O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə6/7
tarix05.05.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#108292
1   2   3   4   5   6   7
0987 (2)

4. Dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni.
Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.
Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.
Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, Dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi. Insoniyat tarixidan yaxshi bilamizki , dunyoning hech bir mintaqasi xalqi ma'lum bir din va e'tiqodlar tizimi siz oʻz shaxsiy va ijtimoiy hayotini tasavvur qila olmagan. Tarixiy davrning barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy boʻgʻinlari o'z faoliyatlarini yuritish uchun u yoki bu diniy e'tiqod tamoyillariga tayanganlar. Mazkur holat barcha xalq va millatlarga xosdir. Ijtimoiy hayot shakl va mazmunining o'zgarishi jamiyat a'zolarining dinga boʻlgan munosabatlarining ham tobora o'zgarib borishiga oʻz ta'sirini ko'rsatdi. Din kundalik hayot uchun me'yorlari belgilash bilan cheklanmasdan, kishilarning xulq - atvorini ham nazorat qiladi. Diniy guruhning aksariyat cheklovlari faqat uning a'zolari ga taalluqlidir. Lekin, ayrim me'yorlar diniy jamoaga taalluqli bo'lmagan kishilarga ham tegishli hisoblanishi mumkin. Masalan, giyohvandlik moddasini iste'mol qilish, boshqa dinga e'tiqod qiluvchilarga zo'ravonlik qilish, oʻziga tegishli bo'lmagan mulkka egalik qilishga intilish va boshqa salbiy hodisalarga qarshi turish umumiy cheklov va nazoratga bog'liqdir. Din odamlarning yangi ijtimoiy muhitga moslashishiga yordam beradi. Ayrim sabablarga ko'ra, boshqa mamlakatlarga ko'chib ketgan kishilar yangi joyda notanish mahalliy urf - odatlarga oson ko'nika olmaydilar. Bunday sharoitda ular oʻzlari e'tiqod qiladigan dinning rasm - rusumlarini va e'tiqod normalarini hamda ona tilini saqlab qolish orqali madaniy va milliy qadriyatlarini keyingi avlodlarga uzatadilar Albatta, din yuqorida ko'rsatib oʻtilgan muhim ijtimoiy funksiyalarni bajarib, jamiyat a'zolari dunyo qarashiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Mamlakatimizda islom dinidagi mo'tadillik tamoyili kishilarning shaxsiy va ijtimoiy hayotlaridagi mavjud muammolarga bag'rikenglik, saxovat, savob, himmat kabi axloqiy qadriyatlar asosida oqilona yondashishga undaydi. Bu tamoyil Oʻzbekistonning bugungi kundagi shiddat bilan kechayotgan ijtimoiy taraqqiyoti uchun ma'naviy omillardan biri bo'lib xizmat qiladi .
Dinni to'g'ri talqin qilish tinchlikni saqlash, bag'rikenglik muhitini shakllantirish, ilm - fanning taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Undan g'arazli maqsadlarda foydalanish esa ijtimoiy hayotning izdan chiqishiga, jamiyatda notinchlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi .

Xulosa
Darhaqiqat mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda bosqichma - bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, diniy va milliy qadriyatlarni tiklash borasida ham islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bunga, tarixiy obidalar va ziyoratgohlarni obodonlashtirilishi, masjid va madrasalar faoliyatini yo‘lga quyilishi, o‘zbek xalqi hamda O‘zbekistonda yashovchi ko‘pmillatli xalqlarning milliy va diniy marosimi va bayramlarining o‘tkazilayotgani yaqqol dalildir. Va bugungi kunda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiyalarning faoliyati hamda ularning e’tiqod erkinliklari qonun bilan himoyalangani ham bunga misoldir.
Jumladan, bu borada 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deb har bir shaxsning din bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlangan.
Shuningdek, 1998-yil 1-mayda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 23 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilinib, uni ishlab chiqishda mamlakatimizning o‘ziga xos sharoiti, unda yashovchi ko‘pmillatli xalqimizning huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olingan. Binobarin, mazkur qonunning 5-moddasi e’tiqod sofligi va diniy bag‘rikenglikka asoslangan.
Jumladan, Alloh ta’olo Qur’oni Karimning Baqara surasi 256 - oyatida: ”Dinga zo‘rlab (kiritish) yo‘qdir. (Zero), Haq yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi”, deb marhamat qilgandir. Ushbu oyatdan murod Alloh ta’oloning tavhidi (yagona iloh ekanligi)qur’oni karim oyatlari orqali ochiq oydin bayon qilindi. Endi insonlarni majburlab dinga kiritishning hojati yo‘qdir. Haq yo‘ldan murod islom dinidir. Demak ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki islom dini ta’limotida biron bir kishini majburlab bir dinda ushlab turish yoki boshqa bir dinga majburiy targ‘ib qilish yo‘qdir.
Alloh ta’olo Qur’oni Karimning Hud surasi 118 - oyatida: “Agar Robbingiz xohlaganida edi, barcha odamlarni bir ummat (bir xil dinga tobe) qilgan bo‘lar edi. (Ular) mudom turlicha (har xil e’tiqodda) bo‘lib boraveradilar”, deb marhamat qilgan. Demak ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, dunyo hayotida insonlarning turli millat va elat, hamda turli din vakillari bo‘lib hayot kechirishlari, Alloh ta’oloning ilohiy irodasi ekanligi va yana shu bilan birgalikda, dunyo hayotida insoniyat dini, millatidan qat’iy nazar bir-birlari bilan tanishib, go‘zal aloqalar o‘rnatib, o‘zlariga makon qilib berilgan zaminni obod qilishi ham Allohning ilohiy irodasidir.
Shunga ko‘ra bugungi kunda ko‘pmillatli bo‘lgan O‘zbekistonning diniy hayoti 3 ta tushuncha bilan ajralib turadi:
1.Diniy plyuralizm –har bir fuqaro o‘zining diniy e’tiqodiga ega ekanligi.
2.Diniy bag‘rikenglik – har xil e’tiqodda bo‘lgan fuqarolarning o‘zaro hurmati va tinchliksevarligi.
3. Dinlararo muloqot -mamlakatimizda mavjud bo‘lgan konfessiyalar orasidagi munosabat.
Mamlakatimiz fuqarolarining ushbu tushunchani teran anglashlari, barcha dinlarni va ularga e’tiqod qiluvchilarni hurmat qilishlariga dalolat qiladi.
Bugungi kunda yurtimiz musulmonlari diyorimizdagi boshqa dinlarning vakillari bilan birgalikda yagona maqsad- Vatanimizning yanada gullab yashnashi yo‘lida harakat qilayotganligi ham dinimizdagi e’tiqod erkinligiga dalildir.
E’tiqod arabcha so’z bo’lib “ishonch”, ‘iymonli bo‘lish” degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo‘l yo‘riq va aql, his vositasida anglangan bilim, g‘oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini ifodalaydi. Shunday ekan jamiyatda shaxsning komil inson bo‘lib shakllanishida e’tiqod muhim omildir.
E’tiqodda sobitqadam bo‘lish haqida, dinimiz asosi bo‘lgan Qur’oni karim va hadisi sharifda bir qancha ko‘rsatmalar berilgan.
Jumladan, Alloh ta’olo Sho‘ro surasi 31 - oyatida: “U zot sizga dindan Nuhga tavsiya qilgan narsani va Senga (Ey Muhammad) vahiy qilgan narsani Ibrohimga Muso va Iysoga tavsiya qilgan narsamizni shariat qilib: “Dinni barpo qilinglar va unda tafriqaga tushmanglar” dedik”, - deydi.
Ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki Alloh ta’olo Muhammad (s.a.v) va undan oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlarga O‘zining haq shariatini din qilib yuborgan. Shuning barobarida Alloh ta’olo ularga O‘ziga ibodat qilishga, buyurganini bajarib, qaytarganidan qaytishga amr qilgan. Va yana barcha payg‘ambarlar va ularning qavmlariga “Dinni barpo qilinglar va unda tafriqaga tushmanglar” degan ilohiy amr ham mavjuddir. Demak oyat hukmiga ko‘ra musulmon kishi avvalgi o‘tgan payg‘ambarlardan yoki dinlardan birontasini inkor qilmasligi va ularga nisbatan hurmatsizlik, diniga nisbatan past nazar bilan qaramasligi lozim.
Shunga ko‘ra dinimizda boshqa din vakillariga ehtirom ko‘rsatiladi. Jumladan payg‘ambarimiz huzuriga Najron elchilari kelganida ular nasoro bo‘lsalarda, ularga ko‘rsatgan ehtiromlari yoki payg‘ambar alayhis salomning zimmiylar haqida: “Ularga bizga bo‘lgan imtiyozlar bor va ularga bizga qo‘yilgan majburiyatlar bor”, deganlarida ularning islomdagi haq huquqlarini bayon qilganlar. Zimmiy deb islom diyorida yashaydigan ahli kitoblarga aytiladi. Ahli kitoblar yahudiy va nasroniylardir.
Ahli kitob bo‘lmaganlar haqida esa payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) : “Ularga ahli kitobga qilingan sunnatni qilinglar. Faqat ayollariga uylanmagan va so‘yishlarini yemagan holda”, - deganlar.
Demak yuqoridagi oyat va hadislardan ma’lum bo‘ladiki, islom dini ta’limotida e’tiqodidan qat’iy nazar insonning qadri juda ham ulug‘dir.
Shunday ekan,avvalo, har birimiz yuqoridagi oyat va hadislardan to‘g‘ri xulosa chiqarib rioya qilishimiz, hamda naslimiz davomchilari kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodni sog‘lom e’tiqodli qilib, ya’ni ularni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda ibrat bo‘lishimiz lozim. Ana shundagina davlatimiz birinchi I.A.Karimov rahbari ta’kidlaganlaridek: “XXI asrda qaysi davlat qudratli, qaysi davlat kuchli bo‘ladi? Bu savolga aholisi intellektual nuqtai nazardan barkamol, yoshlari bilimli, or nomusli vatanparvar bo‘lib unib o‘sayotgan davlat, deb javob qaytarish”10,- deb aytganlariga munosib javob qaytargan bo‘lamiz.

Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin