O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
_____________________________ (OTM rektori)
2023 yil “_____” ________________
Ro’yxatga olindi: №_________________
2023 yil “______”_____________
TIZIMLAR VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH
O’QUV DASTURI Bilim sohasi: 100000-Gumanitar
Ta’lim sohasi: 140000-Tabiiy fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 60610500 - Kompyutеr injiniringi (Kompyutеr injiniringi)
Andijon 2023
Fan/ modul kodi
SSP1416
O’quv yili
2023-2024
Semestr
5
ECTS-Kreditlar
6
Fan/ modul turi
Majburiy
Talim tili
O’zbek
Haftadagi dars soatlari 4
1
Fanning nomi
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yiklama (soat)
Tizimlar va signallarni qayta ishlash
60
90
150
2
I. Fanning mazmuni Talabalarga tisimlar va signallar, texnologiyalar, tizimda signallarni qayta islash nazariy asoslarini, asosiy tushunchalarini, dasturlarini va tamoyillarini o`rgatish hamda ularni amalda tadbiq etish ko`nikmasini hosil qilish.
Talabalarni nazariy hamda amaliy bilim olishi bilan parallel ravishda qo`shimcha bilim olish imkoniyatidan foydalanishga o`rgatish, xorijda va
Respublikamizda yaratilgan internet tarmoq ta’lim texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishtirish. O`zbekiston Respublikasida ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ustivor vazifalarini belgilash va oily ta’limni rivojlantirish konsepsiyasidan xabardor qilish va uni amalga tadbiq qilishga o`rgatish.
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarga fanga oid usullar, signallar yaratish texnologiyalarni nazariy asoslarini, asosiy tushunchalarini, dasturlarini va electron tizim hamda ularni tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilish.
Fanning vazifasi – talabalarni nazariy bilimlar hamda o’qish faoliyati bilan parallel ravishda qo`shimcha bilim olish imkoniyatidan foydalanishga o`rgatish, xorijda va Respublikamizda yaratilgan internet tarmoq ta’lim texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishtirish, O`zbekiston Respublikasida ta’limda raqamli texnologiyalaridan foydalanishning ustivor vazifalarini belgilash va oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasidan xabardor qilish va uni amalga tadbiq qilishga o`rgatish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: