O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazairligi



Yüklə 86,08 Kb.
tarix14.02.2023
ölçüsü86,08 Kb.
#84244
Samarqandda 30 yil ichidagi o\'zgarishlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZAIRLIGI
O’ZBEKISTONING ENG YANGI TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISH

O’qituvchi: Atajanovna S.
Tayyorladi: Ortiqov D.
Iqtisodiyot yo’nalishi 22-7 guruh talabasi


TOSHKENT – 2023
Samarqandda 30 yil ichidagi o'zgarishlar
Reja:
1. Samarqand tarixi.
2. Arab xalifaligi tarkibida.
3. Somoniylar va Qoraxoniylar davri.
4. Moʻgʻullar hukmronligi davrida.
5. Samarqand mustaqil Oʻzbekiston davrida.

Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qo'ngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016). Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud. 2022-yilning 15–16-sentabr kunlari ShHTga aʼzo davlat rahbarlarining tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻlgan Samarqand sammiti boʻlib oʻtgan.


Tarixi
Nomlanish tarixi
Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Haydar as-Samarqandiy (XII asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
„Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha taxmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar, ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.
XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.[1]. 1404-yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qoʻllab quvvatlaydi[2].
Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar
Iskandar oʻz doʻsti Klitni Samarqandda oʻldirishi
Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700-yildan ortiq tarixga ega.
Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor ko'chmanchi qabilalar sardorlari tomonidan o'ldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan.
Turk xoqonligi va Gʻarbiy turk xoqonligi tarkibida
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil
Samarqand 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo qilgan. Oʻz davrida "10 Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shimoliy sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va janubiy gʻarbda, Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shimoliy Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
Arab xalifaligi tarkibida
Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712-yilda Samarqandni egallagan. Isyon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaho buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. 776—83-yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida isyon koʻtarilgan (qarang Muqanna isyoni).
Somoniylar va Qoraxoniylar davri
Arablarga qarshi koʻtarilgan isyonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari IX asr 20 yillaridan Movarounnahr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, masalan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Oʻsha vaqtdan Samarqand — Somoniylar davlatining poytaxti boʻldi. 887-yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari Samarqandda zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga koʻchirilgandan (889) soʻng ham Samarqand Movarounnahrning eng katta hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlib qoldi. XI asrdan Samarqand Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Qoraxoniylar davrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Samarqand ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.
Qoraxoniylar tomonidan asos solingan Shohi Zinda majmuasi
Shu davrda Samarqandda Ibrohim tamgachxon madrasasi va kasalxonasi bunyod etilgan.
XI asrda Samarqandda Shohi Zinda maqbarasi barpo etildi.[4] Keyinchalik xuddi shu yerga 1066-yili Tamgʻach Boʻgʻraxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshoatlarining gʻarb tamonidagi yoʻlakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. Oʻsha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida Umar Xayyom Samarqandga Nishopurdan Shamsalmulk saroyiga taklif qilingan. Umar Xayyom Balx va Buxoro madrasalari bilan bir qatorda Samarqand madrasalaridan birida ham tahsil olgan. Samarqandda u algebra boʻyicha asosiy asarni yozgan.
Qoraxoniylar davrida Samarqandda Oʻrta Osiyoning taniqli mutafakkiri, olimi, faylasufi, islom huquqshunosi Burhoniddin Margʻinoniy (1123-1197) yashagan.
Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng koʻzga koʻringan yodgorligi - XII asrda qoʻrgʻonda qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq chapon kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan. Bu erda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga o'xshash ayollar ham tasvirlangan.[3].
Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibt\nt "Qutadgʻu bilig", Mahmud Qoshgʻariynit "Devonu lugʻotit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.
XI asrda Samarqandni Saljuqiylar bosib olgan. XII asrdan Qoraxitoylarga tobe boʻlgan. 1210-yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212-yil samarqandliklar Xorazmshohga qarshi isyon koʻtargan.
Moʻgʻullar hukmronligi davrida
1220-yil Chingizxon qoʻshinlari Samarqandga bostirib kirib, shaharga oʻt qoʻygan va aholining koʻp qismini qirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan soʻng Samarqand qayta tiklana boshlagan. XIII asr 2-yarmida Samarqandga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo „Sonmarkon kapa va mashhur shahar“ deb yozgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Samarqand Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan.
XIV asr oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalq harakatlari boʻlib oʻtdi. Sarbadorlar isyoni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. XIV asr oxiri va XV asrda Samarqand iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining meʼmor va binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan, Shohi Zinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.
Bu davrda Samarqand koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan. Samarqandda koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V.V.Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, Samarqand jahonning birinchi shahri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405) dan soʻng Samarqand taxtini Ulugʻbek egalladi. Ulugʻbek davrida Samarqandda bunyodkorlik avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. U Oʻrta Osiyo xalqiari ilm-fani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining muayyan pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng katta ishi — Samarqand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng kattalari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrta osiyolik mashhur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. XV asr oxirida Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497).
1500-yil Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. XVI asr oʻrtalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti boʻlib turdi. Oʻsha vaqtdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro amirligi tarkibida edi.
Shayboniylar daxmasi - Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-asr). Shayboniyxon 1510 y. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Mahdiy sulton, Hamza Sulton (1511-yil oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511-yilv.e.), Qutlugʻ Muhammad Sulton (1545-yilv.e.), Abulxayr Sulton (1511-yil udsirilgan), Yodgor Sultonim (1526-yilv.e.), Shaxribonu xonim (1535-yilv.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yilv.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586-yilv.e.) lar dafn etilgan.
Ashtarxoniy Imomqulixon davrida (1611-1642) Samarqandda mashhur meʻmorchilik durdonalari qurilgan. Shuningdek, ushbu davrda Samarqandning hozirgi kunda saqlanib kelayotgan yodgorliklaridan Abdi Berun ansambli barpo etildi.
Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab "Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi" deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun "tillakori" (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.
Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir Sherdor madrasasini (1619—36) qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan.

Samarqandga oʻzbek adabiyotining shoiri va mutafakkiri, naqshbandiylar tariqati vakili Boborahim Mashrab (1657-1711) ham tashrif buyurgan.


1723—30 yillarda qozoklar bosqini davrida katta talofat koʻrdi. 1740—47-ylarda Nodirshohga tobe boʻldi. XVII asrning 1-yarmida olchin urugʻidan chiqqan oʻzbek harbiy zamindorlarining katta vakili Yalangtoʻsh Bahodir Samarqand hokimi boʻlgan. 1758—1868 ylarda esa Samarqand Buxoro amirligiga itoat qilgan.
Amir Shohmurod (1785—1800) davrida Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan.
1841—42 yillarda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N.V.Xanikovning yozishicha, oʻsha vaqtda Samarqand baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km²ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan. Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.
Samarqand mustaqil Oʻzbekiston davrida
Sanoat va ishlab chiqarish
Mustaqillik yillarida Samarqandda sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular „SamKochAvto“ (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), „Alpomish“ (traktorlar, gilzaporshenlar), „Tajribamexanika“ (parmalash uskunalari), „Kinap“ (kinoapparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbobuskunalari zavodlari, uyroʻzgʻor sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos oʻgʻitlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat zavodi, liftsozlik, marmar taxtalar, gʻisht, asfaltbeton zavodlaridir.
Shahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal fabikalari, chinni zavodi faoliyat koʻrsatadi. Oziqovqat sanoatida: universitetegirmon, makaron, choy qadoqdash, sutmoy, mevakonserva, vino, pivo, spirtaraq va alkogolem ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud.
Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qoʻshma korxonalarning asosiy qismi S.da joylashgan. Bular: Oʻzbekiston—Turkiya „SamKochAvto“, Oʻzbekistan—Amerika—Angliya „UzBAT“, Oʻzbekiston—Chexiya „Praga“ (mineral suv qadoklash), Oʻzbekiston—Latviya „Bravosut“ qoʻshma korxonalari va boshqa Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmoqda. Shaharda minglab kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor. Samarqandda 25 dan ziyod yoʻnalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. 2003-yil 30-dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.
Turizm va tadqiqotlar
Samarqand qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982-yilda Samarqandning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va XIX—XX-asrlarda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi“ tuzildi. Oʻsha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.
Samarqand meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari 2001-yilda UNESCOning Finlandiyada oʻtkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.
Samarqandda 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohizinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan S.da Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand shahridagi Chokardiza kabristoniga dafn etilgan). S.ning markaziy maydoniga Amir Temur haykali oʻrnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi oʻzining goʻzalligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. S.ga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat koʻrsatuvchi: „Afrosiyob“, „Samarqand“, „Zarafshon“, „Bogishamol“, „Markaziy“, „Prezident otel“ kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasining Samarqand boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadilar.
Yüklə 86,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin