O„zbekistonda ikkinchi Prezidentlik saylovlari bo„lib o„tdi. ―Fidokorlar‖ milliy demokratik partiyasidan I.A.Karimov, XDPdan A.Jololov nomzodlari ko‗rsatildi. Saylovchilarning 4, 17 foizi A.Jalolov, 91,90 foizi I.A.Karimov nomzodini qo‗llab ovoz berdi.
I.A.Karimov 5 yil muddatga (2005-yilgacha) Prezident etib saylandi.
2002-yil 27-yanvar
О‗zbekistonda ikki palatali parlament tizimga o‗tish hamda O‗zbekiston Prezidentining vakolat muddatini 5-yildan 7- yilga uzaytirish masalasida umumxalq referendumi o‗tkazildi. Referendumda ―Siz kelgusi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan birinchi savolga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 93,65 foizi ushbu sovolni yoqlab ovoz berdi.
“Siz O„zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yil qilib o„zgartirishga rozimisiz?” degan ikkinchi savolga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 91,78 foizi
yoqlab ovoz berdi.
2000-yil 14-aprel
“Vatantaraqqiyoti‖ partiyasi va ―Fidokorlar‖ milliy
demokratik partiyasi yagona ―Fidokorlar‖ milliy-
demokratik partiyasiga birlashdi.
2002-yil 12-dekabr
“O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to„g„risida”gi va “O„zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiningQonunchilikpalatasito„g„risida”gi
Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi.
2003-yil 25-aprel
“O„zbekistonRespublikasiPrezidentifaoliyatining asosiy kafolatlari to„g„risida”gi Qonun qabul qilindi.