98
mavjud qiyinchiliklarga oldindan koʻzi yetishi (mashgʻulotga oʻquv guruhining
tayyor emasligi, tinglovchi, kursantlar va boshqalarning
sifatli ishlar uchun
me’yoriy hujjatlar, adabiyotlar hamda tarqatma materiallarning yetishmasligi) va
ushbu holatdan chiqish yoʻllarini izlash;
2. Oʻqituvchining tashkilotchilik faoliyati quyidagilarda namoyon boʻladi:
har bir mashgʻulotni oʻtkazishda har qanday toʻsiqqa qaramay, oʻzining
oldindan oʻylab qoʻygan rejasini amalda joriy etish; ta’lim oluvchilarni
mashgʻulotlarda uzluksiz boshqarib turish va ularda har doim oʻquv
materiallarini idrok qilishlari uchun qiziqish uygʻotish;
tinglovchilarda darsdan
tashqari vaqtlarda turli xil oʻquv- tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish va
tashkillashtirish shakllarini tanlash.
3. Kommunikativ faoliyati - oʻquv-tarbiyaviy jarayonda oʻqituvchi va
ta’lim oluvchining oʻzaro munosabati quyidagicha izohlanadi: oʻqituvchi
nutqining mashgʻulotlarda hamisha ta’lim oluvchilarga qaratilgan boʻlishi;
oʻqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, tinglovchining javobini tahlil
qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʻlsa ham, uning nutqi hamisha oʻzining
ichki kuchi,
ishonchi, oʻziga oshirayotgan narsaga qaratilgani bilan ajralib
turishi; har bir tinglovchiga individual yoʻl topishi va ular bilan hamkorlik
darajasidai ishonchli munosabat oʻrnatishi; pedagogik
jamoadagi jamoadoshlar
va tinglovchilar bilan muloqotda pedagogik ritmni kuzatish.
4. Oʻqituvchining gnostik faoliyati quyidagilarni koʻrib chiqadi:
tinglovchilarni oʻrganish; tinglovchilarni oʻrganish uchun pedagogika va
psixologiyaning tavsiya qilingan vosita va uslublari,
usullari, shakllarining
mazmunini yoritish; oʻz
bilim va
tajribalarini
oshirish
maqsadida
pedagogik faoliyat va shaxsiyatining
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish.
Oʻqituvchilarning
yuqorida
koʻrsatilgan
barcha
turdagi
pedagogik faoliyatidida (ta’lim
oluvchi), tarbiyaviy, tashkilotchilik,
oʻquv-uslubiy,
oʻquv-tadqiqot,
99
ijtimoiy-pedagogik va joriy etiladi. Bu vazifalar chiqishlar organlari uchun oliy
va oʻrta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonida ta’lim va tarbiya
tamoyillarini joriy etish boʻyicha oʻqituvchilarning ishlash texnologiyasini
tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: