O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Jihozlarni hisoblashning tartibi va usullari



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə4/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

1.2. Jihozlarni hisoblashning tartibi va usullari
Har bir jihozni tayyorlashdan oldin uning loyihasi tuziladi.
Jihozni ahamiyatiga qarab, uni o‘rganilganligiga, o‘xshash
(òèïîâîé) loyihalarning borligiga yoki sinab ko‘rilganligiga qarab



6
uni bir yoki ikki bosqichda loyihalanadi. Ko‘pgina hollarda jihozlarni


bir bosqichda loyihalanadi, bunda loyihalovchi tashkilot
buyurtmachiga texnologik-ishchi loyihani beradi. Bu loyihada
hamma (shu jihozni yasashga) kerakli hujjatlar (chizmalar,
smetalar) bo‘ladi. Aniqlangan va tasdiqlangan texnologik loyiha
asosida ishchi chizma (eskiz) tayyorlanadi.
Loyihalash uchun asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib: jihozning
mahsuldorligi, ishlash rejimi (tartibi), sarflash me’yoriy ishlash
sharoiti, xomashyoni va tayyor mahsulotni korroziyalanish
qobiliyati va zaharlilik darajasi, shuningdek, shu jarayonni olib
borishdagi texnika xavfsizligi hisoblanadi.
Neftni qayta ishlash korxonalarida olib boriladigan jarayonlar
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Gidromexanik jarayonlar (suyuqlik va gazlarni aralashtirish,
ajratish va suyuqliklarni aralashtirish).
2. Massa almashuv jarayonlari (massa almashuv qonunlari
bilan bog‘langan jarayonlar: haydash, rektifikatsiya, absorbsiya,
ekstraksiya, kristallizatsiya va quritish).
3. Issiqlik jarayonlari (isitish, sovitish va kondensatsiya,
bug‘latish).
4. Mexanik jarayonlar (maydalash, tashish va yuklash-tushirish,
qattiq moddalarni aralashtirish va klassifikatsiyalash – saralash).
5. Kimyoviy jarayonlar har xil kimyoviy reaksiyalarning
borishi.
Yuqorida keltirilgan jarayonlar ma’lum jihoz va mashinalarda
olib boriladi. Jihozlarning konstruksiyalari maqsadga muvofiq usulda
va shu jarayonlarni aniq borish shartlari bilan mutanosib bo‘lishi
kerak.
Bir turdagi fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar
umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunishi bilan xarakterlanadi va har
xil ishlab chiqarish korxonalarida bir xil prinsiðda ishlovchi mashina
va jihozlarda olib boriladi.
Òexnologik jarayonlarni ularda olib boriladigan jarayonlar
bo‘yicha sinflash ularni o‘rganish bilan birga har bir jihozni
kompleks texnologik va mexanik hisoblash uchun kerak bo‘ladi.
1. Gidromexanik jarayonlar nasoslar, sentrifuga, ara-
lashtirgich, kompressorlar, tindirgichlar, filtrlar yordamida olib
boriladi.



7
2. Issiqlik jarayonlari olib borishi uchun quvurli pechlar, olovli


isitkichlar, issiqlik almashtirgichlar, kondensatorlar kerak.
3. Massa almashuv jarayonlarida, asosan, kolonna turidagi
jihozlarda: rektifikatsiya kolonnalarida, absorber, adsorber,
desorber, ekstraktorda olib boriladi.
4. Mexanik jarayonlar maydalagichlarda, tegirmonlarda, qattiq
moddalarni elaklarda saralash (klassifikatorlarda) va dozatorlarida
olib boriladi.
5. Kimyoviy jarayonlar konstruksiyalari har xil bo‘lgan
reaksion jihozlar – reaktorlarda olib boriladi. Òexnologik jarayonni
tashkil qilish usuliga qarab jihozlar to‘xtab va to‘xtovsiz ishlaydigan
bo‘ladi.
Òo‘xtab ishlaydigan jihoz ma’lum vaqt ishlagandan keyin
mahsulot tushirib olinadi va yangi miqdor xomashyo bilan
to‘ldiriladi hamda bu jarayon texnologik jarayon tugaguncha davom
etaveradi.
Òo‘xtovsiz ishlaydigan jihozlarning farqi shuki, bu jihozlarga
xomashyo to‘xtovsiz kelib tushadi va hosil bo‘lgan mahsulot
chiqarib olinadi. Bu ikki jarayon bir vaqtda uzluksiz bajariladi.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin