Sarflanganmablag‘larningishlabchiqarishjarayonidabo‘lishvaqti,ya’niishlabchiqarishvositalarisotibolingandantayyortovarbo‘lgandavrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lishvaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotishuchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi:
bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);
turli tanaffuslar davri (Td);
ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo‘lish davri (Zd).
Demak,
Iv IdТd Зd. Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog‘liqdir.
Tanaffuslarnitabiiyjarayonlarningmehnatbuyumlarigata’sirko‘rsatishzarurligivatashkiliytavsifdagisabablartaqozoetadi.Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo‘ladi (quritish, achitish va shunga o‘xshash jarayonlar). Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti –buularningishlabchiqarishjarayonininguzluksizliginita’minlashuchunzarurbo‘lgandavrdir.Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shoxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Aylanish tezligimuayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n.