O’zbekiston respublikasi oliy majlisi



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü36,5 Kb.
#208601
  1   2
1404142346 51590


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Reja:



  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-davlat hokimiyatining oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi.

  2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning ish faoliyati.

  3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning qonunchilik palatasi, uning vakolatlari va faoliyatining tashkiliy shakllari.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo’yicha, davlat hokimiyatning tashkil etilishi va faoliyati vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati davlatning uch asosiy tayanchidir.


O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakolatlari davlatning hamma organlariga tegishlidir. Bu vakolatlar davlat organlarining bajaradigan aniq vazifalariga qarab, har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Masalan; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlar boshqa davlat organlarining huquqiy hujjatlar chiqarish uchun yuridik asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan iborat bo’lib, u Senat va Qonunchilik palatasi deb yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat a`zolari (sanatorlar) Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Qoraqalpog’iston Respublikassi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda olti kishidan saylanadi.
Senatning o’n olti nafar a`zosi fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senatning vakolat muddati – besh yil. Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a`zosi bo’lishi mumkin.
Ayni bir shaxs bir paytning o’zida Senat a`zosi va Qonunchilik palatasi deputati bo’lishi mumkin emas.
Senat a`zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senatning roziligisiz, Senat majlislari oralig’idagi davrda esa, Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma`muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Senat a`zosining vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Senat a`zolari Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining to’rtdan birigacha bo’lgan miqdorda belgilanadi. Ular senatorlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin emas.
Senatning mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi;

  1. Senat Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislarini va ularning o’rinbosarlarini saylash;

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudini saylash;

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi va uning o’rinbosarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidnetining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;

  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish;

  11. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat a`zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish;

  12. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;

  13. Reglamentli hamda o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;

  14. Sisyoiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish.

Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir.
Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o’tkaziladi.
Senatning birinchi majlisi Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Senatning birinchi majlisini O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik kiladi.
Senatning navbatdan tashqari majlisi O’zbekiston Respublkasi Prezidenti, Senat Raisi taklifiga binoan yoki senat a`zolari umumiy sonining uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Faqat Senat majlislarida O’zbekiston Respublikasi qonunlari ma’qullanadi hamda Senat hujjatlari qabul qilinadi.
Senat va uning organlari majlislarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a`zolari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi raislari, Bosh prokuror ishtirok etishlari mumkin.
Senat majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarning vakillari taklif qilinishi mumkin.
Senat raisi Senat tarkib topganidan keyingi birinchi majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Senat a`zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.
Senat raisi o’z vazifasini bajarish davrida siyosiy partiya va harakatlarga a`zolikni to’xtatib turadi.
Senat rasi Senat qo’mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Senat raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlarning uchdan ikki qismidan ko’progining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Senat Raisi o’z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Senat faoliyatini samarali tashkil etish, Palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, kun tatrtibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi.
Senat Kengashi palata majlislari oralig’ida zaruratga qarab to’planadi.
Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o’rinbosaralari va qo’mitalarning raislari kiradi.
Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllangandan keyin uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning o’rinbosari va a`zolaridan iborat tarkibda qo’mitalar saylanadi.
Senat qo’mitalarining majlislari Senat majlislari oralig’ida zaruratga qarab o’tkaziladi. Senat qo’mitalarining majlislari, agar ularda qo’mita a`zolarining kamida yarmi hozir bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. Senat qo’mitalari ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo’mita jami a`zolarining ko’pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Senat qo’mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko’rib chiqilishi shart, natijalari ko’rilgan choralar to’g’risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, uzogi bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiyalar Senat majlisida senatorlar orasidan tuziladi.
Qonun Senatga kelib tushganidan keyin Senat Raisi uni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni amalga oshiradigan mas`ul qo’mitani belgilaydi. Qonunni dastlabki tarzda ko’rib chiqish natijalari asosida mas`ul qo’mita qonun yuzasidan xulosa qabul qiladi.
Senat mas`ul qo’mitaning xulosasini olganidan keyin qonunni muhokama qiladi va uni ma`qullash yoki rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan ma`qullanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, unga kiritiligan o’zgartirish va qo’shimchalarni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari hamda ularga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarni ma`qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi talab qilinadi. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan ko’rsatilgan a`zolari o’z tarkibidan ko’pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e`tirozini alohida – alohida ko’rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi ishning natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflarni o’z ichiga olgan xulosa qabul qiladi.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun qonunchilik palatasida odatdagi tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim va u ma`qullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar Senat ilgari rad etilgan qonunni qayta ko’rib chikishda uni kelishuv komissiyasining tahririda ma`qullamasa, qonun rad etilgan hisoblanadi va u qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak.
Senat ma`qullagan qonun imzolanishi va e`lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’n kun ichida yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o’ttiz kun ichida imzolanadi va e`lon qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o’z e`tirozlari bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va qonunchilik palatasi tomonidan ma`qullash uchun Senatga qaytadan kiritilgan qonunni Senat ko’rib chiqib, uni ma`qullash yoki rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan taxririda Senat a`zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma`qullansa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o’n to’rt kun ichida imzolanishi va e`lon qilinishi kerak.
Senat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida quyidagi hollarda tarqatib yuborilishi mumkin:
Senat tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoki u bir necha marta O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Senat bilan qonunchilik palatasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda;
Senat tarqatib yuborilgan taqdirda uch oy mobaynida uning yangi tarkibi shakllantiriladi.
Senat favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko’rsatishga asoslanadi.
Qonunchilik palatasining vakolat muddati – besh yil. Vakolat muddati tugagach, Qonunchilik palatasi yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi ish boshlagunga qadar o’z faoliyatini davom ettirib turadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo’lishi mumkin. Qonunchilik palatasi deputatlari o’z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Qonunchilik palatasi deputati daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma`muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning qonunchilik palatasi sessiyalari davrida o’tkaziladigan majlislaridir.
Navbatdagi sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi. Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlii saylovdan so’ng ikki oydan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisini O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.
Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarda O’zbekiston Respublikasi Preidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a`zolari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi raislari, Bosh prokuror ishtirok etishlari mumkin.
Saylovdan keyingi birinchi majlisda qonunchilik palatasining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri o’z vazifasini bajarish davrida siyosiy partiyaga a`zolikni to’xtatib turadi hamda siyosiy partiya fraksiyasi va deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlarining uchdan ikki qismidan ko’prog’ining ovozi bilan qabul qilingan qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. Qonunchilik platasi Spikeri o’z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, Qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida qonunchilik palatasi kengashi tuziladi.
Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlri orasidan rais, uning o’rinbosari va a`zolaridan iborat tarkibda qo’mitalar saylanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin.
Fraksiya siyosiy partiyadan ko’rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Deputatlar bloklarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyadan ko’rsatilmagan deputatlar tuzishga haqli.
Qonunchilik palatasining kamida tukkiz nafar deputati franciya yoki deputatlar guruxini to’zish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin Qonunchilik palatasi Spikeri uni dastlabki tarzda ko’rib chikishni amalga oshiradigan mas`ul qo’mitani belgilaydi.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini qoida tariqasida, bir necha o’qishda ko’rib chiqadi.
Qonun qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida quyidagi hollarda tarqatib yuborishi mumkin:
Qonunchilik palatasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoki u bir necha marta O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda:
Qonunchilik palatasi bilan Senat o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o’tkaziladi. Qonunchilik palatasi favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish;

  2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish;

  3. O’zbekiston Respublikasining referendumini o’tkazish to’g’risida va uni o’tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

  4. O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

  5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O’zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash;

  6. O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqish haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

  7. Bank, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish;

  8. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy etish;

  9. O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, chegaralarni o’zgartirish;

  10. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o’zgartirish;

  11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish:

  12. Davlat mukofotlari va unvonlarini ta`sis etish;

  13. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

  14. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

  15. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari nomzodlarini ko’rib chiqish va tasdiqlash;

  16. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili va uning o’rinbosarini saylash;

  17. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotni ko’rib chiqish;

  18. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini himoya qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug’lganda urush holati e`lon qilish to’g’risidagi farmonini tasdiqlash;

  19. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

  20. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish to’g’rsida qaror qabul qilish;

  21. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma majlislari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so’zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so’zlaganda o’tkaziladi.
Palatalarning qo’shma majlislarida, agar qo’shma majlisda boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi navbatma-navbat raislik qiladi.

Adabiyotlar:






  1. Yüklə 36,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin