O’zbek xalq musiqasi to’plamlari Reja O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari Mehnat qo’shiqlari


Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari



Yüklə 41,55 Kb.
səhifə8/21
tarix02.01.2022
ölçüsü41,55 Kb.
#35221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
O’zbek xalq musiqasi to’plamlari

2.Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.
Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbeklar qadim-qadimdan chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. O’zbek xalqi hayotida dehqonchilik qanday o’rin tutgan bulsa, chorvachilik ham shu darajada o’rin egallagan. SHunga kura, bu mehnat turi jarayonida intiluvchi rang-barang qo’shiqlar yaratilgan. Xalq o’rtasida bu qo’shiqlar sog’iladigan xayvon turiga harab «Xo’sh-xo’sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi nomlar bilan yuritiladi.

«Xush-xush»lar yoki «Govmishim» - bu qo’shiqlar asosan sigir cog’ish paytida ijro etiladi. Qo’shiqning asosiy mazmuni sog’ilayotgan sigirni tinchlantirish, uni iydirish orqali ko’proq sut sog’ib olish hisoblanadi.
Xo’sh-xo’sh, jonivor, qo’ng’ir,

Suting oqadi shir-shir.

Olti xurma qo’limda,

Iyib sut bilan to’ldir, xo’sh-xo’sh.


Chorvador sigirni yomon ko’zlardan saqlash maksadida uning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorni taqib kuyadi. CHunki qadimiy e’tikodlarga ko’ra yirik zotdor, ko’p sut beradigan sigirlar ko’zga yaqin bo’lib, tez ko’zikib qoladilar.

SHuning uchun ham «Xo’sh-xo’sh» qo’shiqlarida ko’ztumor matni deyarli ko’p qo’llanilgan:

Seni haydab boqaman,

Ko’ztumorlar taqaman.

Normurodim fe’li bo’sh,

Govmish molim, xo’sh-xo’sh.



Yüklə 41,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin