Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish»



Yüklə 161,35 Kb.
səhifə1/7
tarix20.06.2022
ölçüsü161,35 Kb.
#61901
  1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu Xotin-qizlarni ish bilan ta\'minlash masalalari


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


«Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi


«Mikroiqtisodiyot» fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari


Bajardi: 3 - kurs 395-19 - guruh « Iqtisodiyot » yoʻnalishi talabasi


Dominova Xurshidaxon


Tekshirdi: __________________________________


Baho _______________________________________
Andijon – 2022
Mavzu: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari

Reja:
Kirish


Asosiy qism

    1. Bandlik

    2. Aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari

    3. Ayollar daftari

    4. Ayollarni band qilish

    5. Ayol va qizlarni bandligini taminlash

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekistonda Milliy matbuot markazining 2003-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, 1397 nafar ro‘yxatga olingan jurnalistlarning 407 nafarini, ya’ni 29,1 foizini ayollar tashkil etgan7. O‘sha yili ro‘yxatga olingan 691 ta gazeta va jurnal muharrirlaridan 77 nafari, ya’ni 11 foizi ayollar bo‘lgan8. Xotin-qizlar nashrlari soni ko‘paygan. Ularga muharrir sifatida ayollar tayinlangan bo‘lsa-da, jamiyatdagi gender ziddiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyatini, jurnalistlar materiallarining sifati va ta’sirchanligini, ijodiy xodimlarining kasbiy malaka va gender madaniyatini muntazam oshirib borish zarur bo‘ladi. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasining (XJF) GENDER KENGASHI XJFning ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini tashkilotning o‘zida tuzilgan Gender kengashi kuzatib boradi. XJFning Gender kengashi dunyoning turli mintaqalaridagi bo‘limlari tomonidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan ayol va erkak a’zolardan tashkil topgan. Kengash XJFning gender siyosatini rivojlantiradi, mazkur siyosatning bo‘limlar tomonidan qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishini ta’minlaydi hamda milliy uyushmalar faoliyatiga ko‘maklashadi. Kengash – teng huquqlilikni targ‘ib etuvchi va XJF maqsadlariga xizmat qiladigan trenerlarni tarbiyalovchi yetakchi mutaxassislarning jamoasi hamdir. Kengash yilda bir marta yig‘iladi, XJFning tenglikni ta’minlash kampaniyasi
Gazetaning 11-sonida “Toshkandlik bir muallima” imzosi ostida “Turkiston muallimalari tarafidan bir sado” sarlavhali material e’lon qilingan. Unda o‘lka musulmon xotin-qizlarini o‘qitmaslik oqibatida ular johila bo‘lib qolayotganlari o‘tkir hissiyot bilan izhor etiladi. “...Biz Turkiston muslimalari ahvoliga nazar qilinsa, – deydi muallima, - ochinmiy mumkin emas. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: rushdiy, e’dodiy va oliy maktablar bir tarafda tursun, butun Turkistonimizda muslimalarga maxsus Alloi taoloni tanitub din hukmlarini o‘rgatadirgon, Qur’oni karimni tajvid qoidalariga muvofiq suratda o‘qutadirgon, ba’zi kitoblarni durust o‘qub ma’nilarin onglatub xat-savod bildiradirgon va past darajada bo‘lsa ham jug‘rofiya, hisob, tarix va til qoidalari kabi foydali dunyoviy ilmlarni bildiradirgon birgina bo‘lsun, ibtido’iy maktablarimiz bormi?”9 Maqola muallifi otalarga murojaat etib, qizlaringiz uchun olib boradigan foydasi yo‘q taqinchoqlarga ketadigan mablag‘larni ular uchun maktablar ochishga sarflang, deb yozadi. “Yetar bizni orzu-havasimizni tugallagoningiz! Endi bizni o‘qiturga va kishi qatoriga kiriturga g‘ayrat qilingiz! G‘ayrat!” deya maqola tugaydi. No‘shiravon Yovushev “Xotin-qizlarimizga bir nazar” (15-son) maqolasida o‘qigan ayollar farzandlariga yaxshi tarbiya bera oladi, shu bois ham ularni o‘qitish lozim, deb hisoblaydi. Hamzaning “Bid’atmi, majusiyatmi?” sarlavhali maqolasida xotin-qizlar orasidagi eng yomon rasmlardan biri – chaqirdi qilguncha vafot etgan kelinchakning mayiti ustida “chaqirdi marosimini o‘tkazish” keskin tanqid qilingan (11-son). Gazeta publitsisti Rauf Muzaffar “Ong umidlari” maqolasida Turkiston xotin-qizlarining kundalik turmushlarini keng tasvirlagan (36, 39 va 42-sonlar). Bu maqola qalam ahllarining xotin-qizlar hayotiga e’tiborini kuchaytirdi. Gazetaning 26-sonida chop etilgan “Xonimlar tovushi” sarlavhali materialda toshkentlik Podshoxonim Jalilovaning ota-onalarga murojaati keltirilgan. Unda ham xotin-qizlarni o‘qitish, ular uchun maktablar ochish talabi aks etgan”10. “Sadoi Turkiston”ning 1914-yil 23-avgust sonida Sora Muzaffariyaning “Ayb o‘zimizda” sarlavhali maqolasida ham dolzarb masala ko‘tarilgan. Muallifning yozishicha, tatar xotin-qizlari ham musulmondirlar. Lekin ular o‘z haq-huquqlarini talab qilib maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, jamiyatlar ochdilar, dorilfununlarga kirib o‘qimoqdalar, hatto xorijdagi oliy o‘quv yurtlarini bitirmoqdalar. Shunday bir holda, Turkiston muslimalari g‘aflat uyqusida yotibdi, ulardan sado chiqmaydi. Bu jihatdan ularning o‘zlarida ham muayyan ayb bor, deb o‘lka xotin-qizlarini harakatga da’vat etadi. Bu da’vatga javob tariqasida Podshoxonim Jalilovaning “Turkiston xotun-qizlarig‘a bir sado” sarlavhali murojaati gazetaning 45-sonida e’lon qilingan. 44-sonida esa, Toshkentdagi tatar xonimlari tomonidan tashkil qilingan komitetning Birinchi jahon urushida majruh bo‘lgan soldatlarga yordam uchun uyushtirgan ilk tadbirining natijasi keltirilgan.
“Sadoi Turkiston” birinchi bo‘lib mahalliy xotin-qizlardan chiqqan shoira Nozimaxonimning “Faryod” she’rini 1914-yil 18-iyul sonida e’lon qildi. Bu bilan u mahalliy xotin-qiz ijodkorlarning asarlarini dadillik bilan chop etishni boshlab berdi, deyish mumkin. Xullas, bu kabi materiallar Turkiston o‘lkasida asriy g‘aflatda bo‘lgan musulmon xotin-qizlarida ham milliy uyg‘onish sodir bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu mavzuga hatto ulamolar ham befarq turolmadilar. Ular shariat ahkomlari bo‘yicha ayollar qanday huquqlarga egaligi haqida yozdilar (47 va 51-sonlar)11. Bir gazeta misolida o‘sha davr ayollarining dardi, turmushi, ruhiyati ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Garchi u vaqtlar bu mavzuda juda kam axborot e’lon qilingan esa-da, aksar materiallarning kinoya va tanqid ruhidaligi kishi e’tiborini tortadi. Ijtimoiy zarurat tufayli vulqonday portlab chiqqan maqolalar ayollarning o‘z haq-huquq va qadr-qimmatlarini bilishga chorlabgina qolmay, boshqalarga ham buni isbotlashga intilgan. Mustaqillik yillarida milliy matbuot tarkibida xotin-qizlar nashrlarining ko‘payishini axborot bozoridagi bunday turdagi gazeta-jurnallarga bo‘lgan ehtiyoj o‘sishi hamda jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy faolligi oshgani bilan izohlasa bo‘ladi. Aynan ayollar uchun mo‘ljallangan nashrlar soni respublika miqyosida 30 taga yaqinlashdi. Ularning tashkil topish davriga nazar solsak, asosan 2006-2010-yillarga to‘g‘ri kelmoqda. Milliy matbuotda ayollar mavzusiga siyosat darajasida yondashish ham ayni shu yillarga to‘g‘ri keladi. Ularning kattagina qismi Respublika xotin-qizlar Qo‘mitasi hamda uning viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan ta’sis etildi. Ular bilan bir qatorda axborot bozorida nodavlat nashrlarining ham faolligi oshmoqda. Bu esa nashrlar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirib, milliy jurnalistikaga yangi g‘oyalar, yondashuvlar va janrlar xilma-xilligi kirib kelishini ta’minlamoqda. Avval O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, uning barcha viloyatlar, poytaxt va Qoraqalpog‘istonda chop etiladigan nashrlariga to‘xtalamiz. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil sentyabr oyida o’tkazgan monitoringi quyidagi ma’lumotlarni to‘plashga imkon berdi. “Saodat” – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi muassisligidagi jurnal bo‘lib, yiliga sakkiz marotaba chop etiladi va mamlakat miqyosida tarqatiladi. Jurnal 1925-yildan (ilk soni “Yangi yo’l” deb nomlangan) buyon chop etib kelinmoqda. 1936-yilda “Yorqin turmush”, 1938-yilda “Yorqin hayot” nomi bilan yuritilgan. Hozirga kelib mazkur nashr 34 sahifada chop etiladi. 2014-yil sentyabr oyidagi adadi 7830 nusxada bo‘lgan. Jurnalda vaqti-vaqti bilan “Bosh muharrir minbari” rukni berib boriladi. Jurnalning 2014-yil 6- va 7-sonlarida esa bu ruknni uchratmaymiz. Jahon tajribasiga suyanadigan bo‘lsak, bu rukn doimiy ravishda “ochqich” maqola hisoblangan. Ko‘p hollarda jurnal yana “Ayol va siyosat” ruknidagi maqola bilan “ochilgan”.
Jurnalning “Ayol va siyosat” ruknida asosan siyosat doirasidagi ayollar faoliyati, oilaviy hayoti haqida suhbat, esselar berib boriladi. “Onalar xalq yaratadi” sarlavhali suhbatni taniqli adiba Qutlibeka Rahimboyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Komila Karomova bilan qurgan. Suhbar davomida ilgari Qashqadaryoning “Nasaf”, “Kamolot” gazetalarida faol ishlagan, odamlar taqdiriga befarq bo‘lmagan jurnalistning deputat sifatidagi bugungi mehnatlariga bir qur nazar tashlanadi. “Siyosat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi – boshqarish san’ati, demakdir, – deydi suhbat qahramoni. – Hamma sohaning ham o‘ziga xos siyosati bo‘ladi. Bizda oilani boshqarish san’ati tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. ...Tug‘ilib, voyaga yetgan oilam siyosatini fidoyilik, zahmat siyosati, deb atasam, xato bo‘lmas. Ota-onam yashaydigan xonaning chirog‘i hamisha yoniq turadigandek edi. Chunki biz bilan dars tayyorlab bo‘lib, ular o‘zlarining ertangi darslariga tayyorgarlik ko‘rardilar. Xonadonimizning eng yaxshi an’analarini o‘z oilamga ham ko‘chirishga harakat qilaman”12. Biroq suhbatga tanlangan sarlavha uning mazmuniga mos emas. “Buyuklik asriga kirdik” sarlavhali portret materialida Enaxon Siddiqova "El-yurt hurmati" ordeni sohibasi, fermer Lola Murodovaning faoliyatiga chizgilar chizadi13. Jurnalda erkak mualliflarga ham so’z beriladi. Masalan, “Ma’naviyat bekati”da Zikir Muhammadjonovning O‘zbekiston xalq artisti Mariya Aleksandrovna Kuznetsova haqida essesi, “Har kim xotunini izzat qilsa...” deb nomlangan materialda Asad Asilning Sidqiy Xondayliqiy ijodi haqida o‘ylari, “Futbol uning hayoti” sarlavhali materialda Nigora Rahmonovaning Ravshan Ermatov bilan suhbati berilgan14. “Saodat” suhbatlarga keng o‘rin bergan, deyarli har sonda bu janr namunalariga ko‘zimiz tushadi. “Necha bahor kelib-ketdi” (Yayra Abdullayeva bilan), “Ruldagi ayollar erkaklar nigohida” (Barno Sultonova so‘rovnomasi), “Yursa, gulzor qulf urar” ( Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Anora Bobomurodova bilan), “Xarjlasang, ko‘payadi” (tadbirkor Munavvar To‘rayeva bilan), “Xalqning aytar so‘zi, ko‘rar ko‘zi...” (qo‘shiqchi Inju bilan) kabi suhbatlarda ibrat masalasi ko‘tariladi, suhbatdosh-qahramon ibrat qilib ko‘rsatiladi. Dolzarb mavzuga bag‘ishlangan suhbatlarda (“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” (Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh genetigi Madina Sharipova bilan), shuningdek, “Baxtning kaliti mehnatda”, “Gulyarga havas qiling!”, “Bordonko‘lda bir qiz bor”, “Ko‘ngillar kuylayotgan dargoh”, “Shatranj malikasi”, “Ho‘qandi latifning yana bir Nodirasi” kabi xotin-qizlarimizni mehnatga, ilmga, intilishga chorlovchi portret ocherklar, esselar chop etilgan. “Dolzarb mavzu”, “Darsxona”, “Pardozxona”, “Chevarxona”, “Shifokor maslahati”, “Dunyoga mashhur xonimlar” ruknlari mavjud bo‘lib, ular baholi qudrat nashrning har bir sonida berib boriladi
“Dolzarb mavzu” ruknida berilgan “Qiz bola – qizil gul” maqolasida muallif qizlarning erta nikoh muammosiga qiziqadi va ayollar shifokori, psixolog hamda qaynonaning fikrlarini o‘rganadi. Ular kasb nuqtai nazari, tajribasidan kelib chiqib mavzuga oydinlik kiritadilar. Maqola avvalidagi ibratomuz hikoya mushtariy e’tiborini tortadi: “– Kechagina sochiga jamalak taqib, arg‘imchoq uchib yurgan Munisaning bo‘yi cho‘zilib, ko‘zga yaqin qiz bo‘libdi. –Nimasini aytasiz, o‘rgilay, Halimaxonning eshigidan sovchilar arimay qoldi. –Tag‘in uncha-muncha joydan emas, o‘ziga to‘q, tagli-tugli yigitlarning nazari tushibdi qizingizga... –Halimaxonga, qiz bolaning bozori bir qiziydi, tengi chiqsa tekin ber, deyishgan. Ko‘nglingizga yoqqani bo‘lsa to‘yni boshlang desam, qaynonasi Risolat aya: “Oq qanddek avaylab, gard yuqtirmay o‘stirdim, nabiram hali yosh” deb turibdi-da. –Munisa necha yoshda o‘zi? –Bu yil kollejga o‘qishga kirdi. –Yoshi ulug‘lar to‘y ko‘ray desa, Risolat aya o‘z aytganidan qaytmaydi. “Yo‘qmi, yo‘q”, deyapti-da. Risolat aya yosh nabirasini so‘rab, eshik qoqqanlarga nega rad javobini berdi ekan? Bundan roppa-rosa ellik besh yil avval Risolat aya 14 yoshda edi. Otasi o‘qituvchi Nosirga unashtirdi. Tez kunda u o‘n to‘rt kunlik oyday to‘lib kelin bo‘ldi. Qaynonasining xizmatini qoyillatdi, erining ham oq ko‘ylagiga gard yuqmadi. Ammo ketma-ket tug‘ilgan farzandining yetti nafarini yerga berib, uch nafariga egalik qildi, xolos. Yuragining yettita suvaydosi – yetti kuyuk dog‘i bor...”15. Bugunning dolzarb mavzusiga aylangan erta nikoh aslida bizning tariximizda bugun paydo bo‘lib qolmaganligi, bu illatdan qutulishga vaqt davo bo‘lolmayotganligi qayta-qayta bu mavzuga murojaat etishga majbur qilmoqda. Jurnalda yana “Xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyatidan”, “Saodatli yillarim”, “Huquqshunos”, “Oramizdagi odamlar”, “Bugunning gapi”, “Yosh onalarga maslahatlar”, “Bekalarga”, “Qadriyat” va qator boshqa ruknlarda materiallar berib boriladi. Aksariyat mualliflar –xotin -qizlar. Shu bilan birga tahririyat mualliflarni tanlashda ma’lum ma’noda gender muvozanatiga rioya qilmayapti. Masalan, jurnalning 2014-yil 2-sonida jami 22 ta material chop etilib, ulardan faqat 2 tasi erkak mualliflar qalamiga(f.f.d. M.Jo‘rayevning “Momolarim alyoriga aylangan ayyom”, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning “Bibixonim haqida afsona” sarlavhali materiallari berilgan) mansub. Materiallar qahramonlariga kelsak, mazkur sonda jami 10 ta ayol – tarixiy shaxs, shifokor, ona, ruhshunos, haydovchi, shoira, Zulfiya mukofoti sovrindori timsollari tasvirlangan, faqat 1 nafar erkak – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf obrazi “Katta muhabbat bilan sevardi” nomli 3 sahifali portretda gavdalangan.


BANDLIK
Bandlik, aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat b-n mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, oʻzini ish bilan mustaqil taʼminlash (oʻzicha Bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xoʻjaligidagi ishni, uy xoʻjaligida band boʻlish va bolalarni tarbiyalash b-n shugʻullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi oʻqishni ham oʻz ichiga oladi. Bandlik toʻliq va toʻliqsiz boʻlishi mumkin. Toʻliq Bandlik amalda «yalpi» B., mehnatga qobiliyatli aholining 90 — 92% band boʻlishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida toʻliq Bandlik jamiyat darajasida tabiiy ishsizliknnng boʻlishini ham bildiradi. Toʻliq boʻlmagan Bandlik aksariyat hollarda yashirin koʻrinishga ega boʻlib, xodimlarni rasman band deb hisoblashni nazarda tutadi, amalda xodimlardan qisqartirilgan ish vaqti davrida foydalanishni anglatadi. Ikkilamchi Bandlik amalda oʻrindoshlik boʻlib, xodimning qoʻshimcha ish haqi topish uchun ish kuchini oʻzi asosiy band boʻlgan korxonaga (asosiy ishdan boʻsh vaqtlarda) taklif etishini bildiradi. Oʻzicha Bandlik (oʻziga ish topish) daromad manbai boʻladigan faoliyatni mustaqil izlashni, davlatning turli darajadagi idoralari qoʻllab-quvvatlashi yordamida doimiy yoki vaqtinchalik daromad olish uchun ish oʻrinlari barpo etishni nazarda tutadi. Oʻzicha Bandlik aksariyat hollarda kichik biznes koʻrinishiga ega boʻladi va xodimlarning oʻz tashabbuslari bilan turli isteʼmol tovarlari tayyorlash va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yakka mehnat faoliyati bilan bogʻliq.
Toʻliq va samarali Bandlik tushunchalarini ham bir-biridan farqlamoq kerak. Toʻliq Bandlik ishga muhtoj boʻlganlar va ishlashni xohlaganlarning barchasi ish b-n taʼminlangan holatni bildirib, ish kuchiga boʻlgan talab bilan ish kuchi taklifi oʻrtasida muvozanat mavjudligini ifoda etadi. Samarali Bandlikni esa ikki nuqtayi nazardan: iqtisodiy nuqtayi nazardan — inson resursidan eng oqilona foydalanish, ijtimoiy nuqtayi nazardan — mehnatning inson manfaatlariga eng muvofiq kelishi jihatlaridan tavsiflash mumkin. Toʻliq Bandlik bandlikni miqdor jihatdan, samarali Bandlik esa sifat jihatdan tavsiflaydi. Mehnat bozorida talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatning boʻlmasligi hamisha toʻliq va samarali Bandlikga sharoit qoldirmaydi. Agar taklif talabdan ortib ketsa, albatta ishsizlik paydo boʻladi, talab taklifdan va real ehtiyojlardan ortib ketgan sharoitlarda esa yashirin ishsizlik kelib chiqadi. Bandlik va ishsizlikni, ularni kerakli darajada saqlab turish maqsadlarida tartibga solishning asosiy mexanizmi bandlik xizmati ishini tashkil etish, kasbga tayyorlash va kasbga yoʻnaltirish hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Bandlik muammolari katta eʼtiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat mavjud, aholining tabiiy oʻsish surʼatlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi, aholining koʻp qismi qishloqlarda yashaydi. Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli aholining 33,9% davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1% esa nodavlat sektori obyektlarida, jumladan xususiy xoʻjaliklarda (2,7%) ish bilan band (1998). Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mulkchilikning turli shakllari paydo boʻlishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib bormoqda. Ularning bandligi 1994 — 96 y. larda 12%ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band boʻlmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi.
Aholi bandligini oshirish boʻyicha asosiy tadbirlar ish bilan band boʻlgan aholining tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilgʻor tarmoqdar va sohalarga jalb qilish boʻlib, bu esa oʻz navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning qudratli zaxirasi hisoblanadi. Oʻzbekiston q. x. da barcha ijtimoiy i. ch. xodimlarining uchdan bir qismidan koʻprogʻi band. Ularning maʼlum qismini boʻshatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat koʻrsatish sohasiga yoʻnaltirish, noqishloq xoʻjaligi ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilgʻor uslublarini qoʻllash, oʻsmirlarni, koʻp bolalik ayollarni, pensionerlarni va nogʻironlarni iqtisodiy ragʻbatlantiruvchi ish bilan taʼminlash, ishsizlikni kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini oshirishga olib keladi. OʻzRda aholini ish bilan taʼminlash, insonni ishli boʻlish huquqlarini roʻyobga chiqarish kafolatlari OʻzRning «Aholini ish b-n taʼminlash toʻgʻrisida»gi Qonunida (1992-y. 13 yanv. ; 1998-y. 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan) belgilab berilgan.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI

Yüklə 161,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin