Mamlakat va raiyyat vaziri – bosh vazir hisoblanib u mamlakatning muhim ishlari, kundalik muammolar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar va ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazinaning ahvoli kabilarga mas’ul bo‘lgan hamda mazkur masalalar bo‘yicha hukmdorga tegishli ma’lumot va hisoblar berib turgan.
Harbiy ishlar vaziri –harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan er-suvlar boshqaruvi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo‘lib xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash, iste’foga iqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘lgan
3. Mulkchilik va soliq ishlari vaziri –turli sabablarga ko‘ra egasiz va qarovsiz qolgan mol-mulklarni nazoratga olish va qo‘riqlash, savdogarlardan zakot va boj undirib olish, mamlakat chorvalari, o‘tloq-yaylovlarni boshqarish, er solig‘i, chorva solig‘i, zakotlarni o‘z vaqtida yig‘ilishi va o‘z vaqtida davlat xazinasiga tushishini nazorat qilish, mulkchilikdagi merosxo‘rlik tartiblarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajargan.
4. Moliya vaziri –butun saltanat idoralarinig kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib borish vazifasini bajargan.
5. Davlat korxonalari vaziri – uning ihtiyorida bir qancha ustaxonalar bo‘lib, ular doimiy ravishda harbiylar uchun sovut, dubulg‘a, kamon, o‘q-yoylar tayyorlaganlar. SHuningdek, bu vazir bevosita Amir Temurning buyrug‘i bilan yirik inshootlar (saroylar, machitlar, madrasalar, timlar va boshq.) qurilishiga rahbarlik qilgan.
6. Devonbegi (devon boshlig‘i) –davlat mablag‘lari devonbegi ixtiyorida bo‘lgan hamda u davlat xazinasidagi mablag‘larning vazirlar tomonidan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq saqlanishini nazorat qilgan.
7. Adliya vaziri (devoni mazolim) – bu vazir to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolar va dunyoviy ishlar bilan shug‘illangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda faoliyat ko‘rsatgan. SHariat tartiblari bilan islom qozisi shug‘ullangan.