O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 85,82 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü85,82 Kb.
#165581
1   2   3   4   5   6
KUMUSH KURS ISHI

«Videotopishmoq» metodi
Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.
Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

  • o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

  • o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

  • jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;

  • o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.
Navro‘z udumlari (foydalanish uchun matnlar)
Navro‘z kuni odam ota-onasi, yaqin kishilari bilan diydorlashadi. Ginali odamlar Navro‘z kuni yarashadi.
Navro‘z arafasida keksalar maxsus idishlarga yetti xil don ekib, ularning unib chiqishiga qarab, kuzda olinadigan hosil cho‘g‘ini chamalashgan. 
Ba'zi joylarda esa Navro‘z kunlarida paydo bo‘lgan kamalakka qarab yerga suv sepiladi. Shunday qilinsa, go‘yo yil seryog‘in va barakali bo‘lar ekan.
Navro‘z kunlari bog‘dagi o‘rik daraxtlariga arqon solib arg‘imchoq yasaladi. Qiz-juvonlar yig‘ilishib, navbatma-navbat arg‘imchoq uchadilar. Navro‘zda arg‘imchoq uchsa bir yillik gunohi to‘kiladi deyilgan.
Bu metodni 2-sinfda o‘quvchilarning unli va undosh tovushlar haqidagi bilimlarini sinash, uni mustahkamlash maqsadida ham qo‘llash mumkin. Masalan, ekran orqali unli tovushlar ko‘rsatiladi. Galma-galdan shu tovush bilan boshlanadigan so‘zlarni ifodalaydigan rasmlar ko‘rsatiladi. O‘quvchilar rasmlardagi narsa, buyum nomlarini daftarlariga yozadilar. Bunda o‘quvchilarning xotiralari mustahkamlanadi, so‘z boyligi oshadi.

Namuna:
Unlilar A - atirgul O‘ - o‘rik 



Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.
Interfaol ta’lim jarayonida dars o’quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so’zidan olingan bo’lib, «Interakt», ya’ni, Inter — bu «o’zaro», «akt» — harakat, ta’sir, faollik ma`nolarini bildiradi.
Interfaol metod – ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Interfaollik – o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi-o’qituvchi, o’quvchi-o’quvchi (sub’yekt-sub’yekt) suhbatlarida sodir bo’ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi – o’quv jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o’quvchi chetda qolmay, eshitgan, o’qigan, ko’rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zaro fikr almashish jarayoni sodir bo’ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o’zaro do’stona munosabatlar shakllanadi.
Interfaol metodlar o’z xususiyatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o’z ichiga oladi.
Didaktik o’yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o’quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o’ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to’siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim va markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdan iborat. Innovatsion faoliyatda pedagogik yangiliklar: o‘qitishning yangi usul va metodlarining yaratilishi va qo‘llanilishi o‘quv jarayonining samarali va sifatli tashkil etilishini ta’minlaydi.
Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir.
Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bolaning tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq qila olishi, ta’limning yangi-yangi usul va metodlarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.
Shuning uchun ham o‘quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, turli innovatsion usul va metodlaridan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
“Reklama” metodi, asosan, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘z samarasini ko‘rsatadi. Mazkur metodni dars jarayonining bosqichlari: o‘tilgan mavzuni so‘rash va yangi mavzuni mustahkamlashda qo‘llash mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu mohiyatiga mos tartibda tarqatma materiallarni beradi, ularda “Reklama qiling!” birikmasi yozilganligi asosiy qoidadir.
O‘quvchilar tarqatmalarda berilgan mavzuni, undagi shaxs yoki predmetga xos sifatlar, xatti-harakatlar, asardan parchalar, rolli ko‘rsatmalar orqali reklama qilib berishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, mazkur metoddan sinfdan tashqari o‘qish darslari uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Bunda, o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi, boshqa o‘quvchilarga o‘qish uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qiladi, tavsiya qilish jarayonida reklamaning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. “Reklama” metodining afzalligini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
- o‘quvchilarning nutqi ravonlashadi, jamoa oldida nutq so‘zlash, o‘z fikrini erkin bildira olish ko‘nikmalari shakllanadi;
- dars jarayonining mazmunli tashkil qilinishiga erishiladi, o‘quvchilarning darsga qiziqishlari oshadi, ularda kitobga bo‘lgan hurmat shakllanadi, badiiy asarlarni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayadi;
- o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, sog‘lom raqobat muhiti paydo bo‘ladi, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, ularni diqqat bilan tinglash, o‘z diqqatini jamlash va fikrlash qobiliyatlari shakllanadi.
“Krossvord” metodi avvaldan qo‘llanilib kelinayotgan metodlardan biri bo‘lib, uni har bir sinfning far bir darsligida uchratishimiz mumkin. Krasswordlarni tayyorlashda, asosan, axborot-kommunikatsiya texnologiya vositasi bo‘lgan kompyuterning Microsoft Word dasturidan foydalaniladi. Ammo, kompyuterning Microsoft Excell dasturi orqali tayyorlangan krasswordlar avvalgilariga qaraganda, samaraliroq natija berishini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri, Microsoft Excell dasturi biroz murakkab hamda formulalar asosida ishga tushiriladi, biroq, o‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doirasidagi bilimlarni egallagan bo‘lishlari davr talabidir. - Innovatsoin krasswordlardan boshlang‘ich ta’limning har bir bosqichida, shuningdek, yuqori sinflar dars jarayonlarida ham foydalanish mumkin. Microsoft Excell dasturida tayyorlangan krasswordni bajarishdan oldin o‘quvchilarni krasswordni bajarishga undovchi fikrlarni keltirish va bu orqali ularning qiziqishlarini yanada oshirish mumkin. Krasswordni to‘ldirishdan oldingi holat
- Innovatsion krasswordni yechish jarayonida, o‘quvchilar xato javob bersalar “smayl”imiz xafa bo‘lish shakliga o‘tadi, agar to‘g‘ri javob bersalar “smayl”larning kulayotganligini ko‘rish mumkin. Krasswordning afzalligi shundaki, o‘quvchilar tomonidan belgilangan javoblarning to‘g‘riligini tekshirish o‘qituvchi tomonidan emas, kompyuter dasturi tomonidan aniqlanadi va ekranda paydo bo‘ladi. Bu o‘quvchilarni baholashda o‘qituvchi imkoniyatining oshirilishi va vaqt tejamkorligiga erishilishini ta’minlaydi. Yakunda barcha javoblar to‘g‘ri va aniq bo‘lsa, o‘quvchilarga nisbatan maqtov so‘zlarini ekranda ko‘rishimiz mumkin.
Krasswordni to‘ldirishdan keyingi holat “Microsoft Excell dasturida yaratilgan innovatsion “Krossvord” metodi orqali o‘quvchilarda quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va sifatlar shakllanadi:
- o‘quvchilarda bajarilayotgan krassvord mavzusida oid bilimlar bilan birga “Informatika” fani haqidagi bilimlar ham shakllanadi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan xabardor bo‘ladi; o‘quvchilarda texnologiyalarga nisbatan qiziqish, ulardan foydalanish keng eshtiyoqi shakllanadi, shuningdek, darslarda axborot
- texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini yuksaltiradi, dars muhitining yaxshilanishini ta’minlaydi;
- o‘quvchilar tomonidan belgilangan javoblarning to‘g‘riligini tekshirish o‘qituvchi tomonidan emas, kompyuter dasturi tomonidan aniqlanadi va ekranda paydo bo‘ladi. Bu o‘quvchilarni baholashda o‘qituvchi imkoniyatining oshirilishi va vaqt tejamkorligiga erishilishini ta’minlaydi.


Yüklə 85,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin