O’zbekist



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə9/11
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#146002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
22-39 GURUX TALABASI.SOTVODIYEV ISMOILON UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN. Emotsiyaning pedago\'gika jarayonidagi ro\'li.

Negativizm boshqa kishilarning hamma taklifiga, ya’ni buyruqlarga, qoidalarga, maslahatlarga va boshqa yo’l bilan o’tkaziladigan qanday bo’lmasin ta’sirga asossiz qarshilik qilish demakdir. Negativizm ikki turli bo’ladi; passiv va aktiv negativizm. Passiv negativizm shundan iboratki, bunda kishi taklif qilingan ishni qilmay, o’z holatida qolaveradi. Aktiv negativizm esa boshqalar hohlagan va taklif qilgan ishni qilmay, uning aksini qilishdan iborat bo’lgan terslikdir.
Negativizm hodisasini uch yoshdan etti yoshgacha bo’lgan bolalarda, ayniqsa kattalar tomonidan suyultirib yuborilgan va barcha ishlarini boshqa kishilar qilib beradigan bolalarda uchratish mumkin. Bunday o’jarlik bolalarda, ko’pincha qandaydir mustaqil faoliyat sohasida o’z faolliklarini ko’rsatish imkoniyati berilmagan taqdirda paydo bo’ladi.
Negativizmning xarakterli xususiyati harakatlarning asossizligidan iboratdir. Odatda negativizm holatida kishi sen nega bunday qilyapsan, nima uchun boshqalarning taklifini bajarmayapsan, degan savolga hech qanday javob qaytarmaydi; u indamay, aytilgan narsaning aksini qilaveradi.
Qaysarlik –boshqa kishilarning aytgan hamma gapiga, ya’ni buyruq va takliflarga atayin qarshilik qilishdir. Qaysarlik qilayotgan odam o’zi deganini qila beradi va nima sababdan shunday qilayotganini ob’ektiv ravishda asoslab bermaydi: «Bu mening ishim», «O’zim bilaman» deb sub’ektiv dalil keltiradi, xolos.
Qaysarlik, asosan, mana bunday hollarda, masalan, kishi biron narsadan xafa bo’lgan yoki g’azablangan, jahli chiqqan yoki bo’lmasa manmanligi oshib ketgan paytda ko’rinadi. Bunday hollarda kuchli hissiyot ta’siri tufayli kishining ongi o’tmaslashib ketadi. Qaysarlik tutgan paytda kishi ob’ektiv nuqtai nazardan qaray olmaydi va boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish shart ekanligiga ob’ektiv asoslar keltira olmaydi. Qaysar odamni juda yaqqol dalillar yordami bilan har narsaga ko’ndirish yoki undan qaytarish qiyin. Qaysarlik ko’rsatishda biron narsaga intilish va kuchli hissiyot bo’ladi, lekin etarli tafakkur unga ishtirok qilmaydi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, psixika organik hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo’lgan. Organik materiyaning anorganik materiyadan farq qiladigan hususiyatlaridan biri shuki, organik materiya seskanuvchandir, ya’ni tashqaridan bo’lgan ta’sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo’zg’aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo’lgan amyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab harakatlanadi yoki undan kochadi.
Organik materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa – sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo’ladi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo’lgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo’lgan hayvonlar
vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgarirok eng boshlang’ich formada paydo bo’lgan A.N.Leontev gipotezasiga ko’ra, sezuvchanlik «…genetik jihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta’sirlar bilan bog’lovchi, ya’ni organizmning muhitda orientirovka qilishga
yordam beruvchi signallik vazifasini o’tovchi ta’sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas».
A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan bog’liq deb ko’rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi deb ko’rsatadi.
Sezish qobiliyatining paydo bo’lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyi nchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo’ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o’sib, tobora murakkablasha bordi. Masalan, mahsus sezgi organlari bo’lmagan eng sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differentsiallashmagan sezuvchanlik mavjud bo’lsa kerak. Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida hayvonlarda sezgi organlari paydo bo’ladi, nerv sistemasining analiz qilish qobiliyati ham o’sadi.
Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning ba’zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, burgutning ko’rish organi, itning hid bilish organlari va xokazo.
Nerv sistemasining sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining ham taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qaerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog’liqdir.
Masalan, parrandalar umrining ko’p qismini havoda, uchib yurib o’tkazadi. Bunday hayot kechirish bepoyon bo’shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug’diradi. Shuning uchun ham parrandalarning, ayniqsa yirtqich va ko’chib yuradigan parrandalarning ko’ruv organi va ko’rib idrok qilish
hususiyatlari ham taraqqiy qilgandir. Maymunlar asosan daraxtlarda hayot kechiradi. Shunga ko’ra, maymunlarning ko’z bilan chamalash, harakatlarni uyg’unlashtirish va chaqqon ushlab olish hususiyati, darrov vaziyatga qarab ish ko’rish qobiliyati paydo bo’lgan. Hayvonlar psixikasining taraqqiysida tevarak-atrofdagi tabiat hususiyatlari, o’sha turga kiradigan hayvonlarning birgalashib yashashi katta ahamiyatga egadir. Uy hayvonlari psixikasining shakllanishida odamzod muhiti katta rol
o’ynaydi. Bir sharoitdan ikkinchi bir sharoitga ko’chib o’tgan hayvonlarning psixikasi ham bir qadar o’zgarishi mumkin.
Poda (t o’da ) bo’l i b ya sha sh i nst i nkt i . Bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o’zaro aloqa qilishida va xilma-xil shaklda birgalashib yashashida zohir bo’ladi. Hayvonlarning ba’zi turlari, asosan, o’txo’r va sut emizuvchi hayvonlar doimo to’da bo’lib yashaydi, hayvonlarning boshqa turlari,
asosan, yirtqich hayvonlar esa o’ziga o’xshash hayvonlar bilan vaqt bevaqt birgalashib yashaydi. Hasharotlar galasi, qushlar galasi, sut emizuvchilar to’dasi – hayvonlarning poda (to’da) bo’lib yashash formalaridir.
Instinktlar mashq qilish yoki o’rganish yo’li bilan hosil bo’lmaydi – ular ota-onadan naslga biologik irsiyat sifatida o’tadi.
Instinktlarning nerv-fiziologik asosi–shartsiz reflekslardir. I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, instinktlar shartsiz reflekslarning o’zi-yu, lekin ancha murakkab turidir. I.P.Pavlov bunday deydi:
«Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat ekanligi, faqat bir oz murakkab roq reflekslar ekanligi etarli aniqlangan deb hisoblash mumkin» 1. Instinktlar – bir qancha shartsiz reflekslardan iborat bo’lgan reflekslar zanjiridir. Bu reflekslardan har birining harakatga kelgan payti navbatdagi refleks uchun qo’zg’ovchi bo’ladi.
«Odatda ixtiyoriy deb ataladigan barcha ongli harakatlar,– deydi Sechenov,– o’z mohiyati jihatidan aks ettirilgan harakatlardir». Bu degan so’z «barcha insoniy harakatlarning dastlabki sababi odamdan tashqarida, ya’ni tashqi muhitga bog’liqdir». (Izbranno’e filosofskie i psixologicheskie
proizvedeniya. Gospoligizdat, 1947, str 148, 174)
Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, irodaviy harakatlarning hamma mexanizmi yuksak nerv faoliyatining butun qonunlariga bo’ysunuvchi shartli bog’lanishlardan, ya’ni assotsiativ jarayonlardan iboratdir. Irodaviy harakatlar mexanizmlarida, asosiy rolni kinestezik qo’zg’atuvchilar tufayli, ya’ni muskullar harakati tufayli yuzaga keladigan mahsus shartli reflekslar o’ynaydi. Kinestezik hujayra va harakat analizatori turli-tuman qo’zg’atuvchilar bilan muvaqqat aloqa bog’lay olishligi I. P. Pavlov hamda uning hamkorlari tomonidan o’tkazilgan mahsus tajribalarda isbotlab berilgan.
Miya po’stining kinestezik hujayralari organizmga tashqi muhitdan va shuning bilan birga ichki jarayonlardan bo’ladigan ta’sirotlarni qabul qiladigan miya po’stining boshqa hamma hujayralari bilan aloqaga kirishi mumkin va haqiqatan ham aloqaga kiradi. «Bu esa ixtiyoriy deb ataladigan harakatlarimizning fiziologik asosi, ya’ni bunday harakatlar miya po’sti umumiy faoliyati bilan bog’liqligining dalilidir». (I. P. Pavlov. Polnoe izb. soch. III., 2 - kitob, 317b.)
Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida optimal qo’zg’alish manbaining faoliyati bilan bog’liqdirlar: «...Mening tasavvurimcha, ong,– deydi I. P. Pavlov,– ayni shu chog’da, xuddi shu sharoitning o’zida ma’lum darajada optimal (har holda, o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga ega bo’lgan katta miya yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat. Ana shu momentda katta miya yarim sharlarining qolgan hamma qismlari birmuncha bo’shroq qo’zg’alish holatida bo’ladi».(O’sha kitob, 247b.)

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin