O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi* Reja



Yüklə 49,83 Kb.
səhifə2/4
tarix11.05.2023
ölçüsü49,83 Kb.
#111554
1   2   3   4
O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI

Xususiy iste’mol xarajatlari. MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari. Yuqorida keltirilgan formuladagi “UPI” mamlakat aholisining qayd qilingan xarajatlarini yig’indisi sifatida aniqlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ushbu xarajatlarning YAIMdagi ulushi boshqa harajatlarga nisbatan katta miqdorni tashkil qiladi.
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof investitsiyalar.Umum qabul qilingan uslubiyotga binoan yalpi xususiy ichki investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda qurilish ishlari; zahiralarning o’zgarishi.
Iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lgan mamlakatlarda ularning ulushi YaIM tarkibida 25-33 foizni tashkil qiladi. Investitsiyalar YAIM va aholi farovonligini o’stirishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi.
YAIM – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniq hisoblanishini talab qilganligi uchun, uning tarkibiga bu yil ishlab chiqarilgan, ammo sotilmay qolgan mahsulotni ham hisobga olinishi mantiqan to’g’ridir. Aks xolda zahiralarning o’zgarishini hisobga olmasdan hisob-kitoblar amalga oshirilgan taqdirda, joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaytirilib ko’rsatilgan bo’ladi. Odatda, zahiralarning o’zgarishi joriy davr oxiri va boshidagi zahiralar qoldiqlarining farqi sifatida hisob–kitob qilinadi. Shu sababli joriy davrda katta miqdorda ilgari sotilmay qolgan mahsulotlarning sotilgan taqdirda, zahiralarning o’zgarishi manfiy miqdorga teng bo’lishi mumkin.
MHTda investitsiyalar yalpi, ichki va xususiy investitsiyalarga ajratib o’rganiladi. Oxirgi ikki ko’rsatkich xususiy firmalar va kompaniyalarning xarajatlarini ifodalab, ular ko’rilayotgan mamlakat uchun yuridik shaxslar hisoblanishi lozim.
Yalpi ichki xususiy investitsiyalar eski mashina, uskuna va stanoklarni almashtirish uchun ishlab chiqarilgan barcha investitsion tovarlar plyus har qanday iqtisodiyotda sof qo’shimcha kiritilgan kapitalga teng. Demak, yalpi investitsiyalar - ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan kapital o’rnini qoplash hamda kapitalning qo’shimcha oshishiga olib kelgan investitsiyalardir.

Yüklə 49,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin