182
4.1.3. Topshiriqni bajarishni baholash
1.
Motivatsiya va oʻziga ishonchni oshiradigan baholash.
Odatda talabalar oʻqituvchilar jarayonni (masalan; tadqiqotdagi
ma’lumotlar yigʻindisi), shuningdek natijani (misol uchun, tugallangan hisobot)
kuzatayotgan paytda bir maxsus topshiriqni bajarib turishlari kerak. Talabalar
bajaradigan topshiriqlar oddiy emas va tanlangan
javoblarga zid ravishda
quyidagilarni ham vazifaga qoʻshishlari kerak:
musiqiy asbobni chalish;
atletik qobiliyatlar;
badiiy yaratuvchanlik;
chet tilida suhbatlasha olish;
siyosiy suhbatlarda qatnasha olish;
ilmiy tadqiqot olib boorish;
biror uskunani ta’mirlash;
maqola yozish;
birgalikda oʻynash uchun interfaol metodlarni qoʻllash.
Bu misolarni hammasi mukammal qobiliyatlarni oʻz ichiga oladi, lekin
shu davr mobaynida bajarilgan ishni baholash turli usullarda ishlatiladi.
Misol
uchun, oʻqituvchi jarayonni toʻliq kuzatib bora olmasligi mumkin (u qoralama
variantini koʻrishi mumkin, lekin soʻnggi ish maktabdan tashqari soatlarda
yoziladi) va insho testlari odatda ishni bajarishni baholash sifatida tasniflanadi.
Yana, ba’zi bajarilgan baholash ishlarda aniq bir natija boʻlmasligi mumkin.
(bajarilgan ish guruh interfaollaridan foydalangan boʻlishi mumkin).
Ikki bir-biriga bogʻlangan atamalar, muqobil tahlil
va haqqoniy tahlillar
ba’zida ishni bajarishni tahlil qilishni oʻrniga ishlatilishi mumkin, lekin ularning
ma’nolari har xil. Muqobil tahlil qogʻoz-qalamga bogʻliq boʻlmagan
topshiriqlarga tegishli (maqola yozish, insholar). Haqqoniy tahlillar talabalar
“haqiqiy hayotda” bajaradigan vazifalarga oʻxshash vazifalarni ifodalaydi.
Haqqoniylikning bosqichlari oʻzgarib turadi. Misol uchun, Chikago oliy
ta’limida oʻqitiladigan yapon tili Tokioda gaplashish uchun judayam ishonchli,
lekin u faqatgina Yaponiyada ta’lim uchun
borishda yoki sayohat uchun
ishlatilishi mumkin. Chikagoda yaponlar bilan suhbatlashish ham ishonchlilik,
183
haqqoniylikni oshiradi va yapon tili oʻqituvchisi bilan suhbatlashish oʻrtacha
darajada haqqoniy. Bundan ham kam samarali usul bu ingliz va yapon tillarini
solishtiruvchi testlar. Til darslarida direktorga rasmiy maktub yozish ham ular
keng tarqalgan ish turlaridan boʻlganligi uchun judayam haqqoniy.
Lekin besh
paragrafli maqola yozish samarali emas chunki ular oddiy hayota deyarli
ishlatilmaydi. Biroq besh paragrafli maqola yozish qiyin ish va odatda ishni
bajarilishini tahlil qilish sifatida tasniflanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: