O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix25.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#89839
Akademik Yozuv2 2.2 Ulugbek Marufjonov



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
 TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
 RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
 TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 FARG’ONA FILIALI 
 KOMPYUTER INJINIRINGI 
 FAKULTETI 
 ‘’AKADEMIK YOZUV‘’ 
 FANIDAN 
BAJARDI: MARUFJONOV ULUG’BEK 613-22 
QABUL QILDI: XAMDAMOVA O. M 

 
 
 
FARG’ONA 2023 


Abdulla Qahhorning ‘’Muhabbat’’ qissasi uchun 
taqriz 

‘’Muhabbat’’ qissasi o’zbek adabiyotida o’zining hikoyalari 


bilan o’chmas iz qoldirgan iste’dodli adib Abdulla Qahhor 
qalamiga mansub. Ushbu qissa 1968-yilda, ya’ni adib vafotidan 
oldin yozilgan so’nggi asari hisoblanadi. Keng kitobxonlar 
ommasiga adibning hikoyalari juda yaxshi tanish. Qisqa 
jumlalarda ko’p ma’no ifodalashda Abdulla Qahhorga teng 
keladigan ijodkorlar sanoqli. Adibning hikoyadan boshqa 
janrda yozilgan asarlari qissa yoki romanlari u qadar mashhur 
emas nazarimda. Hikoyalar ustasi bo’lgan Abdulla Qahhor bir 
olam-u, boshqa janrlarda yozgan Abdulla Qahhor o’zga bir 
olamdek. Balki shunday tuyulgandir, lekin ushbu qissa ham u 
qadar mazmunli emas, su’niylik kuchli, bo’rttirishlar bor. Har 
bir kitobxon o’zining dunyoqarashidan kelib chiqib fikrlaydi 
albatta. Lekin agar mendan sevgi-muhabbat haqidagi 
asarlardan so’rasalar, bu asarni tavsiya qilmagan bo’lardim. 
Asar bosh qahramonlari Anvar va Muattar ismli yoshlar. Asar 
bu ikki yoshning o’z muhabbatlari yo’lidagi kurashlaridan 
hikoya qiladi. Muhayyo Salimjon ismli yigitga turmushga 
chiqqan, hayoti bo’lmasdan ajrashgan. Anvarjon esa hali yosh 


yigit. U ota-onasidan ajralib, Marg’uba ismli ammasining 
‘’vasiy’’ ligida qoladi. Marg’uba – ko’zini boylik, mol-dunyo ko’r 
qilgan, uy-joy uchun jigarimdan ham kechishga tayyor bir 
yosuman. U uchun oilaning ham sevgi muhabbatning ham 
zig’ircha qadri yo’q. Anvarning ota-onasidan qolgan dunyoga 
egalik qilish uchun har qanday ishga qo’l uradi, bu yo’lda hatto 
begunoh Muhayyoga loy chaplashdan ham tolmaydi. Bir 
narsani tan olish kerakki, asarda aynan mana shu Marg’uba 
obrazi esa juda bo’shang, o’ta yosh qilib tasvirlangan. 
Muhayyoga to’xtalsak, bu obraz negadir tabiiy chiqmagandek. 
Asardagi Javlon obrazi ham yaxshi tasvirlangan. Ayniqsa, uning 
ko’rinishi va xarakteri turli o’xshatishlar bilan ajoyib yoritilgan. 
Umuman olganda, bu asarda g’iybatchilik, o’zbek xalqidagi 
ba’zi urf odatlarning yoshlar baxtiga to’sqinlik qilishi, sevgi, 
muhabbat, rashk kabilar haqida gap ketadi. Asarda menga 
yoqqan jihati maqol va iboralardan juda o’rinli foydalanilgan va 
eskilik sarqitiga aylangan ba’zi bir qarashlarga chek qo’yishga 
undagan. 
Bu asar insonni o’z sevgisi yo’lida kurashlardan qo’rqmaslikka, 
jasoratga undaydi. Turli xil gap so’zlarga qaramay, o’z baxti 
yo’lida kurasha olgan insongina baxtga loyiq. Hamma ham 


baxtli bo’lishni istaydi. Ammo istakning o’zi kifoya emas. Asar 
shu g’oyalarni ilgari surgan nazarimda. 
Abdulla Qahhor (1907-1968) 


(Muhabbat asari) 
 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin