O’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 10,08 Mb.
səhifə1/6
tarix30.09.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#150603
  1   2   3   4   5   6
Maxmudjonov Javohir





O’zbekiston respublikasi
oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

mirzo ulug’bek nomidagi
O’zbekiston milliy universiteti

Fizika fakulteti
3-bosqich 2006-guruh talabasi
Maxmudjonov Javohir
Malakaviy amaliyot jarayonidan hisoboti

malakaviy amaliyot HISOBOTi

Qabul qildi:____________
Bajardi: Maxmudjonov J


Toshkent-2023
Fizika fakulteti haqida
Fizika fakultetining hozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan taniqli olim va mutaxassislarning mehnatlari beqiyosdir. Fakultet dekanlari: prof. V. A. Djordjio (1959-1964), dots. B. G. Smirnov (1964-1967), prof. R. X. Mallin (1967-1972), akad. A. A. Abdurazzakov (1972-1980), dots. A.A.Adilov (1980-1991), akad. K. M. Mukimov (1991-1992), akad. S. Z. Zaynobiddinov (1992-1996), prof. A.T. Mirzaev (1996-1997), dots. A. S. Raxmatov (1997-2004), prof. O. O. Mamatkarimov ( 2004 - 2009 ), dots. B.X. Eshchanov ( 2009 – 2014 ), dots. I. U. Tadjibaev ( 2014 - 2015) , prof. X.S.Daliev (2015-2019) va G.B.Eshonqulov (2019-yildan h.v.).
12.06.2023 sanada 3-kurs talabari uchun malakaviy amaliyot soatlari boshlandi. Ushbu amaliyotni boshlash jarayonida fakultet dekani G’ofur Eshonqulov talabalar bilan suhbat o’tkazib talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berib o’tdi. Shuningdek fakultetda 6 ta kafedra bor. Ular: “Umumiy fizika” kafedrasi, “Fotonika” kafedrasi, “Nazariy fizika” kafedrasi, “Yadro fizikasi” kafedrasi, “Yarimo’tkazgichlar va palimerlar” kafedrasi va “Astronomiya va atmosfera” kafedrasi. Fakultetda 73 nafar professor-o`qituvchilari, shu jumladan, 4 nafar O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari, 19 nafar fan doktori va professorlar, 39 nafar fan nomzodlari va dotsentlar jalb etilgan. Ayni paytda fakultetda 2 ta ta`lim yo`nalishida bakalavr va 7 ta mutaxassislik bo`yicha magistr tayyorlanmoqda. Bundan tashqari fakultetda DSc va PhD doktoranturalari mavjud.Bugungi kunda fakultet jamoasi xorijiy mamlakatlarning juda ko`plab universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning Kiev Milliy universiteti, Xarkov universiteti, Xarkov fizika instituti, Rossiyaning Sankt-Peterburg Optika va Mexanika universiteti, Janubiy Koreyaning Pusan universiteti va Chunxay Milliy universiteti, Germaniyaning Potsdam universiteti, Belgrad Astronomiya observatoriyasi va Radioastronomiya instituti, Moskva Davlat universiteti, Moskva viloyatining Dubna shahridagi xalqaro Birlashgan Yadro tadqiqot instituti (BYaTI), Germaniyaning Mayns, Bern universitetlari, Moskva energetika instituti, A.F. Ioffe nomidagi Fizika-texnika instituti (Sankt-Peterburg), Materialshunoslik muammolari instituti (Ukraina), Fizika va ximiya instituti (Urumchi, Xitoy) kabi etakchi institut va universitetlar olimlari bilan o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilinmoqda.




Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin