48
tuzilishi, texnologiyasi va materiallari jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan
mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Korxona bo‘yicha ixtisoslashishda korxona o‘z mahsulotining ma’lum
chegaralangan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.Korxona ichida
ixtisoslashishda korxonaning sexlari, bo‘limlari, ish joylari aniq turdagi mahsulotni
ishlab chiqarishga yoki ma’lum texnologik jarayonlarni bajarishga ixtisoslashgan
bo‘ladi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 4 shaklda rivojlanadi:
buyum jihatidan ixtisoslashda korxonalar tuzilishi va bajaradigan ishi bir xil
bo‘lgan cheklangan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Masalan: traktorlar,
avtomobillar, dastgohlar va h.k.;
detal jihatidan ixtisoslashishda korxonalar tayyor mahsulotning ayrim
qismlarini va detallarni ishlab chiqaradi. Masalan: reduktorlar, podshipniklar, tishli
g’ildirak va h.k.;
texnologik jihatdan ixtisoslashishda korxonalar texnologik jarayonning
alohida bosqichlarini bajaradi. Masalan: detal quyish, shtamplash va h.k.;
yordamchi ixtisoslashgan korxonalar. Bular jumlasiga po‘lat quyish,
temirchilik, asbob-uskuna ishlovchi korxonalar kiradi.
Buyum jihatidan ixtisoslashish bular ichida eng ko‘p tarqalgan shaklidir.
Ishlab chiqarish hamkorligi, uning turlari va iqtisodiy samaradorligi.
Dostları ilə paylaş: