O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 46,74 Kb.
səhifə1/6
tarix06.05.2023
ölçüsü46,74 Kb.
#108697
  1   2   3   4   5   6
“ISSIQLIK TEXNIKASI” fan dastur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

TASDIQLAYMAN”
Rektor __________ A.M. Reymov

2022- yil “___”___________






Ro‘yxatga olindi:


BD- 60710700-1.12.
2022- yil “___”____

ISSIQLIK TEXNIKASI”


FAN DASTURI

Bilim sohasi:

700.000 – Ishlab chiqarish texnik soha.

Ta’lim sohasi:

710.000– Muhandislik ishi.

Ta’lim yo‘nalishi:

60710700 – Elektr texnikasi, elektr texnologiyasi va elektr mexanikasi. (mashinasozlik)


NUKUS – 2022 .

Fan/modul kodi
JT1304

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
2

ECTS – Kreditlar
4

Fan/modul turi
majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/Qoraqalpoq/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Issiqlik Texnikasi

60

60

120

2.

Fanning mazmuni

Fanni o’qitishdan maqsad – bu yo’nalishlarida tálim olayotgan har bir talabada noenergetik sohalarida termodinamikaning qonunlari, issiqlik mashinalari turlari, tuzilishi, tsikllarda ishlashi va ularda bo’ladigan termodinamik jarayonlar va issiqlik uzatilishi bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakillantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga issiqlik mashinalarini ishlash nazariyasi, energetik qurilmalar energiyaning aylanish qonunlari, tsikllari va tuzilishi hamda ularda buladigan jarayonlarni hamda issiqlik uzatilishini va issiqlik energetika qurilmalarini ishlash printsipini o’zlashtirishni o’rgatishdan iborat.



2.2. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibi mavzulari:
1 – modul. Kirish
1 – mavzu. “Termodinamika” faniga kirish.
Issiqlik texnikasi tarixi va rivojlanish tendentsiyalari. Noenergetik sohalarida issiqlik texnikasining o’rni. Noenergetik sohalarida respublikamizdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar natiyjalari va hududiy muammolar va ilim – fan, texnika va texnologiya yutuqlari. Fanning vazifalari. Termodinamik tizim va ishchi jism. Asosiy termodinamik holat parametrlari. Termodinamik sirt. Asosiy gaz qonunlari. Ideal gaz holat tenglamasi. Gaz doimiysi.
2 – modul. Termodinamika
2 – mavzu. Issiqlik sig’imi. Gazlar issiqlik sig’imining molekulyar – kinetik nazariyasi. Haqiqiy va o’rtacha issiqlik sig’imlar. Gaz issiqlik sig’imlarining emperik ifodalari. Issiqlik sig’imini jarayonga va haroratga bog’liqligi.
3 – mavzu. Ideal gaz aralashmalari. Dalton qonuni. Aralashma tarkibining berilish usullari. Aralashma ko’rsatkichlarining tarkibi, hamda uni komponentlar ko’rsatkichlari orqali ifodalash.
4 – mavzu. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. Termodinamik jarayonda ish va issiqlik miqdori. Termodinamikaning I – qonuni. Termodinamikaning I – qonuni tarifi.
5 – mavzu. Asosiy termodinamik jarayonlarning tahlili. Izobarik, izoxorik va izotermik, adiabatik va politropik jarayonlarning tahlili.
6 – mavzu. Termodinamika II – qonunining ta’riflari. To’g’ri va teskari davriylik. Issiqlik qurilmasining termik foydali ish koeffitsenti (F.I.K). Sovitish koeffitsenti. Karno davriyligi va uning F.I.K. Entropiya holat funktsiyasi sifatida. Termodinamika II – qonunining qaytar jarayonlari va tsikllari uchun analitik ko’rinishi.


3 – modul.
7 – mavzu. Suv bug’i. Bug’lanish va kondensatsiya. To’yingan bug’ bosimini haroratga bog’likligi. Fazaviy o’tishda muvozanat holati. Bug’lanish va bug’ni qaytadan suvga aylanishi. To’yingan bug’ bosimini haroratga bog’liqligi. Fazaviy o’tish issiqligi. Quriganlik darajasi. Erish. Sublimatsiya. Fazaviy o’tishning P-t diagrammasi. Uchlamchi nuqta. Nam to’yingan, quruq va o’rta qizigan bug’ning solishtirma hajmi, entalpiyasi, entropiyasi. Suv va suv bug’ining termodinamik jadvallari. Suv bug’ining P-V, T-s, h-s diagrammalari.
8 – mavzu. Bug’ turbina qurilmalarining tsikllari. Bug’ turbina qurilmasi tsiklining P-V, T-s diagrammada ko’rinishi BTQ sining chizmasi. Ta’minlovchi nasos va turbinaning ishi. Suv bug’ining h-S diagrammasi va jadvali yordamida termik F.I.K ni hisoblash. Renkin tsikli. F.I.K. ni oshirish yo’llari. Boshlang’ish va oxirgi parametrlarni termik F.I.K. ga ta’siri. Bug’ issiqlik va yoqilg’ini solishtirma sarfi.

Yüklə 46,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin