalar tassarufiga berilgan maxsus nomlar bilan ajratilgan nom.Misol. Torg.uz.
Domen nomi – Internet tarmog‘ida ma’muriy avtonomiyaga ta’luqli xududni belgilovchi nom xisoblanadi. DNS - Domain Name System, domen nomlari tizimi. Xar bir internetdagi sayt o‘z domen nomiga ega. DNS tizimi server IP adresini saytga bog‘lab beradi.Sayt http://cctld.uz/ UZ domenining ma’muriyati hisoblanadi.“UZ” domeni zonasida domen nomlarini rasmiy ro‘yxatga olishuvchi tashkilotlar.
Domen – bu cheksiz internet ummonidagi serverlardan birida joylashgan qaysidir saytga olib boradigan manzil hisoblanadi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga joylashtirganingizda, saytingiz manzili (server nuqta’i nazaridan) qandaydir IP manzilga teng bo‘ladi. Masalan, 192.168.162.134 Bunday IP manzilni eslab qolish qiyin. Agar domen bo‘lmaganida saytingizga tashrif buyurish uchun foydalanuvchilar saytingiz IP manzilini eslab qolishlari va brauzerlariga 192.168.162.134 deb yozish orqali saytingizga kirishlari kerak bo‘lar edi. Domen afzalligi shundaki, u tushunarsiz va eslab qolish qiyin bo‘lgan IP manzillarni odamlarga tushunarli, eslab qolish oson bo‘lgan chiroyli sayt nomlari aylantiradi. Shuning uchun ham domen sotib olganingizda eng avvalo bu domenni hostingingiz IP manziliga ulab qo‘yasiz. Shunda domen nomi saytingiz IP manzilining tarjimasi bo‘lib qoladi. Har safar foydalanuvchilar o‘z brauzerlarida domen nomingizni yozishsa, bu domen hostingingiz serverining IP manzilini chaqiradi va foydalanuvchiga saytingiz ko‘rsatiladi!
Misol uchun, qalam.uz sayti hostingining sayt joylashgan qismi uchun IP manzili 192.168.111.222 deb hisoblaylik. Bu saytga kirish uchun foydalanuvchilarning bu IP manzilni yozishlari ularga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Bu o‘rinda foydalanuvchilar uchun eslab qolish oson va tushunarli bo‘lgan domen tanlanadi. Sayt esa quyidagi tartibda ularga yetkaziladi:

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin