Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
tarixiga aylanib ketadi. Keng ma’noda bunday fikr e’tiroz tug‘dirmasligi mumkin,
biroq madaniyat tarixi masalasiga oydinlik kiritib, bu to‘g‘rida chuqurroq fikr
yuritadigan bo‘lsak, bunday qarashlar turli muammo va chalkash holatlarni
keltirib chiqarishi turgan gap.
Demak, madaniyatni talqin etishda faoliyat nazariyasi o‘zining ijodiy jihatlari
bo‘lishiga qaramay, murakkabliklarga ham egadir. Real tizim sifatida olib
qaraladigan madaniyat nima, uning jamiyat tizimida tutadigan o‘rni qanday?
degan savollarga javob berishda u cheklanib qolishi mumkin.
Shaxsiylik nazariyasi. Bu konsepsiyaga muvofiq, madaniyat shaxsga tegishli
sifatlar (madaniyat insonni va faqat insonni tavsiflaydigan tushuncha) dan
iboratdir. Madaniyatga bunday ta’rif berilganda, u insonga xos shaxsiy belgilar
yig‘indisi, degan ma’noni bildiradi. har bir jamiyatda madaniyatning shaxsiy
jihatini belgilash va uni tadqiq etish madaniyatshunoslik ilmining muhim
tadqiqot mavzui hisoblanadi. Biroq jamiyat madaniyati — bu shaxs madaniyati
va hatto har qanday tuzumdagi «shaxsiy madaniyat»ning mexanik yig‘indisidan
iborat emas.
Shunday ekan, madaniyatni faqat shaxs sohasi bilan, yolg‘iz shu jihatlarning
o‘zi bilan chegaralab fikr yuritish ham nazariy, ham amaliy jihatdan samara
bermasligi mumkin. holbuki, jamiyatning madaniy salohiyati yolg‘iz shu
(shaxsiylik) bilan cheklanmaydi, uning tarkibi «shaxsdan yuqori turuvchi»
madaniy qadriyatlarning gavdalanish shakllarini, ifodalanish sohalarini o‘z
ichiga oladi. Bundan tashqari, madaniy tashkilotlar va muassasalarning
barchasi ham ana shunday salohiyatga egadir. Shular asosida taraqqiyotning
muayyan bosqichida turgan jamiyatning umumiy madaniy salohiyati vujudga
keladi. O‘zbek xalqining madaniyati uning fuqarolari madaniyatining shunchaki
oddiy yig‘indisi emas, aksincha, u boy madaniy meros, uni o‘zlashtirish,
taqsimlash usullari, shularni amalga oshiradigan tashkilot va muassasalar
faoliyatining juda ko‘p jihatlarini ifodalaydigan tizimlardan iboratdir. Shuning
uchun madaniyatni tushuntirganda, yolg‘iz «shaxsiy jihatlar» bilan chegaralanib
qolish uning mohiyatini to‘la ochib bera olmaydi. Mazkur konsepsiya ilmiy
jihatdan yaroqsiz emas, albatta, chunki madaniyat mazmuni haqida so‘z
ketganda, uning konkret shaxs «qiyofasi» da gavdalanishi masalasini e’tibordan
tashqarida qoldirib bo‘lmaydi.
Ijtimoiylik nazariyasi. Ijtimoiylik yoki ijtimoiy shartlanganlik konsepsiyasiga
ko‘ra, madaniyat tarixiy taraqqiyotning ma’lum bos qichida turgan jamiyatning
sifatidir. Bu sifat umumiy xususiyatlar yig‘indisi orqali belgilanadi, xususiyatlar
yig‘indisi oqibat-natijada jamiyatning madaniy darajasi, «madaniyligi»
haqida guvohlik beradi. Biroq madaniyat to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlar
bilan chegaralanib qolish yetarli emasligi o‘z-o‘zidan ayon. Yolg‘iz shu nuqtai
nazardan madaniyatni o‘rganish madaniyatshunoslik ilmi imkoniyatlarini
32
madaniyatshunOslik asOslaRi
toraytiradi, madaniyatning konkret hodisa sifatidagi qiyofasini yaratishga
monelik ko‘rsatadi.
Belgilar nazariyasi. Buni shartli belgilar yoki semiotik konsepsiya deb atash
mumkin. Bunga ko‘ra, madaniyat «shartli belgilar va shu asosdagi tizimlar
yig‘indisi»dan iboratdir. Bu konsepsiya madaniyat shunoslik ilmida u qadar
keng tarqalmagan bo‘lsa-da, har holda, uchrab turadi.
Bunday qarashlarning vujudga kelishini hozirgi paytda fan, san’at, siyosat
va boshqa sohalarda juda katta axborot oqimi yuz berayotganligi, undan
foydalanishda murakkab kommunikativ vositalardan keng foydalanilayotganligi
bilan izohlash mumkin, albatta. Bu obyektiv hodisalarning mohiyatiga
e’tiborsizlik bilan qaraydigan ba’zi tadqiqot chilar «simvollashtirishning
ommaviyligi, tizimiyligi va turg‘unligi sohasidagi insoniy qobiliyatlarni»
madaniyatning asosiy belgisi sifatida asos qilib ko‘rsatmoqdalar. Masalan,
madaniyatshunos L. Uaytning so‘ziga qaraganda, «madaniyat — bu
simvollarga asoslangan buyumlarni va hodisalarni tashkil etishdir, insondan
butunlay ajratib olingan til, urf-odat, qurol, e’tiqod va boshqalardir». Garchand
madaniyat taraq qiyoti alohida kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmasa-
da, biroq madaniyat ular orqali yaratiladi, insonlar unga o‘zlarining shaxsiy
iste’dod, did va mayllarini singdiradilar. Shu bilan birga, belgi shakllari
(«simvollar») tufayli amalga oshiriladigan kommunikatsiya natijasida shaxsiy
tajriba umumiy tajribaga aylanishi ham mumkin. Boshqacha qilib aytganda, shu
tufayli madaniy, moddiy va ma’naviy qadriyatlar to‘planadi, mustahkamlanadi,
ayirbosh qilinadi va tarixiy jihatdan qayta ishlanadi hamda avloddan avlodga
yetkaziladi.
Shu nuqtai nazardan, madaniyatni e’tirof etadigan belgilar tizimi haqidagi
fan — semiotika o‘zini oqlashi mumkin. Biroq bunda mada niyatning semiotik
jihati yagona asos qilib olinmasligi maqsadga muvo fiqdir. Madaniyatda
kommunikativ va simvolik funksiyalar amal qilishi jarayoni haqida gap ketganda
esa semiotikadan foydalanish samara berishi mumkin. Madaniyatda belgilar,
belgilar tizimining o‘rni va ahamiyati haqidagi masala ilmiy qiziqish uyg‘otishi
tabiiy. Biroq, umu man, bu konsepsiya madaniyatni belgilar yig‘indisidan
iborat, shu tahlitda fikr yuritish zarur, deb hisoblanar ekan, bu usul masalani
soddalashtirib qo‘yishini ham unutmaslik lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu konsepsiya ma’naviy qadriyatlarni yaratish,
saqlash, tarqatish va o‘zlashtirish masalasini nazariy jihatdan to‘la hal eta
olmaydi. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilganidek, belgi — moddiy, hissiy ravishda
idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat bo‘lib, bu harakat bilishda
ko‘rsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda
namoyon bo‘ladi. Biror moddiy obyektdan iborat bo‘lgan belgi boshqa biron
narsani belgilash uchun xizmat qiladi
1
.
|