61
AMALIY MASHG’ULOT № 3
Hot Potatoes dasturida horijiy tilni o‘rgatuvchi mashqlar yaratish:
JQuiz; JCloze; JCross; JMatch; JMix va Masher bilan ishlash.
Ishdan maqsad:
Talabalarga
Hot Potatoes
dasturida ishlash, ulardan samarali foydalanish va
ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar
olgan nazariy bilimlarini
amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
Zamonaviy texnik imkoniyatlarning rivojlanishi o‘qitish texnologiyalarini, kursantlarning
bilimini
baholashning tezkor usullarini, jumladan elektron test va topshiriqlarni zamonaviy
ko‘rinishlarnini o‘rganish va tatbiq qilishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda elektron o‘quv
resurslarini yaratishga, o‘quvchilarning bilimini tezkor va aniq baxolashga yo‘naltirilgan xalqaro
standartlarga javob beruvchi dasturiy vositalar mavjud. Hozirgi
kunda shaxsiy kompyuterning
dasturiy vositalari vamul’timediya imkoniyatlari, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
vositalaridaninsonlar kasbiy faoliyatlarida samarali foydalanmokdalar.SHunday amaliy
dasturlardan biri
Hot
Potatoes
dasturidir.
Hot Potatoes
(o‘zbekcha. Issiq kartoshka) instrumentalqobiq dastur bo‘lib, matn, grafik,
ovoz va video yordamida o‘ndan ortiq turli xil interaktiv topshiriqlarni yaratish imkonini
beradi.Hot Potatoesning instrumentlar bazasi yordamida elektron testlar
va nazorat ishlarini
yaratish professor-o‘qituvchilar uchun amaliy ko‘rsatma hisoblanadi. Hot Potatoes dasturi
yordamida o‘qituvchi kompyuterda ishlash uchun minimum bilimga ega bo‘lib ham turli qiyinlik
darajasidagi elektron topshiriqlarni tezkorlik bilan tayyorlash imkoniga ega bo‘ladi.SHuningdek,
dasturyordamidaistalgan tilda zarur predmet bo‘yicha 10 turdagi topshiriqlarnimatn,rasm, audio
va video ma’lumotlar bilan birga ishlatish va arxivlarni yaratish kabi qo‘shimcha imkoniyatlari
ham mavjuddir.YAratilgan topshiriqlarni bajarish uchun ta’lim oluvchilarga faqat Web brauzer
kerak xolos.
Mazkur dastur o‘qituvchilarga dasturlash tillarini bilmagan holda elektron topshiriqlar va
testlarni tuzish imkonini beradi.
Hot Potatoes dasturi Kanadadagi Viktoriya universiteti axborot texnologiyalar markazida
ishlab chiqilganbo‘lib, hozirgi kunda ixtiyoriy fanlarni o‘rgatish va o‘qitishda
butun dunyoda
keng qo‘llaniladi.
Hot Potatoes dasturi davlat tashkilotlari va pullik bo‘lmagan barcha ta’lim muassasalari
uchun tekin hamda ushbu dastur yordamida ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar internet
tarmog‘ida ochiq foydalanish imkoniyati bo‘lishi sharti bilan tekin taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: