O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


Monografiyaning bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə6/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

Monografiyaning bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Monografiya mavzusi bo‘yicha tadqiqot Jizzax politexnika institutining ilmiy tadqiqot rejasi doirasida yozildi.
Tadqiqotning maqsadi organizmning biofaol nuqtalaridagi elektr qarshiligi ko'rsatkichlari asosida qon tarkibidagi glyukoza darajasini noinvaziv aniqlash usulini yaratishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
qondagi glyukoza darajasi monitoringi uchun tananing biofaol nuqtalarining elektr qarshiligidan foydalanish imkoniyatini o'rganish;
qon glyukoza kontsentratsiyasini noinvaziv o'lchash uchun informativ parametrlarni aniqlash va shakllantirish;
tananing biofaol nuqtalarida elektr qarshiligini o'lchash uchun bioo'lchov qurilmasini ishlab chiqish;
qandli diabetda tanadagi informativ biofaol nuqtalarining elektr qarshiligi va qondagi glyukoza kontsentratsiyasi o'rtasidagi munosabatni modellashtirish;
yaratilgan bioo‘lchov qurilmasining axborot modeli va boshqaruv tizimini tadqiq qilish.
Tadqiqot ob'ekti qandli diabetda qon namunasisiz tananing informativ biofaol nuqtalarining elektr qarshiligini o'lchash printsipiga asoslangan qon tarkibidagi glyukoza darajasini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning predmeti tananing informativ biofaol nuqtalarining elektr qarshilik ko'rsatkichlarini o’lchaydigan bioo’lchov qurilmasini qo‘llab-quvvatlash va qon tarkibidagi glyukoza darajasini aniqlash uchun xizmat qiladigan tizim yaratish usul, model, algoritm va dasturiy vositasidan iborat.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida eksperimental usullar, matematik va statistik ma'lumotlarni qayta ishlash usullari, qiyosiy ma'lumotlarni tahlil qilish, tibbiy elektron asboblarni loyihalash va yaratish uchun muhandislik usullari, raqamli signallarni qayta ishlash usullari qo'llanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qondagi glyukoza darajasining monitoringi uchun tananing biofaol nuqtalarining elektr qarshiligi ko'rsatkichlaridan foydalanish imkoniyati aniqlandi;
bemorlarning organizmidagi o'zgarishlar natijasida ularning terisidagi biofaol nuqtalarning elektr qarshiligida o'zgarishlar sodir bo'lishi aniqlandi;
qandli diabet bilan og'rigan bemorlarning glikemiyasini hisoblash uchun xizmat qiluvchi tananing eng informativ biofaol nuqtalari aniqlandi;
qandli diabetda informativ biofaol nuqtalarning elektr qarshiligi va qondagi glyukoza konsentratsiyasi o'rtasidagi bog'liqlik modellashtirildi. Natijada, qondagi glyukoza darajasining informativ biofaol nuqtalardagi elektr qarshilik qiymatlariga bog'liqligining chiziqli modeli qurildi;
qandli diabetni tashxislash uchun noinvaziv bioo'lchov qurilmasi ishlab chiqilgan.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin