4.
Hayot faoliyati xavfsizligi
28.03.21-09.04.21
5.
Xulosa
12.04.21-20.04.21
6.
Prezentatsiya slaydlarini ishlab
chiqish
16.05.21-28.05.21
7.
Asosiy himoya
Bitiruvchi
«______» ______________ 2021 y.
(imzo)
Rahbar
«______» ______________ 2021 y.
(imzo)
4
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………….
6
I.
Shaxsiy komp’yuterlarda axborot xavfsizligi tahdidlarini tahlil
qilish usullari………………………………………………………
10
1.1. Shaxsiy komp’yuterlarda axborot xavfsizligiga tahdidlarni baholash
usullari tahlil……………………………………………………….
10
1.2. Shaxsiy komp’yuterlarda axborot xavfsizligiga tahdidlarni baholash
dasturiy vositalari tahlili
Ошибка! Закладка не
определена.
……………………………………………
18
1.3. Аmаliуоtdа qо’llаnilауоtgаn ахbоrоt хаvfsizligi tаhdidlаrni
аvtоmаtik bаhоlаsh usullаrini tаdqiq qilish………………………..
27
II. Shaxsiy komp’yuterda ахbоrоt хаvfsizligigа tаhdidlаrni bаhоlаsh
dаsturiy tа’minоtini yаrаtish………………………………………..
40
2.1. Antivirus va Firewall dasturiy taminotlarining ishlash prinsipi……..
40
2.2. Maxsus antivirus dasturining ishlash
prinsipi……………………….
Ошибка! Закладка не определена.
53
2.3. Dasturiy vositadan foydalanish yo’riqnomasi ……………….………
58
III. Xayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya
……………………………
61
3.1 Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro tajriba va
izlanishlar tahlili …………………………………………………..
61
3.2. Insonni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish usullari va vositalari. 65
3.3. Ionlashtiruvchi nurlanish va radiatsiya xavfsizligini ta'minlash ……
70
Xulosa………………………………………………………………………
75
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….
76
5
Ushbu bitiruv ishida shaxsiy komp’yuterlarda mavjud xavfsizlik
muammolari, ularni oldini olish usullari, shaxsiy komp’yuterlar xavfsizligini
ta`minlovchi dasturiy vositalarni tahlil qilish va Python dasturlash tilida maxsus
antivirus dasturi ishlab chiqilgan.
В этой диссертации были разработаны проблемы безопасности
персональных компьютеров, возможности предотвращения, анализа
безопасности программного обеспечения, обеспечивающего безопасность
персональных компьютеров, а также специальные антивирусные программы,
написанные на языке программирования Python.
In this dissertation, security problems on personal computers, ways to
prevent them, analysis of software that ensures the security of personal computers,
and a special antivirus program in the Python programming language were
developed.
6
Kirish
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini
ta’minlashga mo‘ljallangan va komp’yuter vositalarining dasturiy ta’minoti
tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir. Komp’yuter viruslaridan va boshqa
dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, komp’yuter tizimlarida
axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan
hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning
axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.Tarmoqning
xavfsizligi undagi barcha komp’yuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi
bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil etuvchisining ishini
buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin. Hamma foydalanayotgan
tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun «tarmoqlararo
ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan
foydalaniladi. Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda,
faqatgina axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va komp’yuter
vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi.
Respublikamizda elektron koʼrinishdagi axborot almashinuvini barcha
sohalarda kirib borishi bilan birgalikda ularning xavfsizligini taʼminlash boʼyicha
qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan
«...axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoyalash tizimini
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi oʼz vaqtida va munosib
qarshilik koʼrsatish» vazifalari belgilangan [1]. Bundan tashqari qator normativ
hujjatlar, Elektron raqamli imzo toʼgʼrisida [2], Elektron hujjat aylanish toʼgʼrisida
[3], Elektron tijorat toʼgʼrisida Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy
vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
komp’yuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va
autentifikatsiyalovchi dasturlar;
7
komp’yuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini
cheklovchi dasturlar;
axborotlarni shifrlovchi dasturlar;
axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lumotlar
bazalarini, ta’limning komp’yuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy
o‘zgartirishlardan, foydalanishlardan va ko‘paytirishlardan himoyalovchi
dasturlarKomp’yuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga taalluqli
ma’noda identifikatsiyalash atamasi komp’yuter tizimlari sub’ektining unikal
nomini bir qiymatli tanib olishni bildiradi.
Autentifikatsiyalash esa taqdim etilgan nomni ushbu sub’ektga mosligini
tasdiqlashni anglatadi (sub’ektning aslligini tasdiqlash).Axborotlarni muhofaza
qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib quyidagilarni keltirish
mumkin:
qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va
hokazo) yo‘q qiluvchi dasturlar;
komp’yuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bog‘liq bo‘lgan turli
voqea va hodisalarni tiklash hamda shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini
isbotlash uchun foydalaniladigan audit dasturlari (qayd qilish jurnallarini yuritish);
qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar (qoidabuzarni
go‘yoki yopiq axborotlarni olgan deb chalg‘itish);
komp’yuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o‘tkazuvchi
nazorat dasturlar va boshqalar.Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy
vositalarining afzalliklariga quyidagilar kiradi:
ko‘paytirishning osonligi;
moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qo‘llaniladigan muayyan
komp’yuter tizimlarini, axborot xavfsizligiga tahdidning o‘ziga xosligini hisobga
olib, sozlash imkoniyati);
qo‘llashning qulayligi – bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar
«shaffof» (foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan) rejimda ishlaydi, boshqalari
8
foydalanuvchidan hech qanday qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari bilan
taqqoslaganda) ko‘nikmalar talab qilmaydi;
ularni axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun
o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan takomillashuvining amaldagi chek-chegarasiz
imkoniyatlari mavjudligi.
Axborotlarni
muhofaza
qilishning
dasturiy
vositalarining
kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
himoyalovchi dasturlarning faoliyati komp’yuter tizimlari resurslaridan
foydalanish hisobiga bo‘lgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi;
juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan apparat
vositalar bilan taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma);
axborotlarni himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalarning komp’yuter
dasturiy ta’minotiga bevosita o‘rnatilmagani (quyidagi rasmlar), bu holat
qoidabuzarning ushbu dasturlarni chetlab o‘tishiga prinsipial imkoniyatlar yaratadi;
komp’yuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlarni
himoyalashning dasturiy vositalarini qasddan o‘zgartirish imkoniyati[1].
Hozirgi zamonda hammada shaxsiy komp’yuter mavjud , shundek ekan
shaxsiy komp’yuterlarni xavfsizligini ta`minlash dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari:
Shaxsiy komp’yuterlarda xavfsizlikni
ta`minlanganlik darajasini baholovchi dasturiy vositani ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish va qo`yilgan masalani echish uchun
quyidagi vazifalani bajarish lozim:
shaxsiy komp’yuterlarda axborot xavfsizligiga tahdidlarni baholash
usullari tahlili
Dostları ilə paylaş: |