O’zbekiston Milliy Universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#108355
  1   2   3
Barqaror rivojlanish

Barqaror rivojlanish

  • Reja:
  • Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
  • Barqaror rivojlanishni taminlashga oid konferensiya va dasturlar
  • Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashning ekologik jihatlari.
  • Kirish
  • Tabiiy boyliklardan foydalanmasdan turib biror bir inson, jamiyat yoki davlat yashay olmaydi. Ularning bu dunyoda farovon hayot kechirishlari va rivojlanishlari esa ularni о‘rab turuvchi atrof tabiiy muhitdan nechog‘li foydalanish imkoniyatlariga ega ekanliklari bilan belgilanadi. Shuning uchun ham qadim-qadimlardan kishilik jamiyati tabiat ne’matlarini о‘zlashtirib olishga bor kuch va g‘ayratlarini ishga solganlar. Natijada davlatlar, jamoalar va insonlar о‘rtasida turli ziddiyatlar, urushlar kelib chiqqan va barqarorlikka jiddiy ziyon yetkazgan.
  • «Barqaror rivojlanish» konsepsiyasini yaratilish tarixiga chuqur nazar tashlaydigan bо‘lsak, u aynan xalqaro hamjamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid harakatlardan boshlanganligiga iqror bо‘lamiz.
  • Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
  • Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marotaba 1987 yil BMTning Butunjahon atrof muhit va rivojlanish bо‘yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqildi.
  • Mazkur Komissiya о‘zining Gro Xarlem Brundtland konsepsiyasi degan nomini olgan «Bizning umumiy kelajagimiz» ma’ruzasida hozirgi avlod odamlarni hayotiy ehtiyojlar qondirilishini kelasi avlodning munosib hayotga bо‘lgan huquqini hisobga olib, dunyo hamjamiyatining barqaror rivojlanish konsepsiyasi modelini yaratdi.
  • G.X.Bruntlendning baqaror rivojlanish konsepsiyasining mazmuni va mohiyati.
  • Barqaror rivojlanish konsepsiyasi – bir meyorda(stabil) rivojlangan davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir.
  • 1987 yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish Komissiyasi tuzildi va unga Norvegiyalik davlat arbobi Gro Xarlem Bruntland rahbarlik qildi. Komissiyaning «Bizning umumiy kelajagimiz» nomli hisobotida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli – hozirgi avlod ehtiyojlarining qondirilishi va kelasi avlodlarning munosib hayot kechirishga bо‘lgan huquqini hisobga olgan tarzda amalga oshirilishi lozim, deya takidladi.
  • Gro Xarlem Brundtland
  • 2015 yil 25 sentabr kuni barcha mamlakatlarning yetakchilari 2030 yilgacha bо‘lgan davrga mо‘ljallangan barqaror taraqqiyot dasturini qabul qilib, talablardan aniq harakatlarga о‘tish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yig‘ilishadi. 
  • Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan, yoki Global maqsadlardan iborat bо‘lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar yо‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturdir. Unda dunyo mamlakatlarining yetakchilari qashshoqlikka – dunyoning barcha nuqtalarida, batamom – barham berishga va’da qilishi kutiladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin