Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 422 Kb.
səhifə1/24
tarix13.04.2023
ölçüsü422 Kb.
#97449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma (2)


ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI

“Tasdiqlayman


Oʻquv- uslubiy kengashi
raisi ________ S.Aliyev.
2022 yil ____________





OLIY TA’LIMNING
5230100 – “IQTISODIYOT” BAKALAVRIAT YOʻNALISHLARI
TALABALARI UCHUN
MAKROIQTISODOT” FANIDAN
KURS ISHLARI MAVZULARI VA UNI BAJARISH BOʻYICHA
USLUBIY KOʻLLANMA


ANDIJON– 2022
Tuzuvchilar:
1. Z.Umurzakova – “Iqtisodiyot” kafedrasi katta oʻqituvchisi.
2. M.Saidova – “Iqtisodiyot” kafedrasi katta oʻqituvchisi.


Taqrizchilar:
1. Q.Muftaydinov – “Iqtisodiyot” kafedrasi i.f.doktori, professori.
2. G.Karimova – Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi i.f.n.,dotsenti.

Uslubiy qoʻllanma kafedraninig umumiy majlisida muhokama qilinib, Oʻquv – uslubiy komissiyaga tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


Qaror №__ « » 2022- yil.

Uslubiy qoʻllanma “Iqtisodiyot” fakulteti Oʻquv – uslubiy komissiyasida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya qilingan.


Qaror №__ « » 2022-yil.

Uslubiy qoʻllanma Institut Oʻquv – uslubiy komissiyasida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya qilingan.


Qaror №__ « » 2022-yil.

Kirish
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan tub ijtimoiy isloxatlarda ta’lim tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. CHunki mustaqil Oʻzbekistonni jaxon xamjamiyati davlatlari orasida mustahkam oʻrin egallashi birinchi navbatda yuqori intellektual salohiyatga ega boʻlgan, jaxon andozalari talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bog’liq boʻladi. Jumladan iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar oʻrni beqiyosdir.


Mustaqillik tufayli jamiyatimiz hayotida tub mazmunli oʻzgarishlar amalga oshib, har tomonlama taraqqiyot bilan birga bir mamlakat, bir xalqqa xos oʻzgarishlar ham paydo boʻlib rivoj topmoqda. Bular ichida iqtisodiyot alohida oʻrin egallaydi. Kelajagi buyuk 0‘zbekiston davlatining negizi boʻlgan va mustaqil rivojlanadigan iqtisodiyotga asos solinmoqda. Mustaqil iqtisodiyotni ta’minlash bozor asosidagi iqtisodiyotni yaratish orqali amalga oshmoqda, shunga koʻra bundagi asosiy yoʻl, yoʻnalish bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishdir. Iqtisodiy rivojlanish muammolarini ma’lum darajada hal etib, iqtisodiyotning porloq kelajagini ta’minlay oladigan yoʻl bozor usuli ekanligi, mamlakatimiz uchun bundan boshqa iqtisodiy tizim, usul yoʻq ekanligi biz uchun yaqqol haqiqatdir. Shunga koʻra bozor iqtisodiyoti mohiyati, shakllari, qonuniyatlari va bulardagi bor xususiyatlar kabilami aniqlash, ulami oʻrganish hozirgi iqtisodiy amaliyotimiz uchun juda dolzarb vazifadir. 0‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga oʻtish boshlangandan beri bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini chuqur oʻrganish, uning zamonaviy yutuqlari va xorijiy mamlakatlar tajribasini umumlashtirib, takomillashgan bozor munosabatlarini rivojlantirish davr taqozasiga aylandi. Bozor iqtisodiyotining bir necha asrlik rivojlanish tarixidan ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga iqtisodiy oʻsish yoki qisqarish, ishsizlik, inflyatsiya, aholining boy va kamba-g‘allarga tabaqalashuvi, mahalliy va xalqaro miqyosda raqobat, manfaatlar toʻqnashuvi kabi jarayonlaming yuz berib turishi xosdir. Albatta, bu jarayonlar oʻz-oʻzidan yuz bermaydi, ulami oldindan koʻra olish, yechimini topish uchun makroiqtisodiyotning nazariy ilmi asoslariga ega boʻlish, ulaming mohiyatini tushunib yetish, hamda yangi g‘oya va fikrlar bilan boyitish imkoniyati boʻlmog‘i kerak. Biror resurs yoki tovaming yetishmovchiligi yoki ortiq boʻlishi ehtimollari bor ekan, iqtisodiy tizim umumiy muvozanatining buzilishi, masalan inflyatsiya, ishsizlik, milliy daromadning kamayish hollari ham yuz berishi tabiiy. Shuning uchun iqtisodchilar bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimizda iqtisodiy oʻsish va uning 3 samaradorligini oshirish, iqtisodiy barqarorlashtirish, hamda inflyatsiyani bartaraf etish, xalq farovonligini oshirish, tashqi aloqalami kengaytirish kabi dolzarb masalalarni tahlil qila olishlari, kerak boʻganda muhim qarorlar qabul qila olishlari zarur. Bunday mutaxassislar tayyorlashda «Makroiqtisodiyot» kursini oʻqish muhim rol oʻynaydi. Kursni oʻrganish iqtisodiy jarayonlarning ilmiy asoslarini hamda ilg‘or mamlakatlardagi bu jarayonlarni tartibga solish amaliyot va toʻplangan boy tajribani oʻzlashtirish imkonini beradi. Respublika iqtisodiyoti yangicha munosabatlarga oʻtish bosqichida turgan sharoitda esa bu masalalar ayniqsa ahamiyatlidir.
Uslubiy qoʻllanma Makroiqtisodiyot kursining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 maydagi 394- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va № № BD-531600-3.02 qayd raqami bilan roʻyxatga olingan namunaviy dastur asosida tuzilgan boʻlib, unda “Iqtisodiyot” yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilinishi lozim boʻlgan umumiy tartib- qoidalar, me’yorlar, tegishli koʻrsatma va maslahatlar berilgan. Oʻquv – uslubiy koʻllanmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qoʻygan. Kurs ishi -kursda -semestrda bajariladi.


Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin