Predmetga yoʻnaltirilgan paradigma
- (inglizch domain specific language
DSL
«fan sohasi uchun til”) dasturlarni muayyan bir fan sohasida qoʻllash
uchun moʻljallab ishlab chiqish usuli. Bu paradigma uning yordamida
yechilayotgan masalalarning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, hal qila olishi
mumkin boʻlgan masalalar sinfini belgilab beradi. Predmetga yoʻnaltirlilgan
paradigmalar ostida ishlaydigan dasturlash tillariga namuna sifatida PYTHON,
61
SQL, HTML, PHP, FOXBASE, MAPPLE, MATHCAD kabi tillarni koʻrsatish
mumkin.
Aspektga asoslangan paradigma
– bu dasturiy vositalarni tahrirlanuvchan
yangi funksiyalar, xavfsizlik vositalar, komponentalarni oʻzaro ta’siri, ma’lumotlar
bilan ishlashdagi sinxronlikni ta’minlash kabi imkoniyatlarni qoʻshish hisobiga
ishlab chiqish usulidir.
Aspekt – bu dasturchilar e’tiborini oʻziga jalb qilishi mumkin boʻlgan
qandaydir jihatlarni ifodalovchi dasturiy ishlanma. Mazkur paradigmada funksiya,
alohida dasturiy komponenta, tayyor dastur va boshqalarni aspekt sifatida qabul
qilinadi. Namuna qilib JAVA dasturlash tilini kengaytirish uchun ishlab chiqilgan
ASPECTJ ni koʻrsatish mumkin.
Dasturchilik amaliyotida imperativ paradigmali dasturlash usuli eng koʻp
qoʻllanadi. Bu paradigma ketma-ket bajariladigan buyruqlar hamda funksiyalarga
murojaatlardan tashkil topgan boʻlib, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida
ishtirok etgan oʻzgaruvchilar qiymatini oʻzgartirish maqsadida qoʻllanadi.
Imperativ paradigmada oʻzgaruvchilar xotira yacheykalarida saqlanayotgan
axborotlarni tashuvchi konteyner vazifasini bajaradi.
Imperativ paradigma elementlari boshqa paradigmalar tarkibida funksiya,
modul, obyekt, aspekt va komponentalarni bir-biriga bogʻlash vositasi sifatida
qoʻllanishi mumkin.
Dasturlashning asosiy usul va vositalari yechilayotgan masalalarning
murakkablik darajasining ortishi bilan shakllanib boradi. Ular bir-biridan
kompyuterda axborotlarni qayta ishlash jarayonini tashkil qilishning oʻziga xos
texnik jihatlariga bogʻliq ravishda farqlanadi. Amaliyotda keng qoʻllanadigan
dasturlash paradigmalarinig oʻziga xos xususiyatlari 1.3.1-jadvalda keltirilgan.
Umuman aytganda, dasturlash tillarini umumiy maqsadlarga hamda
predmetga moʻljallanganlik nuqtai-nazaridan ham guruhlarga ajratsa boʻladi.
Umumiy maqsadlarga moʻljallangan dasturlash tillari turli shakl va mazmundagi
masalalar uchun ilovalar ishlab chiqishga imkon beradi. Predmetga moʻljallangan
dasturlash tillari yordamida ma’lum bir sinfga taalluqli boʻlgan masalalarni hal
|