4.5. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini
qattiq muhitda boyitish, parchalash, maydalash, paketlash va briketlash
Rangli metall temir-tersaklari va chiqindilarini ajratib olishni bu usulida
mayda maydalangan og‗irlashtirgich (suspenzoid) suv bilan aralashtiriladi va
suspenziya (zarrali eritma) hosil bo‗ladi. Bunda xom ashyo komponentlarini kichik
zichlikdagisi suzib yuradi, og‗irlari cho‗kadi. Og‗irlashtirgich sifatida ferrosilitsiy,
galenit, magnetit ishlatiladi.
Og‗ir muhitda ajratishga alyuminiy va uni qotishmalarini temir-tersak va
chiqindilari, qo‗rg‗oshinli akkumulyator chiqindilari solinadi. Qo‗rg‗oshinli
akkumulyator chiqindilarini bunday ajratishda og‗irlashtirgich sifatida
akkumulyator shlaki ishlatiladi.
Alyuminiydan tayyorlangan quyma temir-tersak va chiqindilarda engil
massali, gabariti katta temir-tersaklarda, kabel va tok o‗tkazuvchilarda,
elektrodvigatel korpuslarida, stator cho‗lg‗amlarida, qo‗rg‗oshinli akkumulyator
qirindilari, paketlangan metallarda parchalash va maydalash jarayonlari olib
boriladi.
Parchalash
mahsulotlarini o‗lchamlariga qarab yirik parchalash (250-300
90
mm), o‗rtacha parchalash (25-30 mm) va mayda parchalash (3 mm gacha) turlariga
bo‗linadi (4.11-rasm).
4.11-rasm. Parchalash apparati
Parchalash apparatlari umumiy qo‗llaniladigan va maxsus qo‗llaniladigan
turlarga bo‗linadi. Birinchi turga: bolg‗ali, rotorli drobilkalar, tegirmonlar, rotor
maydalagichlar va boshqalar kiradi. Ikkinchi turga: paketlarni titish, qirindi
maydalaydigan apparatlar kiradi.
Paketlashdan
maqsad engil massadagi, ixcham bo‗lmagan temir-tersak va
chiqindilarni belgilangan massali, o‗lchamli, zichlikli paket ko‗rinishiga keltirish.
Bu materiallarni metallurgik agregatlarga, pechlarga yuklash oson va metallarni
isrofgarchiligi minimal darajaga kamayadi, bundan tashqari ularning tashish uchun
sarflanadigan transport xarajatlarini kamaytiradi. Paketlash bo‗lak-bo‗lak temir-
tersaklar, radiatorlar, trubalar, kabellar, dvigatel cho‗lg‗amlari, ishlab chiqarish
chiqindilari ustida olib boriladi. (4.12- rasm.)
|