O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
T.Kuchkarov, A.Ishmuradov, D.Xudaynazarova
«EKONOMETRIKA»
O‘QUV QO‘LLANMA
Yo`nalishi: 5350300 - «AKT soxasida iqtisodiyot va menedjment»
Toshkent 2019
Tuzuvchilar: T.Kuchkarov, A.Ishmuradov, D.Xudaynazarova
“Ekonometrika” fanidan ma’ruza darslariga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma T.Kuchkarov, A.Ishmuradov, D.Xudaynazarova T.-Toshkent: TATU,-2019. O‘quv qo‘llanma “Ekonometrika” fanidan nazariy va amaliy materiallardan tashkil topgan. Nazariy va amaliy materiallar ma’ruza kursi mavzulariga mos bo‘lib, “Ekonometrika” fanidan amaliy mashg‘ulotlardan, turli masalalardan tashkil topgan. Amaliy mashg‘ulotlarda ushbu masalalardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘quv qo‘llanma 5350300 - «AKT soxasida iqtisodiyot va menedjment» yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan.
Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, 2019-yil.
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………………………….3
1- bob. Ekonometrikа faninning nazariy asoslari ………………..………...5
1.1. Ekonometrikaning predmeti, usullari,vazifalari va asosiy tushunchalari……………………………………………………..5
1.2. Iqtisodiyotda ekonometrik modellashtirishning zarurligi......11
1.3. Ekonometrik model tushunchasi,turlari va undagi o‘zgaruvchilar…………………………………………………...12
1.4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari.............................13
2- bob. Ekonometrik modellarni tuzish, baholash va iqtisodiy qarorlar qabul qilish………………………………..........................................................16
2.1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘likliklar turlarini o‘rganish…....……………………………………………………….16
2.2. Korrelyatsiya koeffisientining turlari va hisoblash usullari................................................................................................17
2.3. Chiziqli va chiziqsiz regression bog‘lanishlar......................18
2.4. Korrelyatsion-regression tahlilda eng kichik kvadratlar usulining
qo‘llanilishi ....................................................................................21
3- bob. Ishlab chiqarish funksiyalari. Prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish.......................................................................27
3.1. Ishlab chiqarish funksiyalari. Kobba-Duglas funksiyasi. Ishlab chiqarish funksiyasi xarakteristikalari...........................................27
3.2. Chiziqli va chiziqsiz ko‘p omilli iqtisodiy bog‘lanishlar.......33
3.3. Umumlashtirilgan va bevosita “eng kichik kvadratlar usuli”.35
3.4. Ekonometrik model parametrlarining iqtisodiy tahlili va elastiklik koeffisientlarini hisoblash..............................................37
3.5. Ekonometrik modellarni baholash..........................................44
3.6. Vaqtli qatorlar va ularni prognozlash......................................45
4- bob. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha masalalar…………………..51
5. Adabiyotlar ro‘yxati........................................................................66
KIRISH
“Ekonometrika” fani asosiy iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
-talabalarga turli darajadagi iqtisodiy modellarni aniqlash uchun ekonometrik modellashtirish asoslarini, miqdoriy kuzatuv ma’lumotidan foydalanishni o‘rgatish;
-taxlil qilinayotgan iqtisodiy tizimlarning xolati va xolatini tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni baxolash va prognozlash usullarini o‘rganish;
-ekonometrik taxlilning zamonaviy kompyuter texnologiyalari va amaliy iqtisodiy muammolarini xal qilish uchun ularni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish. Ushbu o‘quv qo‘llanma “ekonometrika”faniga oid asosiy mavzularni qamrab olgan bo‘lib,talabalarga nazariy bilimlarni egallash bilan bir qatorda, ushbu bilimlarini amaliy jixatdan yondashib masalalarni yechishni tavsiya etadi.
Xozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni yuritishda ekonometrik modellashtirish va prognozlashtirishga katta axamiyat beriladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, 2000 yillarga kelib iqtisodiy yo‘nalishdagi talabalar uchun o‘zlashtirilishi shart bo‘lgan fan sifatida targ‘ib qilinmoqda. Xozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos yo‘lini xisobga olib va 2017-2021 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish strategiyasining asosiy 5 ta yo‘nalishlarini xisobga olib, iqtisodiy barqarorlik, shu jumladan moliyaviy barqarorlikka erishishda yuqori darajagi iqtisodiy yo‘nalishdagi kadrlarni tayyorlashda, ushbu fanni o‘rganish va iqtisodiy faoliyatda qo‘llash asosiy vazifamizdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida xar bir korxona ekonometrik modellashtirish va prognozlashtirishni qo‘llash, yuqori darajadagi raqobatbardosh tovar va xizmatlarni yaratish orqaligina foyda ko‘rishni muayyan tarzda oshishiga olib keladi.
Ekonometrik modellashtirish va prognozlashtirish muammosining aktualligidan kelib chiqib, «Ekonometrika» fanini o‘rganishda chet el tajribasidan va mamlakat tajribasidan va imkoniyatlaridan kelib chiqib, xozirgi davr iqtisodiy isloxotlarini amalga oshirishda muhim axamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |