245
Qurilmani yig’ish.
Iste’molchiga gaz yetkazib berish quvurida
hech qanday yoriq va teshiklar bo’lmasligi kerak. Gaz uzatish quvuri
reaktorning yuqori qismiga mahkamlanadi. Buning uchun diametri 25
mm
dan kam bo’lmagan po’lat quvur ishlatiladi.
Gaz
uzatish qurilmasiga
suv zatvori
kiradi. U yarmigacha suv
to’ldirilgan idishni o’z ichiga oladi. Kirish quvuri suvga tushiriladi.
Gaz chiqish quvuri suv ustida, yani suv yuzasida to’plangan gaz bor
joyda joylashadi.
Biogaz qurilmasining ishlash jarayoniga tayyorlash.
Reaktor
yopiqligini (havo kiradigan hech qanday ochiq joy bo’lmasligi)
tekshiriladi. Gaz tizimiga monometr hamda qulflar o’rnatiladi,
berkitilib, monometr yordamida reaktor ichidagi bosim o’lchanadi.
Nasos yordamida reaktor ko’rsatgichga qadar to’ldiriladi.
Ortiqcha havo bir tomonlama harakatlanuvchi klapan orqali
chiqarib
yuboriladi. Shundan so’ng monometr ko’rsatgan
raqam qayd qilinib,
reaktor bir kecha kunduzga qoldiriladi. Reaktorda va gaz sistemada
bosim bo’lmagan taqdirda, monometr bir kecha kunduzda davomida
o’zgarmasa yoki kam o’zgarsa, reaktorda germetiklik yetarli darajada
ta’minlangan bo’ladi.
Biogaz ishlab-chiqarish asosi bo’lib, bijg’iydigan reaktor
hisoblanadi,
ularning xillariga qarab, har-xil tarkibga va turga ega
bo’lgan go’ng anaerob sharoitda bijg’itiladi.
Birinchi avlod an’anaviy reaktorlarning har-xil konstruksiyaga va
texnologik yechimga ega bo’lganlari bor. Bu reaktorlar ba’zida ikki
yoki undan ko’proq bo’linmaga bo’lingan bo’ladi. Bu bo’linmalarda
anaerob bijg’ish bosqichlarini qisman ajratib turish amalga oshiriladi.
Reaktorlarning konstruksiyasi xilma-xil bo’lib, bir-biridan,
asosan, gidravlik bosqich (davriy yoki oqib to’ladigan) yoki yuklash
usullari (doimiy yoki davriy) bilan farq qiladi. Go’ngni to’xtovsiz
(doimiy) yuklaganda, ma’lum vaqt o’tishi bilan (1 kecha kunduzda 10
martagacha) go’ng yuklanadi va o’shancha bijg’ib bo’lgan go’ng
chiqarib tashlanadi. Bijg’ishning barcha shartlarini saqlaganda, mana
shu usul bilan eng ko’p miqdorda biogaz olish mumkin.
Reaktorlar
navbatma-navbat to’ldiriladi. Bunda yangi solingan go’ng bijg’itilgani
bilan aralashtiriladi.
Gaz (5-10) kun orasida paydo bo’la boshlaydi va yuqori
cho’qqiga chiqqandan keyin, sekin pasayib boradi. Gazning paydo
246
bo’lishi minimumga yetganda, bijg’ib bo’lgan go’ng chiqarib
tashlanib, reaktorlarga toza go’ng yuklanadi.
Anaerob holatda go’ng saqlaydigan inshootlarda hosil bo’lgan
biogazni yig’adigan, haroratni va eritma muhitini ushlab turadigan
sintetik yopgich hamda sekin aralashtirib beradigan, qolgan go’ngni
qaytadan aralashtiradigan uskunalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Bunday inshootlarning ustunligi, ular tuzilishining oddiyligi hamda
uchib yuradigan mayda moddalarga sezgirligining pastligida bo’lsa,
kamchiliklari – katta maydonni egallashi hamda qish vaqtida ko’p
miqdorda issiqlikni yo’qotishidir.
10.6-chizmada
keltirilgan qurilma 1
–
suv qizdiriladigan
qozonxona,
2
–
aralashma
yuklanadigan idish, 3
–
aralashtiruvchi
moslama,
4
–
bioreaktor, 5 – suv
mahkamlagich, 6 –
gaz chiqishi, 7 –
qayta
ishlangan
aralashmani
quyib
oluvchi idish, 8 – qayta ishlangan aralashma (bioo’g’it) saqlanadigan
joy, 9 – quyib olish quvuridan tashkil topgan.
Ko’pchilik (hozirgi kunda ishlab turganlarining 68 foizi biogaz
qurilmalari bir bosqichli, to’liq aralashadigan oqish tipida qurilgan.
Ammo bunday qurilmalarning salbiy tomoni shundan iboratki, bularda
go’ngni to’liq bijg’ishi amalga oshirilmaydi (ba’zida bijg’imagan
go’ng ham o’tib ketadi va shu sababli biogaz miqdori past bo’ladi).
Oquvchi reaktorlar boshqalariga qaraganda yaxshiroq bo’lib, unda
suyuq yoki yarim suyuq go’ngdan (namlik 91-96%) biogaz olinadi.
Bunday qurilmalarning
samaradorligi juda ham past, shu tufayli ham
ulardan foydalanilmaydi yoki juda kam foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: