O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti


Bolani oila budjeti bilan tanishtirish kerak



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#162266
1   2   3   4   5
Qog‘oz pul va tangalar bilan tanishtirish

Bolani oila budjeti bilan tanishtirish kerak.


Bolalarda tez-tez biror narsani sotib olish istagi paydo bo‘ladi. Shu sabab, bolani erta yoshdan boshlab, u ko‘p narsani tushuna oladigan darajaga yetganda, siz unga oilaviy budjet haqida gapirishni boshlashingiz zarur.
Bu yerda siz kommunal xizmatlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va hokazolar uchun qilinadigan majburiy xarajatlari haqida gapirishingiz mumkin. Buni mevalar yoki o‘yinchoq qismlari misolida amalga oshirsangiz bo‘ladi. Ota-onalar o‘z xarajatlarini daromadlariga qarab puxta rejalashtirishlarini va ular har doim ham u yoki bu narsani, juda qattiq xohlagan taqdirlarida ham xarid qila olmasliklari haqida gapirib berish kerak.
Oila budjetini rejalashtirish paytida ota-onalar bolaga qilinadigan xarajatlar, ya'ni: o‘yinchoq mashina yoki Lego o‘yinchoqlar to‘plamini xarid qilishni ham inobatga olishini tushuntirish kerak. Shunday qilib, keyingi safar oylik xarajatlar rejalashtirilganligi va ortiqcha xarid budjet miqdoridan oshib ketishiga olib kelgani sababli ota-onalar bolaga bu oy yangi o‘yinchoq olib beraolmasliklarini tushuntirishganlarida bola buni ancha muncha tushunadigan bo‘ladi.
Shuni ham yodda tutish kerakki, agar bolaning biror narsa sotib olish uchun qilgan har bir talabiga siz asabiy munosabat bildirsangiz, bunaqa narsalar juda ham qimmatli, unga olib berishning imkoni yo‘qligi haqida doimiy ravishda gapirsangiz bunday vaziyatda bolada pul doimo yetishmasligi va u eng katta qiymatga ega ekanligi haqidagi fikr shakllanadi. Qachonki bolalar o‘zlariga nimadur xarid qilishni istashganida ularga pul haqida gapiring.

  1. Pulni oqilona sarflashni o‘rgatish.


3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan ota-onalar qo‘lbola kassa bilan "do‘kon" o‘yinini o‘ynashlari mumkin. Maxsulotni qo‘yib uning narxini qog‘ozchaga yozib qo‘ysangiz bo‘ldi. Bundan tashqari siz belgilangan miqdordagi pulni bolangizga berib unga ayrim xaridlarni mustaqil amalga oshirish imkonini berishingiz mumkin.
Qachonki farzandlaringiz bir oz ulg‘ayib 7 - 14 yosh oralig‘ida bo‘lishganda ular pulning xarid qobiliyatini ancha aniqroq tushuna oladilar (qaysi maxsulotni qanday summaga olish mumkin). Aynan o‘sha paytda siz turli xil do‘konlardagi bir turdagi mahsulotni har xil narxlardaligini muhokama qilib hamda nima uchun aynan shu mahsulotni tanlaganingizni tushuntirib berib siz farzandingizni iqtisodga o‘rgatishingiz mumkin.
Ushbu bosqichdan so'ng, bolangiz puldan ongli ravishda foydalana boshlaydi va siz uni yoshligidan umumiy oilaviy byudjet uchun oylik yoki uzoq muddatli rejani tuzishga o'rgatishingiz mumkin. Byudjet rejasini tuzgandan so'ng, ota-onalar farzandlari bilan ularning byudjet rejalari bir-biriga mos keladimi yoki yo'qligini muhokama qilishlari mumkin.Shuningdek, ota-onalar bolalariga qarz mavzusini ham o‘rgatishlari kerak, chunki ertami-kechmi bolangiz do‘stlaridan qarz olishni yoki qarz berishni xohlashi mumkin. Qarzlar yaqin odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzish xususiyatiga yega yekanligini va keyinchalik do‘stlar o‘rtasidagi yaxshi aloqalarni saqlab qolish uchun qanday qilib ular qarz so‘raganda to‘g‘ri rad javobini berish kerak ekanligini ham tushuntirish kerak.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin