Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Angren Universiteti Davolash ishi fakulteti Mustaqil ish Mavzu



Yüklə 228,53 Kb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü228,53 Kb.
#174202
  1   2   3   4   5   6
DOCX Document


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta
maxsus taʼlim vazirligi Angren Universiteti
Davolash ishi fakulteti

Mustaqil ish
Mavzu: Antropogenetika usullari: shajara usuli

Bajardi: Toshpoʻlatova Feruzaxon


Guruh: 23/3
Tekshirdi: E.J.Kubayev

Reja:



  1. Odam genetikasi

  2. Odam genetikasi fanining rivojlanish tarixi

  3. Geneologik (Shajara usuli)


Odam genetikasi — irsiyat va o'zgaruvchanlikni o 'rganadigan genetika fanining bir shahobchasi bo'lib, u odamdagi irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganadi. Odam genetikasi antropologiya va tibbiyot bilan uzviy aloqadordir. Odam genetikasi shartli ravishda antropogen etika va tibbiyot genetikasidan tashkil topgan. Antropogenetika odam organizmidagi normal belgi xossalarning, tibbiyot genetikasi esa uning patologiyasi ya ’ni, nasliy illat, nuqsonlarning irsiylanishini tadqiq qiladi.
Odam genetik ob’yekt sifatida genetika fanida irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlari no'xat, drozofila meva pashshasi, neytrospora, ichak tayoqchasi bakteriyalarida ixtiro qilingan.
O'simlik, hayvon va mikroorganizmlarda turli genetik tadqiqotlar olib borish mumkin. Biroq o'simlik, hayvon va mikro organizmlarda qo'llanadigan genetik usullarning barchasini odam larda qo'llab bo'lmaydi. Bunga asosiy sabab, odam faqat biologik rivojlanishninggina emas, balki ijtimoiy omillar mahsuli hamdir. Shu sababli odamdagi irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganishda bir qancha qiyinchiliklar uchraydi. Ana shu qiyinchiliklarga to'xtalib o'tamiz.
1. Odatda genetik tadqiqotlarni o'tkazish uchun tanlangan organizmlar hayvonlarda irsiy jihatdan sof bo'lishi kerak. Genetik jihatdan sof organizmlar o'simlik va hayvonlarda indbriding yo'li bilan olinadi, ya’ni bir ota-onaning erkak va urg'ochi individlari o'zaro chatishtirilib, ularning nasli bir necha avlodlarda o'rganiladi. Odamlarda bir ota-onaning o'g'illari begona oilaning qizlariga uylansalar, qizlari begona oilaning o'g'illariga turm ushga chiqadilar. Bu esa odam irsiyatining sof holda gomozigota bo'lishini cheklab qo'yadi. Binobarin, odam irsiyatining geterozigota holatda bo'lishi genetik tadqiqotlarni olib borishdagi birinchi qiyinchiliklardir.
2. Genetik qonuniyatlarning ilmiy asoslangan bo'lishi uchun tekshirilayotgan organizmlar son jihatdan ko'p bo'lishi shart. Sabab, odamlarda bir ota -onadan tug'ilgan farzandlar soni ko‘p holatlarda 1-4 tadan oshmaydi. Odam naslining kamligi genetik tadqiqot o'tkazishdagi ikkinchi qiyinchilik sanaladi.
3. Odam genetikasini o'rganib borishdagi yana bir qiyinchilik ko'payish muddati bilan bog'liqdir. Ma’lumki, bakteriyalar har 30 minutda, g'o'za o'simligi 120-130 kunda, qo'y 6 oyda yangi nasil bergani holda, odamlarda yangi naslni olish uchun o'rtacha 18-20 yil talab qilinadi. Shu bois ham qisqa muddat ichida biror belgi xossani odamlarning bir necha avlodlarida tadqiq qilish imkoni cheklangan bo'ladi.
4. Hayvon va o'simliklarda, mikroorganizmlarda tadqiqotchi xohlagan belgi xossaga ega organizmlarni o'zaro chatish tirib, yangi nasil olishi mumkin. Odamlarda bunday yo'l bilan belgi xossalarning irsiylanishini o'rganish, qonun bo'yicha taqiqlanadi. Tadqiqotchi xohlagan erkak va ayol shaxslarni nikohlashi mumkin emasligi, odam genetikasidagi qiyinchiliklardan yana biri hisoblanadi.
5. Har qanday organizmlarda belgi xossalarning rivojlanishi bir tomondan genotipga, ikkinchi tomondan tashqi muhit omillariga bog'liq. Ma’lumki, hayvon va o'simliklar ustida tajriba olib borilganda, turli xil irsiy xususiyatlarga ega bo'lgan organizmlarni bir xil muhitda o 'stirib , ular orasida paydo bo'lgan farqlardan irsiy omillar ulushi aniqlanadi. Lekin odamlar turli ijtimoiy va iqtisodiy muhitda yashaganlari sababli, egizaklarni hisobga olmaganda, bunday sharoitni tug'dirishning imkoniyati juda kam ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu ham odam dagi irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganishdagi qiyinchi- liklardan biri.
Ana shu qiyinchiliklarga qaramay , odam irsiyati va o 'zgaruvchanligini o'rganish nihoyatda zarur. Uning zarurligi birinchidan , mikroorganizmlar, o'simliklar, hayvonlarda ixtiro qilingan irsiyat qonunlari odamlarda ham o'z qimmatini saqlaydimi, degan muammoni hal etish bo 'lsa , ikkinchidan , kerakli belgi xossalarning irsiylanishini bilish, oilani rejalashtirish, irsiy kasallik turlari, sabablarini aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish uchun kerak .

Yüklə 228,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin