O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/58
tarix03.06.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Tibbiyot psixologiyasi vrach faoliyati va bemor xulq-atvorining 
psixologik jihatlarini o‘rganadi. U psixik hodisalar bilan miyadagi 
fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan neyropsixolo-
giyaga, dorivor moddalarning kishining psixik faoliyatiga ta’sirini 
o‘rganadigan psixoformakoliyaga, bemorni davolash uchun psixik 
ta’sir ko‘rsatish vositalarini o‘rganuvchi va qo‘llanuvchi psixotera-
piyaga, odamlarning psixik jihatdan salomatligini ta’minlash chora-
tadbirlarining tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi psixoprofi-
laktika va psixogigiyenaga bo‘linadi.
Yuridik psixologiya huquq tizimining amal qilishi bilan bog‘liq 
psixologik masalalarni o‘rganadi. U jinoyat protsessi ishtirokchilari 
xulq-atvorining psixik xususiyatlarini (guvohlik ko‘rsatmalarining psi-
xologiyasi, ayblanuvchi xulq-atvorining xususiyatlari, tergovga qo‘yi-
ladigan psixologik talablar va shu kabilarni) tadqiq qiluvchi sud 
psixologiyasi; jinoyatchining xulq-atvori, shaxsning shakllanishiga 
doir psixologik muammolar, jinoyatning motivlari va shu kabilar bilan 
shug‘ullanuvchi kriminal psixologiyaga; axloq tuzatish-mehnat kolo-
18


niyasida ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning psixologiyasini
ishontirish va majburlash usullari bilan to‘g‘ri yo‘lga solishning psi-
xologik muammolarini va shu kabi masalalarni o‘rganadigan pe-
nitensiar yoki axloq tuzatish-mehnat psixologiyasiga bo‘linadi. 
Harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-
atvorini, boshliqlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
psixologik jihatlarini, psixologik tashviqot va tashviqotga qarshi 
metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolari-
ni va shu kabi boshqa masalalarni tadqiq qiladi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin