O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari



Yüklə 210,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü210,88 Kb.
#46252
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
oqsillarning tabiiy manbalari sut qon zardobi dan ajratib olish

 

Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari. 

Ammoniy sulfat ta’sir ettirib cho‘ktirish. 

Probirkaga  5-6  ml  oqsil  eritmasi  quying,  unga  teng  hajmda  ammoniy  sulfatning 

to‘yingan  eritmasi  qo‘shing  va  aralashtiring.  Globulinlarning  cho‘kishi  natijasida 

aralashma  loyqalanadi.  Aralashma  filtrlanadi  va  filtrat  ikki  qismga  bo‘linadi. 

Birinchi  qismiga  kristall  holatdagi  ammoniy  sulfat  erimay  qolguncha  qo‘shiladi. 

Natijada  eritmadagi  albuminlar  loyqalanib  cho‘kmaga  tusha  boshlaydi.  Ikkinchi 

qismi 


esa 

qaynaguncha 

qizdiriladi. 

Bunda 


eritmadagi 

albuminlar 

denaturatsiyalanadi. 

Suvli  eritmalarda  oqsillar  gidratlangan,  ularning  qutblangan  qismlari  esa 

zaryadlangan  holatda  bo‘ladi.  Lekin  eritmada  tuzlarning  konsentratsiyasi  yuqori 

bo‘lsa  oqsil  molekulalarining  gidrat  qobiqlari  parchalanadi  va  oqsil  molekulalari 

zaryadsizlanadi. Natijada oqsil molekulularining eritmadagi barqarorligi kamayadi 

va ular koagullanib cho‘kmaga tushadi. 

Ammoniy  sulfat  yaxshi  cho‘ktirish  xossasiga  ega,  oqsillarni  neytral  muhitda, 

kuchsiz  kislotali  muhitda  yanada  yaxshiroq  cho‘ktiradi.  Boshqa  tuzlar,  masalan 

natriy xlorid kislotali muhitdagina oqsillarni cho‘ktirish qobiliyatiga ega. 


Yüklə 210,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin