O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar



Yüklə 15,01 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü15,01 Kb.
#195724
Tashqi taqriz (2)


Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sobirjonov Muxiddin Toxirjon o‘g‘lini tayyorlagan monografiyasi uchun


T A Q R I Z

Har bir yangi sohada bo‘lgani kabi raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ham malakali kadrlar yetishmovchiligi ko‘zga tashlanmoqda. Raqamli iqtisodiyotni ta’lim tizimiga olib kirish orqali shaffoflik va aniq hisob kitoblarni avtomatik shaklga keltirish va rivojlantirib avtomatik ko‘rinishga, aniq hisob-kitoblarga asoslanib ish ko‘rishimizga ko‘maklashadi. O‘z navbatida bo‘lajak kadrlarni, umumta’lim maktab o‘quvchilarini, oliy ta’lim muassasalari talabalarini, akademik litsey o‘quvchilariga dasturlash asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 70 mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ulardan 20 ming nafari kurslarni muvaffaqiyatli tugatdi. Bundan ko‘rinadiki, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning eng samarali yo‘li ularni maktab davridan boshlab chet tillari va dasturlashga o‘rgatib borishdir.


O‘zbekistonning axborot jamiyati sari taraqqiyoti uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasining asosi hisoblanadi, chunki iqtisodiy makon innovasion iqtisodiyot va axborot texnologiyalarining raqobatdosh afzalliklariga asoslangan kuchli va teng huquqli sherikdir. Shu o‘rinda korxona va tashkilotlar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda axborot tizimidan samaradorli foydalanish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Aynan shu jihat monografiyaning tanlagan mavzusini dolzarbligini belgilab beradi.
Monografiya ishni bajarish davomida o‘z oldiga ta’lim jarayonlarini barqaror rivojlantirish, ushbu jarayonda axborot tizimidan foydalanish samaradorligi, uni baholash va oshirish yo‘llarini o‘rganishni maqsad qilib olgan.
Bu borada monografiya ishining birinchi bobida ta’lim tizimida raqamli iqtisodiyot boshqaruvinig nazariy asoslari, Ta’lim tizimida raqamli iqtisodiyot boshqaruvining mazmuni va mohiyati, Ta’lim muhitida raqamli boshqaruvning huquqiy asoslari, Xalq taʼlimi tizimida raqamli iqtisodiyot tizimi boshqaruvidan foydalanishdagi muammolari, ta’lim muhitida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish vositalari, ta’lim tizimining raqamlashtirish xorij tajribasi (Rassiya misolida) bo‘yicha fikr-mulohazalirini bildirgan.

Ishning ikkinchi bobida ta’lim va kadrlar salohiyoti raqamli iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omillari sifatida, raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari, kadrlar salohiyati - raqamli iqtisodiyotdning asosiy omili, raqamli iqtisodiyot va ta’limning bog‘liklari bayon qilgan.


Ishning uchinchi bobida viloyat ta’lim tizimida raqamli iqtisodiy samaradorligi oshirish uchun iqtisodiy boshqaruvni avtomatlashtirish, ta’lim tizimida raqamli iqtisodiyot istiqbollari, ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari, kundalik.com platformasi imkoniyatlari, viloyat ta’lim tizimining tashkiliy boshqaruv faoliyatining va viloyat ta’lim tizimining iqtisodiy, moliyaviy faoliyatining tizimli tahlili bo‘yicha tushunchalar tahlili ko’rsatib o’tilgan
Ishda aytib o‘tilgan har bir jihat ilmiy-nazariy asosilariga ega tarzda bayon qilingan. Lekin shu bilan birga ishda ba’zi bir kamchiliklar mavjud:

  • tegishli jadval va rasmlarni tartibini rasmiylashtirishdagi kamchiliklar;

  • ishni yaxshilash borasidagi barcha takliflar ham ishning xulosa va takliflar qismida o‘z ifodasini topmagan;

Ammo bu kamchiliklar bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar bo‘lganligi sababli ishning ilmiy-amaliy darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Yuqoridagi monografiyada keltirilgan barcha ilmiy-nazariy tadqiqotlar, bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib quyidagia xulosa qilish mumkin.
M.Sobirjonov tomonidan tayyorlangan monografiya ishini nashrga tavsiya etish mumkin.


Taqrizchi : “Kompyuter injineringi kafedrasi mudiri” f-m.f.n.,dotsent. G’.Tajiboyev
Yüklə 15,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin