O’zbekist



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə10/11
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#146002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
22-39 GURUX TALABASI.SOTVODIYEV ISMOILON UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN. Emotsiyaning pedago\'gika jarayonidagi ro\'li.

Xulosa


Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziologik jarayonlar, o’zgarishlar bilan bog’liq ekanligi har kungi tajribada ko’rinib turibdi. Masalan, emotsional kechinmalar chog’ida qon aylanishi o’zgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar chog’ida odam qizaradi, boshqa bir xil emotsional kechinmalar chog’ida esa odam oqaradi yoki bo’zaradi. Emotsional jarayonlarning yurak faoliyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq ekanligi shu qadar ayon sezilib turadiki, hatto oddiy tilda «his» bilan «yurak» degan so’z bir-biriga o’xshash ma’noda ishlatiladi. Odatda, «yuragim orziqib ketdi», «yuragim orqamga tortib ketdi», «yuragim yorilay dedi» deb gapirilganida, «yurak» so’zi bilan qo’rqib ketish, sevinish kabi hislar ifodalanadi.
Emotsional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o’zgaradi: ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuningdek, ovqat hazm qilish jarayonlari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o’zgaradi. Emotsional jarayonlar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi


Ana shu yuqoridagi aytilganlardan ko’rinib turibdiki, iroda boshqa psixik jarayonlar bilan mahkam bog’liqdir.
Irodaviy harakatlar biz idrok qilib turgan u yoki bu sharoitda yuzaga keladilar. Qarorga kelishda, harakatlarni rejalashtirishda (mo’ljallashda) va amalga oshirishda odam ayni shu sharoitni tushuna olishi kerak. Bu tushunish va binobarin, qilinadigan harakatlarning muvaffaqiyati juda ko’p jihatdan sharoitni idrok qilishning tezligi, to’laligi, aniqligi va to’g’riligiga bog’liq. Idrok ana shunday sifatlarga
ega bo’lmagan paytda irodaviy harakatlar kechikishi, batamom amalga oshirilmasligi, o’zgarishi,
xato bo’lishi mumkin.
Irodaviy jarayonlarda xotira katta rol o’ynaydi. Kundalik hayotimizda juda ko’p irodaviy harakatlarimiz tahminan bir xil qiyofada takrorlanadilar. Biron maqsad qo’yishda, harakat usullarini tanlashda, qarorga kelishda va qilingan harakatlarga baho berishda kishi dastavval o’zining turmush tajribasi hamda bilimlariga asoslanadi.
Biroq hamma irodaviy harakatlar ham faqat ilgarigi harakatlarning oddiy qaytarilishidan iborat emas. Sharoitning o’zgarib turishi davomida ehtiyoj va qiziqishlarga qarab, odam har doim yangi maqsadlar qo’yishiga hamda harakatning yangi usullarini qidirib topishiga to’g’ri keladi. Bu o’rinda irodaga xayol yordam qiladi.
Irodaviy protsessning muhim tomoni biron maqsad qo’yishdir. Biz o’z harakatlarimiz qaratilgan
maqsadni har xil aniqlikda tasavvur qilishimiz mumkin: ba’zan maqsadni shu qadar aniq, yorqin va jonli tasavvur qilamizki, go’yo kishi o’z harakatlaridan kelib chiqadigan natijani oldindan ko’rayotgandek bo’ladi; ba’zan esa maqsad noaniq va xira tasavvur qilinishi mumkin. Maqsad qanchalik aniq. bo’lsa, unga intilish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Maqsadning aniq bo’lishi shu maqsadga etishish yo’lini qat’iyat bilan, uzil-kesil va ongli sur’atda tanlashga imkon beradi. Maqsadning aniqligi yana harakatning kuchli bo’lishiga, dadillik, sabot bilan ish ko’rishga va chidamli bo’lishga madad beradi.
Kishining kuchli iroda ko’rsatishida uning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishga mo’ljallangan va amalga oshiradigan yo’l va vositalarni tasavvur qila olishi ham katta ahamiyatga ega. Bu yo’l va vositalarni kishi qanchalik aniq tasavvur qilsa, bu vositalardan birini shunchalik tez tanlab olib, ma’lum qarorga keladi va shunchalik zo’r ishonch bilan harakat qiladi.
Harakatlar qaratilgan maqsadlarni hamda ularni amalga oshirish yo’l va vositalarini, irodaviy harakatlardan kelib chiqadigan natijalarni yaqqol tasavvur qilish va shuning bilan birga, iroda kuchi kishining tajribasi va bilimlariga hamda uning xayoli, tafakkuri va nutqining taraqqiyot darajasiga bog’liq.
Maqsad va bu maqsadga erishtiruvchi vosita va yo’llarni tasavvur kilishning aniqligi turmush tajribasn hamda bilimlarga asoslangan xayolning kengligi va kuchiga bog’liq.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin