Atlanta (AQSH)da o‘tgan XXVI-yozgi Olimpiya o‗yinlarida O‗zbekiston sportchilari mustaqil jamoa sifatida ilk bor qatnashdi. Unda 76 nafar sportchi ishtirok etib, 13 sport turi bo‗yicha bellashuvlarda qatnashdilar.
O‗zbekiston medallar soni bo‗yicha 197 mamlakat ichida
58-o‗rinni egalladi. A.Bagdasarov dzyudo bo‗yicha
kumush medalga, K.To‗laganov boks bo‗yicha bronza medaliga sazovor bo‗ldi.
1998-yil 2-22-dekabr
Bankok shahrida (Tailand) bo‘lib o‘tgan XIII-Osiyo o‗yinlarida respublikamiz sportchilari 21 ta sport turi bo‗yicha bellashib, umumiy hisobda 10-o‗rinni egalladilar
(6 ta oltin, 22 ta kumush, 12 ta broza).
1998-yil may
XalqaroKurashassotsiatsiyasi tuzildi.
1999-yil 1-2-may
Toshkentda 50 dan ortiq mamlakat o‘rtasida kurash bo‘yicha 1-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Keyingi 2-chempionat Antaliya (2000-yil 13-17-iyul), 3- chempionat Budapesht (2001-yil 25-26-avgust), 4- chempionat Yerevan (2002-yil 30-avgust-2-sntabr), 5- chempionat Toshkent (2005-yil 26-27-noyabr), 6- chempionat Ulan-Bator (2007-yil 25-29-oktabr), 7- chempionat Alushta (Ukraina, 2009-yil 9-10-oktabr) va
8-chempionat Termiz (2011-yil 22-23-oktabr) shaharlarida o‗tkazildi.
1999-yil iyul
Londonda o‗tgan tennis bo‗yicha yoshlar xalqaro
―Uimbldon‖ turnirida IrodaTo‟laganova g‗olib chiqib,
kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo‗lga kiritdi.