O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

 Rangtasvir - rang san’ati
Hayvonat dunyosining o‘ziga xos ajoyib harakatlarini va ov manzaralarini 
tasvirlashga bo‘lgan qiziqishlari natijasida sekin astalik bilan turli ranglar yaratila 
boshlandi. Ilk bor ibtidoiy jamoa davrida yashagan inson rangni kashf qilgan. Hayvonlar 
qoni, moy, ko‘mir, tuproq ham o‘sha davrlarda ishlangan bo‘yoqlarning tarkibiy qismi 
bo‘lgan. Bo‘yoqlarni tayyorlash malakalari hozirgi kungacha ham o‘zgarishsiz yetib 
kelgan, lekin asosiy tarkibiy qismlari va ishlab-chiqarish texnikasi o‘zgarib ketgan.
Bo‘yoqlar pigment va bog‘lovchi vositalardan tarkib topadi. 
Pigment 
(lot. 
Pigmentum)- 
bu 
bo‘yovchi 
modda 
hisoblanadi.
Italyan rassomi, me’mori va yozuvchisi Jorjo Vazari 1550-1568 yillarda 
birinchi “San’at tarixi” kitobini yozadi va bu kitobida moybo‘yoqni kashf etgan 

X.X.Muratov., Qalamtasvir, O‘quv qo‘llanma, TOSHKENT IJOD-PRINT 2020., 6-bet


11
aka-uka Yan van-Eyklar haqida ma’lumot beradi. Moybo‘yoq rangtasvirda XV 
asrdan buyon qo‘llanila boshlandi. Shungacha kartinalar, ayniqsa yog‘ochga 
ishlangan rasmlar tuxumli tempera bilan ishlangan. Bu kartinalarni yaratishda 
rantasvir uchun murakkab materiallar va bog‘lovchi elementlardan foydalanganlar. 
Lekin, ular qisqa vaqtda ishdan chiqqan va bo‘yoqni yana tayyorlash zarur 
bo‘lgan. Bo‘yoqlarda bog‘lovchi vosita sifatida moylardan foydalanila 
boshlagandan keyin, bo‘yoq tayyorlash jarayoni bir muncha osonlashadi. Bundan 
tashqari bo‘yoqlarning yorqinligi va ranglarning aniqligi oshdi. Turli bo‘yoq 
qatlamlarini bir-biriga qo‘yilishi nozik rang nyuanslarini keltirib chiqardi.
Rangtasvir - rang san’ati. Rangtasvir - xaqiqiy hayotni aks ettirib, tamoshabinning 
fikri va hissiyotlariga ta’sir o‘tkazuvchi tasviriy san’at turlaridan biridir. 
Biror bir satx yuzasiga, bo‘yoqlar (moybo‘yoq, tempera, akvarel, guash va 
boshqalar) bilan bajarilgan san’at asariga rangtasvir deyiladi. Rangtasvirdagi obrazlar 
juda yorqin va tomashabop. Rassomlar asarlarini rangtasvir va plastik vositalar bilan 
yaratadilar. Ular qalamtasvir va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanganlari bilan, 
rangtasvirdagi eng asosiy ta’sirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi.
Rangtasvirdagi tasvirlar tasviriy satxda uzluksiz bo‘yoq qatlamini 
hosil qiluvchi bo‘yoqlar yordamida yaratiladi. Xattoki akvarel rangtasvirida 
qog‘ozda bo‘yoq tegmagan joylar qolsa ham, tasvirning uzluksizligiga 
ta’sir qilmaydi, chunki bo‘yoqlar bir-biriga singishib va aralashib ketishadi.
Rangning tasviriy va ta’sirchanlik imkoniyatlaridan rangtasvirda 
rassomga zarur bo‘lgan erkinlik va to‘liq kuch bilan foydalaniladi. Rang orqali 
kompozitsiyadagi asosiy fikrni ajratib ko‘rsatish, muhim detallarini bo‘rttirish, 
masofani chuqurligini berish yoki tasvirning yassiligini berish mumkin.
Rangtasvirning eng muhim ajralib turuvchi xususiyatlari shundan iboratki, 
unda shakl va masofaning tasviri, obrazlar va harakatlar faqat rang orqali ko‘riladi.
Rangtasvir inson hissiyotlari va xarakterining murakkab dunyosini 
aks ettirishi bilan birga tabiatning nozik o‘zgarishlari, fantastik obrazlar 
va falsafiy fikrlarni berish xususiyatiga ega. Bularning hammasi 
tasviriy san’atda grafik materiallarda ishlash orqali yoritilib beriladi.


12

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin