O‘zbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fargʻona politexnika instituti



Yüklə 41,29 Kb.
səhifə1/7
tarix25.09.2023
ölçüsü41,29 Kb.
#148195
  1   2   3   4   5   6   7
OʻQUV DASTURI PUL VA BANKLAR BH va A (21-22)-Sirtqi (2OT) 7-semestr UZ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“ROʻYXATGA OLINDI”
№ ________________
2023 yil “__”______



“TASDIQLAYMAN”
FarPI rektori
Oʻ.R. Salomov
___________________
2023 yil “____” ______

PUL VA BANKLAR


FANINING OʻQUV DASTURI
Taʼlim shakli — sirtqi (2-oliy taʼlim)

Bilim sohasi:


400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq.

Taʼlim sohasi:




410 000 – Biznes va boshqaruv

Taʼlim yoʻnalishi:




60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (Tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Fargʻona-2023



Fan/modul kodi
MB1.19

Oʻquv yili
2023-2024

Semestr
7

ECTS-kreditlar
6

Fan/modul turi: Majburiy fanlar

Taʼlim tili:
Oʻzbek

Haftadagi dars soatlari:
10

1

Fan nomi

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil taʼlim (soat)

Jami yuklama (soat)

Pul va banklar.

50

130

180

2




  1. Fanning mazmuni

Fanning ahamiyati. Pul va banklar uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning natijasi bo’lib, zamonaviy tsivilizatsiyaning muxim ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning amal qilishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, pul va banklarni aloxida fan sifatida o’rganish zaruriyati yuzaga keldi. Zero, dunyoning barcha mamlakatlarida iqtisodiyotning samarali o’sishi banklarning moliyaviy barqarorligini oshishi hamda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga bog’liq bo’lgani uchun fanning oliy malakali kadrlarni tayyorlashda o’rni beqiyosdir.
Fanning qisqacha mazmuni. Fanda pul va banklar kategoriyalarining paydo bo’lishi va ularning evolyutsiyasi, pul nazariyalarining moxiyati, asoschilari va namoyondalari, pul aylanmasi tushunchasining moxiyati, pul muomalasi va uni tashkil qilish asoslari, pul tizimining mazmuni va uni tashkil qilish asoslari, inflyatsiya va uning yuzaga kelish sabablari, kredit tushunchasi va uning zarurligi, kredit munosabatlari yuzaga kelishining sabablari va shart-sharoitlari, banklarning dastlabki operatsiyalari, Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi, tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari, tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalari, nobank moliya-kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi, kredit tizimi va uning tarkibi, valyuta munosabatlari asoslari va xalqaro moliya institutlari faoliyatiga doir g’oyalar, atama va tushunchalar, nazariy qarashlar, kontseptsiya va modellar, tamoyillar, yondashuv, usul, uslub, yo’sinlar va shu kabi boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-nazariy va metodologik asoslar uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan.
Pul va banklar kursi iqtisodiyot va menejment yo’nalishlari uchun eng asosiy tayanch fanlardan biri sanaladi. Fanni o’rganish jarayonida pul munosabatlarini iqtisodiy asoslash, kredit va to’lov tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, bank faoliyati bo’yicha qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o’rganishning ilg’or shakllari va usullarini ishlab chiqish, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy me’yorlar hisob-kitobi, ularni baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muxim rol o’ynaydi.
Shunga ko’ra, iqtisodiyot sohalari bo’yicha ish yuritadigan mutaxassislarga aloxida talablar qo’yiladi. Bu fan asosiy ixtisoslik fanlarining tayanchi hisoblanib, iqtisodiyot bo’g’imining ajralmas qismi hisoblangan bank tizimi va iqtisod sohasiga kadrlar yetkazib berishda muxim rol o’ynaydi.

Yüklə 41,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin