O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


 Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari



Yüklə 389,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix18.01.2020
ölçüsü389,64 Kb.
#30222
1   2
sharq mutafakkirlari barkamol inson tarbiyasi haqida


  

3. Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari . 

 

Sharq  xalqlarining,  jumladan  o’zbek  xalqining  o’tmishdan  etib  kelgan  boy 



ma’naviy-madaniy  merosi,  o’lmas  qadriyatlari  ajdodlarimizning,  tarixda 

sahifalaridan  o’rin  olgan  buyuk  mutafakkirlarimizning  yuksak  darajadagi 

intellektual qobiliyati va salmoqli mehnatlarining natijasidir.  

Mutafakkirlarimizning  yaratgan  ilmiy  asarlari,  pedagogik  qarashlari  va 

g’oyalari  bugungi  kundaga  ko’plab  rivojlangan  mamlakatlarining  ijtimoiy-

iqtisodiy,  siyosiy  taraqqiyotida  o’zining  muhim  ahamiyatini  yo’qotmasdan 

kelmoqda. 

Bugungi  kunda  ilmiy  texnik-taraqqiyotning  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanishi 

axborot  hajmining  keskin  ko’payishi,  shuningdek  fanlar  integrasiyasi  natijasida 

yangi fanlarning yuzaga kelishi, jamiyatda raqobat muhitini yuzaga keltirdi. Ushbu 

vazifalar  asosida  jamiyatning  ta’lim  tizimiga  qo’ygan  asosiy  vazifalaridan  biri  – 

yuksak  ma’naviy  axloqli,  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  munosib  hissa  qo’shadigan, 

rivojlangan  davlatlar  darajasidagi  yuqori  malakali,  raqobatbardosh  kadrlar 

tayyorlash masalasi deb belgilandi.   

Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda buyuk mutafakkirlarining ilmiy 

va  hayot  faoliyatini  o’rganish,  ularning  hayot  yo’llaridan  saboq  olish  muhim 

ahamiyatga ega.  

Jumladan,  O’rta  asr  ijtimoiy  –  falsafiy  fikr  taraqqiyoti  mutafakkir  Abu  Nasr 

Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’imoti ta’lim – 

tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin 

Sharqda  o’z  bilimi,  fikr doirasining kengligi  bilan nom  chiqargan  Forobiyni  yirik 

mutafakkir – «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.  

Abu  Nasr  Forobiy  (to’liq  nomi  Abu  Nasr  Muhammad  ibn  Muhammad  ibn 

Uzaliq  ibn  Tarxon  al-Forobiy)  hijriy  260  yil  (milodiy  873  yil)da  Shosh  – 

Toshkentga yaqin Forob (O’tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug’ilgan. 

Forobda  boshlang’ich  ta’limni  olgach,  Shoshda,  Buxoroda,  Samarqanda  ta’lim 

olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi 

Bag’dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik 

ilmiy  markazga  aylanganligi  tuyfayli  Forobiy  ham  ilm  olish  istagida  Bag’dodga 

jo’naydi.  Bag’dodda  Forobiy  o’rta  asr  fanini,  turli  fan  sohalarini  o’rganadi. 

Masalan,  unga  Yunon  tilida  Abu  Bashar  Matta  (Matta  ibn  Yunus),  tibbiyot  va 

mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag’doda 

matematika,  mantiq,  tibbiyot,  ilmi  nujum,  musiqa,  tabiiyot,  huquq,  tilshunoslik, 

poetika bilan shug’ullandi, turli tillarni o’rgandi.  

Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. 

Abu  nasr  Forobiy  qomusiy  olim  hisoblanadi.  Tadqiqotchilar  uning  160  dan 

ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.  

Forobiy  tahminan  941  yillardan  boshlab  Damashqda  yashaydi.  Shahar 

chekkasidagi  bog’da qorovul  bo’lib ishlaydi va  faqirona  hayot  kechirib,  ilmiy  ish 

bilan  shug’ullanadi.  943-967  yillarda  esa  Halabda  yashaydi.  949-950  yillarida 

Misrda  ham  bo’lgan.  So’ng  yana  Damashqga  qaytib,  shu  erda  950  yilda  vafot 


 

15 


etgan.  Damashqdagi  «Bob  as  –  sag’ir»  qabristoniga  dafn  qilingan.  Rivoyatlarga 

ko’ra Abu Nasrning hikmat falsafani o’qishiga bir kishi sabab bo’lgan ekan. O’sha 

kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu erda tura tursin, keyin olib ketaman 

deb  qo’yib  ketgani  sabab  bo’lgan,  deyishadi.  Ittifoqo,  kitoblarga  ko’zi  tushib, 

ularning  Abu  Nasrning  ko’ngliga  ma’qul  bo’lib  qoladi  va  o’qishga  kirishadi 

natijada  etuk  faylusufga  aylanadi.  Haqiqatdan  ham  Abu  Nasr  Forobiy  o’rta  asr 

davri  ilm  –  fani  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo’shgan  olim,  Forobiy  tabiiy,  ilmiy  va 

ijtimoiy  bilimlarning  barcha  sohalarida  ilmiy  ish  olib  borgan.  Forobiy  o’zidan 

keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, 

ilmiy  bilimlarning  turli  sohalarida  asarlar  yaratgan.  Demak,  Forobiy  inson  baxt  – 

saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo’lishi 

kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog’ – salomat 

bo’lib,  o’z  vazifasini  bajarishda  hech  qanday  qiyinchilik  sezmaligi;  2  –  tabiati 

nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o’tkir, 5 – o’z fikrini tushuntira 

oladigan  notiq,  6  –  bilim-ma’rifatga  havasli,  7  –  taom  eyishda,  ichimlikda, 

ayollarga  yaqinlik  qilishda  ochofat  emas,  aksincha,  o’zini  tiya  oladiga  bo’lishi 

(qimor  yoki  boshqa  o’yinlardan)  zavq,  huzur  olishdan  uzoq  bo’lishi,  8  -  haq  va 

haqiqatni,  odil  va  haqgo’y  odamlarni  sevadigan,  yolg’onni  va  elg’onchilarni 

yomon  ko’radigan,  9  –  o’z  qadrini  biluvchi  va  oriyatli  bo’lishi,  10  –  mol  dunyo 

ketidan  quvmaydigan,  11  –  adolatparvar,  12  –  qatiyatli,  sabotli,  jur’atli,  jasur 

bo’lishi  muhimligini  qayd  etadi.  Forobiy  bu  fazilatlarni  har  bir  etuk  insonda 

ko’rishni istaydi. 

Forobiy  o’zining  fozil  jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga 

bo’ladi. Bunda u, kishilarning diniy mas’habiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki 

tabiiy  hususiyatlariga,  qobiliyatlariga,  aqliy  iqtidoriga,  bilim  ko’nikmalariga 

e’tibor  berishlik  zarur  deydi.  U  o’zning  «Baxt  saodatga  erishuv  yo’llar  haqida 

risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb 

yozadi.  U,  -  bu  esa  ilm  va  yaxshi  axloq  yordamida  qo’lga  kiritadi».  Forobiy 

davlatni etuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, 

dono bo’lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan 

ko’ra bilishi, boshqalarga g’amxo’r bo’lishi lozim deydi.  

Forobiy  ta’lim  tarbiyaga  bag’ishlangan  asarlarida  ta’lim  –  tarbiyaning 

muhumligi,  unda  nimalarga  e’tibor  berish  zarurligi,  ta’lim  –  tarbiya  usullari  va 

uslubi  haqida  fikr  yuritadi.  «Fozil  odamlar  shahri»,  «Baxt  saodatga  erishuv 

to’g’risida»,  «Ixso  –  al  -  ulum»,  «Ilmlarning  kelib  chiqishi»,  «Aql  ma’nolari 

to’g’risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.  

Forobiy  o’z  ishlarida  ta’lim  –  tarbiyani  uzviy  birlikda  olib  borish  haqida 

ta’lim bergan bo’lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o’z o’rni 

va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi. 

Forobiy  «Baxt  –  saodatga  erishuv  to’g’risida»  asarida  bilimlarni  o’rganish 

tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm 

o’rganiladi,  bu  –  olam  asoslari  haqidagi  ilmdir.  Uni  o’rgangach,  tabiiy  ilmlarni, 

tabiiy  jismlar  tuzilishini,  shaklini,  osmon  haqidagi  bilimlarni  o’rganish  lozim. 

Undan so’ng, umuman, jonli tabiat o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, 

deydi. 


 

16 


Forobiy  ta’lim  –  tarbiyaning  asosiy  vazifasi  jamiyat  talablariga  javob  bera 

oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat 

deb biladi. 

Abu  nasr  Forobiy  yana  aytadi:  «Ta’lim  –  degan  so’z  xalqlar  va  shaharliklar 

o’rtasida  nazariy  fazilatni  birlashtirish,  tarbiya  esa  shu xalqlar  o’rtasidagi  tug’ma 

fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.  

Ta’lim  faqat  so’z  va  o’rgatish  bilangina  bo’ladi.  Tarbiya  esa,  amaliy  ish 

tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish 

- harakat, kasb - hunarga berilgan bo’lishi, o’rganishidir», - deydi. 

Forobiy  nazariy  bilimlarni  egallashga  kirishgan  har  bir  kishi  xulq  –  odobda 

ham  qay  darajada  pok  bo’lishi  kerakligini  «Falsafani  o’rganishdan  oldin  nimani 

bilish  kerakligi  to’g’risida»gi  risolasida  shunday  ta’riflaydi:  «Falsafani 

o’rganishdan  avval  o’zingizni  hirs-havaslardan  shunday  tozalashingiz  lozimki, 

sizda  maishiy  va  shahvoniyat  kabi  notug’ri  tuyg’ularga  emas,  balki  kamolotga 

bo’lgan hirs-havas qolsin.  

Bunga xulq axloqni faqat so’zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash 

orqali  erishish  mumkin.  Shunday  so’ng  xato  va  adashishdan  saqlovchi,  haqiqat 

yo’lini  tushunib  olishga  boshlovchi  (notiq  –  so’zlovchi,  fikrlash  ma’nosida) 

nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur». 

Forobiy  axloqiy  fazilatlar  deganda  bilimdonllik,  donolik  va  mulohazali 

bo’lish,  vijdonlilik,  kamtarlik,  ko’pchilik  manfaatini  yuqori  qo’yish,  haqiqat, 

ma’naviy  yuksaklikka  intil,  adolatliylik  kabi  hislatlarni  tushunadi.  Ammo  bu 

hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo’lishidir. Shuning 

uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog’liq holda, tafakkurga 

asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari 

ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham 

talqin  etganligini  ko’ramiz.  Forobiy  «Aql  ma’nolari  haqida»  risolasida  aql 

masalasini tahlil  qilib,  aql bilish haqidagi  ta’limotida  mantiq (logika) ilmi  muhim 

o’rin  tutadi  deydi.  U  mantiq  ilmi  bilan  grammatika  o’rtasidagi  mushtarakligini 

qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. 

Grammatika  odamlar  nutqini  tarbiyalagani  kabi,  mantiq  ilmi  ham  tafakkurni 

haqiqiy yo’lda olib borish uchun aqlni to’g’irlab turadi deydi.  

Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko’p jildi asari bilan o’rta asrning 

yirik  muzikashunosi  sifatida  ham  mashxur  bo’ldi.  U  muzikaga  ilmini  nazariy, 

amaliy  jihatdan  yoritib,  muzikani  inson  axloqini  tarbiyalovchi  sihat  salomatligni 

mustahkamlovchi  vosita  deb  qaragan.  Uning  muzika  sohasida  qoldirgan  merosi 

muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.  

Forobiyning ta’lim-tarbiya  yo’llari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham 

qimmatlidir.  U  insonda  go’zal  fazilatlar  ikki  yo’l  –  ta’lim  va  tarbiya  yo’li  bilan 

hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – 

nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim 

so’z  va  o’rganish  bilan  tarbiya  esa  amaliy  ish,  tajriba  bilan  amalga  oshiriladi, 

deydi.  Har  ikkalasi  birlashsa  etuklik  namoyon  bo’ladi,  ammo  bu  etuklik  bilim  va 

amaliy  ko’nikmalarni  qay  darajada  o’rganganligiga  qarab  paydo  bo’ladi,  deb 

ko’rsatadi.  


 

17 


Forobiy  ta’limda  barcha  fanlarning  nazariy  asoslari  o’rganilsa,  tarbiyada 

ma’naviy  –  axloqiy  qoidalar,  odob  me’yorlari  o’rganiladi,  kasb-hunarga  oid 

malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. 

Bu  muhim  vazifa  tajribali  tarbiyachilar  tomonidan  ta’lim-tarbiyaning  turli 

metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yo’l 

bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.  

«Amaliy  fazilatlar  va  amaliy  san’at  (kasb-hunar)lar  va  ularni  bajarishga 

odatlanish  masalasi»ga  kelganda,  bu  odat  ikki  yo’l  bilan  hosil  qilinadi:  bulardan 

birinchisi  –  qanoatbaxsh  so’zlar,  chorlovchi,  ilxomlantiruvchi  so’zlar  yordamida 

odat  hosil  qilinadi,  malakalar  vujudga  keltiriladi,  odamdagi  g’ayrat,  qasd-intilish 

harakatga aylantiriladi. 

Ikkinchi  yo’l  (yoki  usul)  –  majbur  etish  yo’li.  Bu  usul  gapga  ko’nmovchi, 

qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki ular 

o’z  istaklaricha  so’z  bilan  g’ayratga  kiradiganlardan  emaslar.  Ulardan  birortasi 

nazariy  bilimlarni  o’rganishga  kirishsa,  uning  fazilati  yaxshi  bo’ladi.  Kasb 

hunarlarni  va  juz’iy  san’atlarni  egallashga  intilish  bo’lmasa,  bunday  odamlarni 

majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni 

fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir 

Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish 

metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama 

kamolga etkazish maqsadini ko’zlaydi.  

Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni 

shakllantirish,  insonni  o’z  mohiyati  bilan  ijtimoiy,  ya’ni  faqat  jamiyatda,  o’zaro 

munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.  



 

18 


 

4. Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari 

 

 

Sharq  va  Obro’pada  ma’rifat,  madaniyat  taraqqiyotiga  katta  hissa 



qo’shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig’i», Ovro’pada 

«Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk 

mutafakkiri  Abu  Ali  ibn  Sinodir.  Ibn  Sino  ham  boshqa  zamondosh  qomusiy 

olimlar  qatori  matematika,  astronomiya,  fizika,  kimyo,  biologiya,  tibbiyot, 

dorishunoslik,  ruhshunoslik,  fiziologiya,  falsafa,  filologiya,  ta’lim  –  tarbiya 

sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim. 

Abu  Ali  ibn  Sino  980  yilda  Buxoro  yaqinidagi  Afshona  qishlog’ida  kichik 

amaldor  oilasida  tug’iladi.  Uning  to’la  ismi  Abu  Ali  al-Husayn  ibn  Abdulloh  ibn 

al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi 

Abdulloh  edi.  Keyinroq  uning  oilasi  Buxoroga  ko’chib  o’tgach,  u  boshlang’ich 

maktabda  o’qiy  boshlaydi.  Ibn  Sinoning  mutolasi  zo’r,  mehnatsevar  edi.  Undagi 

tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn, kuchli xotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning 

otasi  Abdulloh  hamda  uning  do’stlari  bilimdon  kishilar  bo’lib,  ularning  ilmiy 

munozaralari  o’tadigan  oilaviy  muhit  yosh  ibn Sinoga ham  ta’sir  etadi.  Shu  bilan 

birga uning bolalik va o’smirlik yillari o’tgan Buxoro shahri somoniylar davrining 

yirik  madaniy  markazi bo’lib  hisoblanar  edi. Buxoroda  ko’plab  maktab,  madrasa, 

kasalxona  va  nodir  kitoblar  saqlanadigan  kutubxona  bo’lgan.  Jahonning  turli 

mamlakatlaridan  kelgan  olimlarning  ilmiy  munozaralarida  yosh  ibn  Sino  ham 

qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind 

hisobi,  fiqhdan  bilim  olgan.  Keyin  esa  faylasuf  Abu  Abdulloh  Notiliydan  falsafa, 

mantiq,  handasa  va  boshqa  fanlardan  ta’lim  oladi.  Shundan  so’ng  ibn  Sino  o’zi 

mustaqil  holda  barcha  fanlar  bilan  shug’ullana  boshlaydi.  U  ayniqsa  tib  ilmini 

chuqur  egallab  oladi,  bu  sohada  unga  ta’lim  bergan  kishi  buxorolik  Abu  Mansur 

Kamariy  bo’ldi.  Ibn  Sino  so’ngra  falsafani  o’rganishga  kirishadi.  Ayniqsa, 

Aristotel  falsafasini,  uning  «Metafizika»  asari  mohiyatini  buyuk  mutafakkir  Abu 

Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi. 

IX  asr  oxiri  –  X  asr  boshlariga  kelib,  o’lkada  siyosiy-ijtimoiy  vaziyat 

murakkablashdi.  Shu  tufayli  ibn  Sino  Xorazmga  –  Urganchga  ko’chib  o’tadi. 

Xorazmda  u  bir  qator  olimlar  bilan  hamkorlikda  Abu  Rayhon  Beruniy 

boshqarayotgan  «Ma’mun  akademiyasi»da  ilmiy  ish  bilan  shug’ullana  boshlaydi. 

Xorazmda  o’zining  yirik  asarlari  –  «Tib  qonunlari»,  «Ash-Shifo»  kitoblari  ustida 

ish olib boradi. 

Mahmud G’aznaviy  1017 yilda Xorazmni o’ziga qaram qilib olgach, nufuzli 

olimlarni  ham  o’z  saroyiga  chaqirib  ola  boshlaydi.  Ibn  Sino  Mahmud  G’aznaviy 

saroyiga  bormay,  boshqa  yurtlarga  ketishga  majbur  bo’ladi.  Gurganjda,  Rayda, 

keyin  esa  Hamadonda  va  umrining  so’nggi  yillari  Isfaxonda  yashaydi.  Ibn  Sino 

1037 yilda vafot etdi.  

Ibn  Sino  haqiqiy  qomusiy  olim  sifatida  o’z  davridagi  fanlarning  hammasi 

bilan  muvaffaqiyatli  shug’ullangan  va  ularga  oid  ilmiy  asarlar  yaratgan.  Turli 

manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan. 



 

19 


Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga 

oid,  19  tasi  mantiqqa,  26  tasi  psixologiyaga,  23  tasi  tibbiyot  ilmiga,  7  tasi 

astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 

tasi  adabiyotga  va  8  tasi  boshqa  olimlar  bilan  bo’lgan  ilmiy  yozishmalarga 

bag’ishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo’lib 

qoldi. 


Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at - tayr», 

«Risolat  fi-l-ishq»  («Ishq  haqida  risola»),  «Risolat  fi  mohiyat  as-salot» 

(«Nomozning  mohiyati  haqida  risola»),  «Kitob  fi  ma’no  ziyorat»  («Ziyorat 

qilishning ma’nosi haqida»), «Risolat fi - daf al – g’am  min al mivt» («O’limdan 

keladigan  g’amni  daf  qilish  haqida  risola»),  «risolat  al-qadr»,  «An-Najot»,  «Ash 

Shifo»,  «Donishnoma»,  «Kitob  ash  -  ishorat»  va  at  tanbihot  asarlari  shular 

jumlasidandir.  

Ma’lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’lim-tarbiyaga 

oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalagan, maxsus 

risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa 

tibbiyot  fanlarini  qo’yadi.  Falsafani  esa  ikki  guruhga,  ya’ni  nazariy  va  amaliy 

guruhlarga  bo’ladi.  Nazariy  guruh  kishilarni  o’zidan  tashqaridagi  borliq  holati 

haqidagi  bilimlarni  egallashga  yo’llasa,  amaliy  qism  bizga  bu  dunyoda  nimalar 

qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi. 

U  birinchi  guruhga  etika,  iqtisod,  siyosatni  kiritadi.  Ikkinchi  guruhga  fizika, 

matematika,  metafizika,  dunyo  qonuniyatlarini  o’rganuvchi  barcha  fanlarni 

kiritadi.  

Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni 

egallashga  da’vat  etadi.  Chunki  ilm-fan  insonga  xizmat  qilib,  tabiat  qonunlarini 

ochib  avlodlarga  etkazishi  kerak.  Bu  maqsadga  etishish  uchun  inson 

qiyinchiliklardan  qo’rqmasligi  zarur,  deydi.  «Ey  birodarlar!  Odamlarning  botiri 

mushkulotdan  qo’rqmaydi.  Kamolot  hosil  qilishdan  bosh  tortgan  kishi 

odamlarning eng qo’rqog’idir» 

Zero,  ma’rifatli  kishi  jasur,  o’limdan  ham  qo’rqmaydigan,  faqat  haqiqatni 



bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib. 

Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk 

bo’lmagan kishilar  qatoriga qushadi.  Bunday  kishilardan  ilmiy  fikrlarni  sir  tutish 

kerakligini ta’kidlaydi. 

U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin har qanday bilim 

ham  haqiqatga  olib  kelmasligi,  inson  o’z  bilimining  haqiqiyligini  bilishi  uchun 

mantiqni  ham  bilishi  zarurligini  uqtiradi.  Ibn  Sinoning  ta’lim  metodlari  haqidagi 

ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish 

va tajribalarga tayanish kerak degan g’oya yotadi. 

Ibn  Sino  bolani  maktabda  o’qitish  va  tarbiyalash  zaraurligini  qayd  etib, 

maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o’qitilishi va tarbiyalanishi 

lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o’qitishga qarshi bo’lgan. Bolani maktabda 

jamoa bo’lib o’qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:  

Agar  o’quvchi  birga  o’qisa  u  zerikmaydi,  fanni  egallashga  qiziqish  yuzaga 



 

20 


keladi,  bir-biridan  qolmaslik  uchun  harakat,  musobaqalashish  istagi  rivojlanadi. 

Bularning hammasi o’qishning yaxshilanishiga yordam beradi. 

O’zaro  suhbatda  o’uvchilar  bir-biriga  kitobdan  o’qib  olganlari,  kattalardan 

eshitganlarini hikoya qiladilar. 

Bolalar  birga  to’planganlarida  bir-birini  hurmat  qila  boshlaydilar, 

do’stlashadilar,  o’quv  materiallarini  o’zlashtirishda  bir-biriga  yordamlashadilar, 

bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar 

Bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda 

quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 

bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik; 

ta’limda engildan og’irga borish orqali bilim berish; 

olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 

o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 

bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 

o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish. 

 

Bu  talablar  hozirgi  davr  ta’lim  tamoyillariga  ham  mos  kelishi  bilan 



qimmatlidir.  Yuqoridagi  masalalarga  o’zining  «Tadbiri  manzil»  asarida  maxsus 

bo’lim  bag’ishlaydi.  «Bolani  maktabda  o’qitish  va  tarbiyalash»  («Omo’zish  va 

parvarish  madrasa  farzand»)  bo’limida  ta’lim  va  tarbiya  jarayonini  ochib  beradi. 

Yuqoridagi  tamoyillar  esa  bolalarni  engil-elpi  bilim  olish  emas,  balki  har 

tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi. 

Talabaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burchidir. Shunga ko’ra ibn 

Sino  o’qituvchining  qanday  bo’lishi  kerakligi  haqida  fikr  yuritar  ekan,  shunday 

yo’l-yo’riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat: 

bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;  

berilayotgan  bilimning  talabalar  qanday  o’zlashtirib  olayotganiga  e’tibor 

berishi; 

ta’limda turli metod va shakllardan foydalanishi; 

talabalning  xotirasi,  bilimlarni  egallash  qobiliyati,  shaxsiy  xususiyatlarini 

bilishi; 

fanga qiziqtira olishi; 

berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; 

bilimlarni  talabalarga  tushunarli,  uning  yoshi,  aqliy  darajasiga  mos  ravishda 

berishi; 

har  bir  so’zning  bolalar  hissiyotini  uyg’otish  darajasida  bo’lishiga  erishishi 

zarur, deydi olim 

Ibn  Sino  ta’limotida  bilishda  qaysi  metodlardan  foydalanilmasin  –  u og’zaki 

ifodami,  bilimlarni  tushuntirishmi,  turli  ko’rinishdagi  suhbatmi,  tajribalarmi, 

baribir  talabada  haqiqiy  bilim  hosil  qilish  mustaqil,  mantiqiy  fikrlash  qobiliyatini 

rivojlantirish,  olgan  bilimlarini  amaliyotga  tadbiq  eta  olish  qobiliyatini  tarkib 

toptirish asosiy maqsad bo’lgan. 

Shu  jihatdan  olimning  «Hay  ibn  Yaqzon»  asari  kishilarning  did  –  farosatini 

o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta’lim – tarbiyada katta ahamiyatga ega. 

Uning nomi ham shunga ishor qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg’oq o’g’li Tirik). Bu 



 

21 


asar farosat ilmi haqida ekanligini ibn Sinonining o’zi ham ta’kidalaydi. 

Mazkur  asarni  ibn  Sino  1023  yilda  Hamadonga  yaqin  bo’lgan  Faradjon 

qal’asi qamoqxonasida yozga deyishadi. 

Ibn  Sino  bu  asarida  ilm  –  ma’rifatni  o’rganishga  kirishishi  natijasida  ko’zi 

ochilgani,  uning  natijasida  Aql  (Hay  ibn  Yaqzon)  ko’ziga  ko’ringani  va  ilm  ham 

unga  o’z  jamolini  namoyon  qilganini  hikoya  qilar  ekan,  ilm-aqlni  o’lim 

bilmaydigan Uyg’oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy 

sifatida  tasvirlaydi.  Tafakkur  qilib  zarur  bo’lgan  va  bilishi  mumkin  bo’lgan 

narsalarni  o’qishga  kirishgani,  bu  yo’lda  aqlni  ishga  solib,  o’zini  yomonliklardan 

chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi. 

Demak,  «Hay  ibn  Yaqzon»  mantiq  ilmiga  bag’ishlangani  bilan  ham  aqliy 

tarbiyada  katta  ahamiyatga  ega.  Shuningdek,  insondagi  yomon  illatlarni  ham 

bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining 

yomon illatlardan qutilishi, o’zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy 

asargini bo’lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.  

Ibn  Sino  insonning  kamolga  etishida  uning  axloqiy  kamoloti  muhim 

ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.  

Tadqiqotchilar  uning  falsafiy  asarlarida  axloqqa  oid  fikr  yuritganlari  o’n 

ikkita deb qayd etadilar. 

Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) 

deb  ataydi.  Olimning  fikricha,  axloq  fani  kishilarning  o’ziga  va  boshqalarga 

nisabatan xatti - harakati me’yorlari va qoidalarini o’rganadi. 

Ibn  Sino  axloqlilikning  asosini  yaxshilik  va  yomonlik  kabi  ikki  tushuncha 

bilan ta’riflaydi:  

Dunyoda  mavjud  bo’lgan  jami  narsalar  tabiatiga  ko’ra  kamolot  sari  intiladi. 

Kamolot sari intilishning o’zi esa mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...»  

Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har 

biriga ta’rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson 

qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo’ladi, yomon illatlardan o’zini tiyib, 

yaxshilikni  mustahkamlaydi,  haqiqiy  ruhiy  lazzat  oladi,  deydi  olim.  Insondagi 

ijobiy,  axloqiy  hislatlarga  saxiylik,  chidamlilik,  kamtarlik,  sevgi  –  muhabbat, 

mo’tadillik,  aqlilik,  ehtiyotkorlik,  qat’iyatlilik,  sadoqat,  intilish,  uyatchanlik, 

ijrochilik va boshqalarni kiritadi.  

Qanoat  va  mo’tadillikni  insonning  hissiy  quvvatiga  kiritadi,  chidamlilik, 

aqllilikni  g’azab  quvvatiga,  donolik,  ehtiyotkorlikni  ziyraklikka,  sadoqat, 

uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.  

Olim  qanoatni  hissiy  fazilatlardan  sanaydi  va  inson  o’zini  ta’magirlikdan 

tiysa,  mo’tadillikka  rioya  qilsa,  o’zida  xirsning  namoyon  bo’lishini  engadi,  inson 

yomon iilatlarni engishda o’z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi. 

Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta’rifini beradi:   mo’tadillik  –  tan  uchun 

zaruriy oziq va xulq ma’yorlariga to’g’ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik; 

sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko’maklashuvchi insoniy quvvat; 

g’azab  –  biror  ishni  bajarishda  jasurlik;  chidamlilik  –  inson  o’z  boshiga 

tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat; 

aqillilik  –  biror  ishni  bajarishda  shoshma  –  shosharlikdan  saqlovchi  quvvat 


 

22 


deydi.  Ziyraklikni  narsalar  va  hatto  harakatlarning  haqiqiy  ma’nosini  tezlik  bilan 

tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga 

duchor  bo’lganda,  ular  bilan  xushmuomalada  bo’luvchi  insoniy  quvvat; 

kamtarlikka  xudbin  ishlar  bilan  shug’ullanishdan  to’xtatuvchi  kuch  sifatida  ta’rif 

beradi.  

Ibn  Sino  insonning  kamolga  etishida  to’siqlik  qiluvchi  nuqsonlar  sifatida 

johillik,  nodonlik,  shafqatsizlik,  takabburlik,  nafratni  ko’rsatib  o’tadi.  Johillikni  – 

ilmga, nodonlikni – zehni o’tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni 

– sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta’riflaydi. 

Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do’st bo’lib 

yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar 

bilan birga yashar ekan, ular bilan do’stona yashashga intiladi. 

Modomiki,  inson  aloqaga  muhtoj  ekan,  boshqa  birov  bilan  qo’shinchilik 

qilish  uchun  uning  uyi  yoniga  uy  soladi,  o’zining  ehtiyojini  qondirish  uchun  esa 

ishlab  chiqarish  mahsulotlarini  almashtiradi,  dushmanlardan  saqlanish  uchun 

o’zgalar  bilan  birlashadi.  Mana  shu  tariqa  kishilarda  birlik  hissi,  boshqalarga 

nisbatan  sevgi-muhabbat  va  umumiy  axloqiy  negizlar  ishlab  chiqila  boshlaydi.  U 

insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do’st muhim rol o’ynaydi, 

deydi. Olim do’stlikni shunday ta’riflaydi: 

har  qanday  qiyinchiliklarga  qaramay  o’z  do’stini  xavf-xatarda  yolg’iz 

qoldirmaydigan do’stlik; 

manfaatlari o’xshash va g’oyaviy yaqin do’stlik; 

o’z  shaxsiy  manfaati  va  ehtiyojini  qondirishga  qaratilgan  do’stlik.  Ibn  Sino 

birinchi va ikkinchi xil do’stlikni haqiqiy do’stlik deb e’tirof etadi. 

Olim haqiqiy do’stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo’lishi mumkinligini 

aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy, 

ham  fiziologik  jihatdan  yoritib  beradi.  Insonlarga  ularning  tashqi  ko’rinishiga 

qarab  emas,  balki  ularning  ichki,  ma’naviy  dunyosiga  qarab  baho  berish 

kerakligini  uqtiradi.  Har  bir  kishi  tabiatan  sevgi  tuyg’usiga  ega,  u  tabiiy  zarurat 

sifatida  namoyon  bo’ladi,  lekin  inson  o’z  tuyg’ularini  boshqara  olishi,  aql  va 

farosat bilan haqiqiy sevgini hirs tuyg’usidan, ehtiros kuchidan ajrata oladi. Chunki 

haqiqiy  sevgi,  olimning  fikricha,  inson  zimmasiga  axloqiy,  huquqiy  burch 

yuklaydi.  Bu  esa  olimning  sevgiga  ijtimoiy  omil  sifatida  ham  qaraganligini 

ko’rsatadi. 

Tadqiqotchilar ibn Sino musiqaga oid ham asarlar yaratganligi, lekin ularning 

faqat bir qismigina bizgacha etib kelgani haqida ma’lumot beradilar.  

Shulardan biri «Musiqa bilimiga oid to’plam» bo’lib, bunda tovushning sezgi 

a’zolariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish 

yo  nafratlanish  hissining  paydo  bo’lishi  kabi  masalalarga  to’xtaydi.  Unda 

musiqaning  kishi  hayotida  qanchalik  zarurligi  haqida  ham  fikrlar  bayon  etiladi. 

Olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali engil tortsa, uning aksida 

oromi  yo’qolib,  nafrati  paydo  bo’ladi.  Ibn  Sino  musiqa  ovozlarining  kishi  ruhiga 

ta’siri haqida ham o’z fikrlarini bayon etadi. 

Ibn  Sinoning  musiqaga  oid  asarlari  u  yashagan  davr  musiqa  ilmidan  juda 

muhim ma’lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir. 


 

23 


Ibn  Sino  aqliy  tarbiya  turli  bilimlarni  o’rganish  natijasida  amalga  oshsa, 

axloqiy  tarbiya  ko’proq  yaxshi  axloqiy  xislatlarni  mashq  qildirish,  odatlantirish, 

suhbat orqali amalga oshadi, deb ta’lim berdi. 

Inson  hissiy  va  ma’naviy  talablarni  ajratib  olish  imkoniyatiga  ega  ekan,  bu 

imkoniyat  asta-sekin  inson  fe’l-atvoriga  xos  xislatga  aylana  boradi.  Ibn  Sino 

insonning shakllanishida uning atrofini o’rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida 

rol  o’ynaydi,  ana  shu  tashqi  muhit  va  odamlar  insonning  atrof-dunyoni 

bilishigagina  emas,  balki  uning  hulqida  yaxshi  yoki  yomon  jihatlarning  tarkib 

topishiga  ham  ta’sir  etadi.  Shuning  uchun  ham  bolalarni  tarbiyalashda  ehtiyotkor 

bo’lish  kerakligini,  bola  yomon  odatlarga  o’rganmasligi  uchun,  uni  yomon 

odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi. 

Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng 

o’rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga etadi.  

Olim  oilada  ota-onaning  vazifasi  va  burchiga  katta  e’tibor  beradi.  Oila 

munosabatlariga  to’xtalar  ekan,  ayniqsa  ota-onalarning  oilada  mehnatsevarligi 

bilan  farzandlarini  ham  kasb  va  hunarga  o’rgatishi  borasida  muhim  fikrlar  bayon 

etadi.  Insonning  xulqi  va  ruhiga  mehnatning  ijobiy  ta’sirini  ta’kidlash  bilan  bir 

qatorda  turli  kasb  egalari:  hunarmand,  dehqonlar  mehnatini  ulug’laydi  va 

qimorboz,  sudho’r  kabilarni  qoralaydi.  U  mehnatsiz  hayot  kechirish  insonga  ham 

jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi. 

Ibn  Sino  aqliy,  ahloqiy  tarbiya  bilan  bir  qatorda  inson  kamolotida  jismoniy 

tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etadi.  

Ibn Sinogacha insonning kamolga etishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida 

bir  butun,  yaxlit,  ta’limot  yoritilmagan  edi.  Ibn  Sino  birinchi  bo’lib  jismoniy 

tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi.  

Jismoniy  mashqlar,  to’g’ri  ovqatlanish,  uyqu,  badanni  toza  tutish  tartibiga 

rioya etish inson sog’lig’ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy ham 

amaliy jihatdan asosladi.  

Bolaga  ham  hali  u  tug’ilmasdan  turib  g’amxo’rlik  qilish,  go’daklik  lavridan 

boshlab  tarbiyani  boshlash  zarurligini  ta’kidlaydi.  Bolaning  etuk  nson  bo’lib 

shakllanishida  unga  g’amxo’rlik,  poklik,  mas’uliyatni  his  etish,  do’stona 

manosabatlar tuyg’usini singdirib borish zarur, deydi olim. 

Chunki,  Ibn  Sino  merosinining  asosiy  qimmat  va  qudrati  uning  keng  va 

kuchli gumanistik mazmunidir.  

U  o’z  ilmi,  merosi  bilan  o’rta  asr  Sharqining  ilmiy  madaniy  qudratini  butun 

dunyoga  namoyon  qildi.  Butun  insoniyat  madaniyatining  rivojiga  ulkan  hissa 

qo’shdi.  

Shuning uchun ham Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk siymosi, insoniyat 

uchun  hurmat  qilgan  olim,  buyuk  tabib,  eng  katta  faylasuf,  tabiatshunos, 

insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida tan olindi.  

Ibn  Sinoning  jahon  fani  va  madaniyati  rivojiga  qo’shgan  hissasini  e’tiborga 

olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotel, 

(vrach)  tabib  Golenlar  bilan  teng  qatorga  qo’ysa,  A.Dante  o’zining  «Ilohiy 

komediya»sida  olimni  Ptolomey,  Evklid,  Gippokratlarga  tenglashtiradi.  Nemis 

faylasufi  L.Feyirbax  olimni  «mashhur  tabib  va  faylasuf»dir  desa,  Hindostonning 


 

24 


buyuk davlat arbobi J.Neru o’zining «Hindistonning ochilishi»degan asarida O’rta 

Osiyo  olimlarining  tilga  olar  ekan,  Ibn  Sino  nomini  alohida  ta’kidlab:  «Ulardan 

eng mashhuri (vrachlar) tabiblar podshohi» degan nomni olgan buxorolik Ibn Sino 

(Avisenna) dir 

Demak,  ibn  Sinoning  shaxsiy  faoliyati  dunyoviy  ilmlarni  o’rganish  haqidagi 

ti’limotlari,  ta’lim-tarbiya  haqidagi  mulohazalari,  umuminsoniy  pedagogik  fikr 

taraqqiyotida o’ziga xos o’rinni egallaydi. 

 

 



 

25 


Xulosa 

 

Qaysi  bir  bilim  sohasini  olib  qaramaylik,  uning  taraqqiyoti  ko’p  jihatdan 



o’tmish  tajribasiga  mustahkam  bog’liq  bo’lganligining  guvohi  bo’lamiz.  Bu 

ayniqsa,  pedagogika  fani  taraqqiyoti  uchun  xosdir.  Bu  masalada  biz  milliy-

madaniy  meros  va  uni  o’zlashtirishga  tayanib  ish  ko’ramiz.  Chunki  o’tmish 

progressiv  tajribalariga,  metod  va  usullariga  tayanmasdan  turib,  yosh  avlodni 

yuksak  axloqli  qilib  tarbiyalash  mumkin  emas.  Prezident  I.A.Karimov 

ta’kidlaganlaridek,  «Tarix  millatning  haqiqiy  tarbiyachisiga  aylanib  bormoqda. 

Buyuk  ajdodlarimizning  ishlari  va  jasoratlaritarixiy  xotiramizni  jonlantirib,  yangi 

fuqarolik  ongini  shakllantirmoqda.  Axloqiy  tarbiya  va  ibrat  manbaiga 

aylanmoqda». 

Sharq  xalqlari  ko’p  asrlarga  borib  taqaluvchi  madaniyatga  ega  ekanligi 

hammaga  ayon.  Ana  shu  madaniy  yodgorliklar  inson  qo’li,  aqli,  mahorat  va 

malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda 

umuminsoniy  qadriyatlarga,  san’at  va  adabiyot  asarlariga  aylangan  demak, 

madaniyat  o’z-o’zidan  paydo  bo’lib  qolmay,  ko’p  darajada  ta’lim  va  tarbiya 

mevasi sifatida shakllangan.  

Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga 

mashhur  bo’lgan  faylasuf  va  munajjim,  matematika,  fizika,  tibbiyot,  tarix,  til  va 

adabiyot,  pedagogika  sohasida  ilmiy  merosi  bilan  nom  qoldirgan  Muhammad 

Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, 

Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z 

ilmiy  merosida  ta’limiy-axloqiy  asarlar  yaratishga  ham  katta  e’tibor  berib,  bu 

asarlarda  ilgari  surilgan  g’oyalar  insonning  ham  aqliy,  ham  axloqiy,  estetik  va 

jismoniy  jihatdan  kamol  topishida,  pedagogik  fikr  taraqqiyotida  katta  ahamiyatga 

ega bo’ldi. 

Ulug’ allomalarimizdan Forobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki 

xil  usul  yordamida  olib  borilishi  mumkin.  Tarbiyalanuvchi  ixtiyoriy  ravishda 

zaruriy,  aqliy  va  axloqiy  xislatlarini  –  bilimli  bo’lishga,  to’g’rilik  va  haqiqatni 

sevishga, jasur do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’i 



 

26 


lozim.  Bunday  insoniy  fazilatlarga  ega  bo’lish  uchun  baxt  –  saodatga  eltuvchi 

jamoa bo’lishi kerak. 

Forobiy  insonning  ma’naviy  hayotida,  asosan  uning  ikki  tomoniga:  aql  – 

ongiga  axloqiga  (xulq  -  atvoriga)  e’tibor  beradi.  Shuning  uchun  ta’lim  –  tarbiya, 

uning  fikricha,  insonning  aqliy  tomondan  ham,  axloqiy  tomondan  ham  etuk 

mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim. 

Forobiy  ta’lim  –  tarbiya  ishiga  kirishilishi,  uni  boshlashdan  avval 

odamlarning  shaxsiy  xislatlarini bilish lozimligini  aytadi. Uning  fikricha  insoning 

hohishi,  ixtiyor,  iroda,  yaxshilik  va  yomonlik  kabi  xislatlarini,  nimaga  qobiliyati 

borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan natijani bermaydi. 

Xulosa  qilib  aytganda  Forobiy  pedagogik  ta’limotining  asosida  komil 

insonni  shakllantirish,  insonni  o’z  mohiyati  bilan  ijtimoiy,  ya’ni  faqat  jamiyatda, 

o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. 


 

27 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

 

 

1.  Karimov I.A.  ―Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ 

Toshkent, 1997 yil. 

2.  I.A.Karimov «Istiqlol va ma’naviyat» Toshkent. «O’zbekiston» , 1994 y. 

3.  Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining 

asosiy tamoyillari. – T.:‖O’zbekiston‖, 1995, 47-bet 

4. Karmov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  yengilmas  kuch.  –  Toshkent:  Sharq, 

2008. 

5. Aliqulov H. Gumanistik meros va shahs ma’naviy kamolot.-T.: «Falsafa va  



huquq» 2006.-58 b. 

6.  Jakbarov  M.  Komil  inson  g’oyasi:    tarihiy-falsafiy  tahlil.  T.:  «Ibn  Sino».  

2000.-132 b. 

7.  Bahranov  SH.  Shahs  milliy  o’zligini  anglash  qonuniyatlari.  –  Samarqand: 

Zarafshon, 1995. – 136 b. 

8.  Abdullaeva  SH.  A.  va  boshq.  ―Pedagogika‖  –  Toshkent.,  Fan  nashriyoti. 

2004 yil.  

9.  Asqarova  O’.  ―Pedagogikadan  amaliy  mashqlar  va  masalalar‖. 

(Bakalavrning barcha pedagogik yo’nalishi uchun  o’quv-uslubiy qo’llanma). 

Toshkent- ―Istiqlol‖- 2005 y. 

10.  Zunnunov A.-  «Pedagogika nazariyasi». Oliy o’quv yurtlari uchun O’quv 

qo’llanma. – Toshkent, «Aloqachi», 2006 yil. 

11.  Zunnunov  A.,  va  boshqalar  -    «Pedagogika  tarihi»  oliy  o’quv  yurtlari 

uchun O’quv qo’llanma. – Toshkent, «SHarq» matbaa kontserni, 2000 yil. 

12.  Munavvarov    A.K.    «Pedagogika»          tahriri    ostida.    Toshkent. 

«O’qituvchi».1996 y. 

13.  Tursunov  I.Y.  Nishonaliev  U.N.  «Pedagogika  kursi»  -  Toshkent. 

O’qituvchi. 1997 y. 

 

2.Internet saytlari 

www.bilimdon

 uz  

www.de.uz  



www.plekhanov.ru  

www.tgeu.uz 

www. pomorsu.ru. 

www. bankreferatov.ru. 



www.elsu.ru. 

Yüklə 389,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin