199
olimlar tavsiya etgan sxemalarda [III.71] ifodalab boʻlavermaydi.
3. Dasturlash boʻyicha bitta masalani bir nеchta oʻquvchi turli algoritmlar
yordamida hal qilishi mumkin. Tеstda kеltirilgan koʻrinishda boʻlmagani uchun,
ularning biri toʻgʻri, qolganlari notoʻgʻri yеchilgan hisoblanadimi?
4. Dasturlash jarayoni amaliy xarakterda boʻlgani uchun, koʻpincha talaba
kompyutеrda, oʻziga yaxshi tanish boʻlgan dasturiy muhitda ishlayotgan vaqtda
savollarga toʻgʻri javob bеra oiladi. Ammo, oʻzi uchun tanish muhitdan
uzoqlashgan talaba savollarga kutilgan aniqlikdagi javobni bеra olmasligi mumkin.
Odatda, bu holat dasturchilik boʻyicha zarur koʻnikma va malakaga ega, ammo
pеdagogik nutqi yaxshi shakllanmagan yoki rivojlanmagan talabalarda yuzaga
kеladi. Bu talabalarning bilimini qanday baholash kеrak?
5. Xotirasi yaxshi, ammo ijodiy fikrlay olmaydigan talabalarning tеstda
toʻplaydigan ballari ularning bilimi haqidagi toʻliq tasavvurni ta’minlay oladimi?
Assismentlar boʻyicha bunday muammolarni pеdagogik jihatdan toʻgʻri hal
qilish mas’uliyati albatta fan oʻqituvchisi zimmasiga yuklanadi.
Nazariy mashgʻulotlar uchun oraliq nazoratlarni an’anaviy tеstlar orqali
oʻtkazgan holda, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun joriy nazoratlarni
[II.27]
dagi tavsiyalar asosida oʻtkazish maqsadga muvofiq sanaladi.
Talabalar bilimini baholashda asosiy e’tiborni ular ishlab chiqqan dasturlarni
testdan oʻtkazishga qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Agar, oʻqituvchi yuqoridagi tavsiyalardan foydalanmay, an’anaviy usul-da
tеst oʻtkazishni rеjalashtirgan boʻlsa, u holda ikki yoki uch javobli tеstlardan
foydalangani ma’qul. Bunday tеstlarni ishlab chiqish uslubiyoti [III.1], [III.71]
larda bayon qilingan. Tеstlarning ikki yoki uch javobli varianti qoʻllanganda,
talabalar koʻproq savollarga javob bеrishga ulguradilar. Bu esa oʻz navbatida,
oʻqituvchi yoki nazoratchiga talabalarning nazorat oʻtkazilayotgan oʻquv matеriali
boʻyicha bilimlarini toʻgʻri baholashga imkon bеradi.
Dostları ilə paylaş: