O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-a guruh talabasi Kutlimuratova Shirinning Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan oraliq nazorat uchun yozma ishi Mavzu



Yüklə 24,22 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü24,22 Kb.
#196060
  1   2   3   4
HO\'AT word

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reja


Ajiniyoz nomidagi
Nukus davlat pedagogika instituti
Turkiy tillar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
3-A guruh talabasi Kutlimuratova Shirinning
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan
oraliq nazorat uchun yozma ishi


Mavzu: So‘z birikmasining boshqa til birliklariga munosabati. so‘z, so‘z birikmasi, qo‘shma so‘z, turg‘un birikma, gap

Reja:
1. So‘z birikmasi haqida tushuncha
2. So‘z birikmasi va so‘z
3. So‘z birikmasi va qo’shma so‘z
4. So‘z birikmasi va turg’un birikma
5. So‘z birikmasi va gap

Tilning eng muhim ijtimoiy vazifasi fikrni aniq shakllantirish, uni tushunarli ifoda etish, insonlarga fikr almashinuv vositasi sifatida xizmat qilishdir. Biz muloqot qiladigan til turli birliklardan iborat bo‘lib, ular tilda o‘ziga xos muhim bir vazifalarni bajaradi. Lingvistik jihatdan tahlil qilinganda esa til birliklari alohida ajratilib, aniqlanadi hamda izohlanadi. Tildagi ma’lum bir qoidalar asosida soʻzlarning oʻzaro birikuvidan soʻz birikmasi hamda gaplar hosil boʻladi. Grammatikaning eng muhim bo‘limlaridan biri bo‘lgan sintaksisda soʻz
birikmalari, gaplarning qurilishi hamda ifoda xususiyatlari o‘rganiladi. Sintaksis yunoncha “syntaxis” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, yopishtirish, bogʻlash kabi ma’nolarni anglatadi. Sintaksis soʻzlarning bir-biriga bogʻlanishini va gaplarni oʻrganganligi sababli asosan, quyidagi 2 bo‘limga ajratiladi: 1) soʻz birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi. So‘z birikmlarini hosil qilishda ham, gaplarda ham so‘zlar ishtirok etadi. Ushbu maqola tilshunoslikda so‘z va so‘z
birikmalarining lingvistik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
So‘z va so‘z birikmasi borasida tilshunos olimlar tomonidan turli fikrlar va qarashlar
mavjud. Xususan, F. De. Sossyur so‘z haqida shunday deydi: “So‘z tushunchasi bizning tasavvurimizdagi konkret til birligi bilan teng emas... Tilning konkret birligini so‘zdan qidirmaslik kerak.” 1 Soʻz — leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi. Oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, obyektiv narsa-hodisalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda
qoʻllanadigan eng kichik nutq birligidir. Soʻz birikmasi — nutq va tafakkur jarayonida bir-biriga tobelanish yoki tenglik asosida birikkan, maʼno va grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan,
tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq mustaqil maʼnoli soʻzlar birikmasi.3
So‘z predmet, voqea-hodisa va shu kabilarning sodda nomini ifodalasa, so‘z birikmalari, odatda, ikki yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, predmet, voqea-hodisa, turli jarayonlar va shu kabilarning murakkab nomini bildiradi, ya’ni u butun, shu bilan birga bo‘lingan tushuncha va tasavvurlarni ifodalaydi.4 Masalan: bayroq - oq bayroq, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i; asar - ilmiy asar, badiiy asar. So‘z birikmalari ikki yoki undan ortiq so‘zlarning analitik yo‘l bilan birikuvidan hosil bo‘luvchi sintaktik butunlikdir. So‘z ham, so‘z birikmalari ham tilda juda muhim bo‘lgan birliklar hisoblanadi. Avvalo,
so‘z va so‘z birikmalarining bir-biriga o‘xshash jihatlarini ko‘rib chiqamiz:
Har qanday tilning asosini so‘zlar tashkil qiladi, biroq, har bir so‘z aniq bir ma’no
ifodalagani bilan bu til emas, til bo‘lishi uchun so‘zlar bir-biri bilan munosabatga kirishib, tugal ma’no ifodalab, gap shakllanishi kerak. Gap o‘z – o‘zidan hosil bo‘lmaydi, avvalo, so‘zlar birikib, so‘z birikmalari hosil bo‘ladi va ulardan gap shakllanadi. So‘zlar ham, so‘z birikmalari ham nutqda, gapda ishtirok etadi va olimlarning fikricha, bu jihatdan ular bir-biriga o‘xshashdir.
So‘zlar tilda nominativ vosita bo‘lib, odatda, biror predmet, voqea-hodisa, turli
jarayonlar, belgilarni ifodalash uchun xizmat qiladi. So‘z birikmalari ham tilda xuddi shunday vazifalarni bajaruvchi nominativ vositalardir.6 Lekin so‘z birikmalari ikki yoki undan ortiq, asosan, mustaqil so‘zlardan tashkil topib, biror yagona, aniq tushunchalarni ifodalaydi. Ba’zan so‘z birikmasining vazifasini bittagina so‘z, ba’zan esa, aksincha, bitta so‘zning vazifasini so‘z birikmasi ham bajarishi mumkin. Shunga ko‘ra, so‘z birikmalari ham so‘z singari nominativ vazifani bajarishi mumkin. Masalan: Xorazm viloyatining mehnatkashlari ko‘p yillar davomida sholining yangi navini yaratishga harakat qildilar. Ular yaqinda davlatga
mehnatlari natijasi bo‘lgan yangi navni taqdim qildilar. Ushbu gapning egasi birinchi gapda – Xorazm viloyatining mehnatkashlari - so‘z birikmasi orqali ifodalangan. Ikkinchi gapda esa ega bitta so‘z bilan ya’ni ular so‘zi bilan ifodalangan. Keltirilgan so‘z birikmasi ham, so‘z ham gapda bir xil ma’no hamda bir xil vazifada qo‘llangan. Ammo, farqli jihati, birinchi gapda ega
sifatida uchta so‘zdan iborat bo‘lgan so‘z birikmasi ishlatilgan va u murakkab, yanada aniq bo‘lgan tushunchani ifodalayapti. So‘z birikmasi tarkibidagi barcha so‘zlar so‘zlar o‘z leksik ma’nolariga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlar ekanligi sababli, ularning har biri ma’lum bir tushunchalarni ifodalab kelgan. Keyingi gapda esa so‘z birikmasining vazifasini bitta so‘zning o‘zi bajarib kelgan va bu so‘z gapda umumiy tushunchani bildirgan, so‘z birikmasi esa undan ko‘ra aniqroq bo‘lgan tushunchani ifodalagan.
Nominativ vazifalariga ko‘ra so‘z va so‘z birikmalari o‘xshash bo‘lgani bilan, ularni bir xil deyish xato. Boisi, so‘z va so‘z birikmalari leksik, grammatik xususiyatlariga, tuzilishiga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi va ta’kidlanganidek, so‘z umumiy ma’no ifodalasa, so‘z birikmasi leksik ma’no tashuvchi bir nechta so‘zlarning birikuvidan tashkil topib, so‘zga nisbatan yanada aniq, tor va yaxlit ma’noni bildirib keladi, u butunligicha murakkab tushunchani ifodalaydi hamda uning tarkibidagi so‘zlar esa murakkab tushunchaning elementlarini ifodalaydi: to‘qimachilik korxonasi, shahar hokimiyati. Ko‘rinib turibdiki, so‘z birikmasiga tushunchalar yig‘indisidan tashkil topgan bir butun, murakkab tushunchani
ifodalovchi sintaktik birlik sifatida qarash mumkin. Soʻz birikmalarida tushuncha ancha aniq va ravshan boʻladi: Gʻoʻnan - uch yashar ot; Olqor - yovvoyi togʻ echkisi.

So‘z birikmalari so‘zlar singari nominativ vazifalarni bajarishi tufayli so‘zlar kabi gap tarkibida ham, gapdan tashqarida ham qo‘llanilishi mumkin. Gapdan tashqarida so‘z birikmalari asosan, sarlavhalar, gazeta va jurnallarning nomlari, kitoblarning nomlari, tashkilotlar nomlarida ishlatilishi mumkin. Masalan: vodiy qiyofasi, shonli sana (sarlavha); “Sharq yulduzi” (jurnal nomi); “O‘tkan kunlar” (asar nomi); Milliy tiklanish partiyasi (tashkilot).
So‘zlar singari so‘z birikmalarida ham modallik, shaxs, zamon kategoriyalari,
predikativlik xususiyatlari yo‘q. Bular faqat gapga xos xususiyatlar bo‘lib, agar so‘z birikmasi predikativlikka ega bo‘lsa, unda u endi so‘z birikmasi emas, gap hisoblanadi.
So‘zlar leksik, grammatik xususiyatlariga ko‘ra, so‘z turkumlariga ajratilib, tasniflanadi. So‘z birikmalari kamida ikkita so‘zdan iborat bo‘lib, ulardan biri hokim (bosh) so‘z, ikkinchisi esa tobe (ergash) so‘zdir. Hokim so‘z so‘z birikmasining asosi bo‘lib, hokim so‘z qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligiga ko‘ra so‘z birikmalari ham otli birikmalar, fe’lli birikmalar kabi tasniflanadi. Ko‘rinadiki, so‘z birikmalarining tasniflanishi so‘zlarga, ularning leksik, grammatik xususiyatlariga bog‘liq. Bu ham so‘z va so‘z birikmalari orasida bog‘liqlik, yaqinlik
borligini anglatadi. So‘z bo‘lmasa, so‘z birikmasi ham mavjud bo‘lmaydi.
So‘zlar o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega ya’ni ular turlanadi, tuslanadi. Bu xususiyatlar so‘z birikmalarida ham yuz beradi. Bu holatni asosan, hokim so‘z tarkibida ko‘proq kuzatishimiz mumkin: uy - uylar, uyim, uying, uyi, uyimiz; mening uyim, sening uying, uning uyi, bizning uyimiz, sizning uyingiz; ishga bordim, ishdan qaytdik.
So‘zlar to‘liqsiz gap bo‘la olgani kabi, so‘z birikmalari ham to‘liqsiz gap bo‘lib kelishi mumkin: Gulni kimga terding? – Onamga. (so‘z bilan) Barcha hujjatlar qachon tayyor bo‘ladi ? - Bir haftadan keyin... (so‘z birikmasi bilan).
Shuningdek, so‘zlar ham, so‘z birikmalari ham gapda undalma, kirish so‘z, nominative gap, atov gap, ajratilgan bo‘lak vazifasida kela oladi: U bir qator asarlarni - ilmiy, badiiy, she’riy – zavq bilan o‘qir edi. Ayolning ro‘parasidagi stolda bir kishi, chiroyli kiyingan, sochlari oqargan, nimadir yozib o‘tirardi.
Yuqorida so‘z va so‘z birikmasining o‘xshash xususiyatlarini ko‘rib chiqdik, endi esa ularning farqli jihatlarni haqida to‘xtalib o‘tsak, so‘z umumiy tushunchani ifodalagan holda tilda doim tayyor holatda mavjud bo‘ladi. Chunki so‘z tarixiy kategoriya bo‘lib, u til tarixiy taraqqiyotining muayyan davrida paydo bo‘ladi, ma’lum ma’no bilan bog‘lanib, tilda shu ma’noni ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Shu sababdan ham har bir tilda o‘z so‘zlari - lug‘at boyligi bo‘ladi. So‘z birikmalarida esa bu kabi xususiyat yo‘q, ular tilda tayyor holda mavjud bo‘lmaydi. So‘z birikmalari nutq jarayonida so‘zlovchining o‘z fikrini aniq va
tushunarli yetkazib berishga bo‘lgan talabiga ko‘ra kamida ikkita leksik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan tuziladi va ma’noni aniqlashtirib, chegaralab ifodalashga yordam beradi. So‘zlar bitta leksik ma’noni ifodalab, biror predmet, voqea-hodisa yoki belgining nomini atab keladi, so‘z birikmalari esa ikki yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topib, so‘zlarning ma’nosini alohida, aniq ko‘rsatib kelishdan tashqari, ularning o‘zaro aloqasini ham namoyon qiladi: Madinaning ruchkasi so‘z birikmasida shu ikki predmetning nomini atashdan tashqari, ularning bir-biriga munosabati, ya’ni ruchkaning kimga (Madinaga) qarashliligi ham ifodalangan.
Shuningdek, so‘zlar tovush yoki tovushlar yig‘indisidan tashkil topadi, so‘z birikmalari esa ikki va undan ortiq so‘zlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, so‘z ma’lum bir tilning o‘z grammatikasiga xos bo‘lgan qoidalarga ko‘ra shakllangan, ham morfologik, ham sintaktik, ham semantik jihatdan butunlikka ega bo‘lgan, boshqa mayda qismlarga bo‘linmaydigan, o‘zi tegishli bo‘lgan tilning asosiy til birligi hisoblanadi. So‘z birikmalari esa bunday butunlikka ega emas. So‘z birikmalari asosan, kamida ikki mustaqil so‘zlarning erkin birikuvidan hosil bo‘ladi va ularni yana qaytadan bo‘laklarga ajratish, bo‘lib yuborish, boshqa mos so‘zlar bilan almashtirish mumkin. Yana bitta farqli tomoni, grammatik jihatdan so‘z morfologik birlik, so‘z birikmasi esa sintaktik birlik hisoblanadi. So‘zlar doim ikkita ma’no - leksik ma’no va grammatik ma’no, so‘z birikmalari esa bitta ma’no - leksik ma’no ifodalaydi. Shuningdek, tarkibiy va tuzilishi jihatidan ham so‘zlar morfologik, so‘z birikmalari esa sintaktik elementlardan tashkil topadi.
Shu tufayli ham so‘zlar morfologik belgilarga, so‘z birikmalari esa sintaktik belgilarga ega bo‘ladi. So‘z variantlari faqat so‘zlarga xos xususiyat hisoblanadi (uy – bino ma’nosida, uy – turar joy ma’nosida qo‘llanilishi), so‘z birikmalarida bunday variantlar bo‘lmaydi. Ko‘p ma’nolilik ya’ni polisemiya, omonimiya xususiyati ham faqat so‘zlarga xosdir. Bu xususiyatlar so‘z birikmalarida bo‘lmaydi, chunki ular oldindan mavjud bo‘lmaydi va fikrni aniq yetkazish talabi bilan nutq jarayonidagina yuzaga keladi. Shuni ham aytish kerakki, so‘z birikmalari tarkibida so‘zlar polisemiya, omonimiya xususiyatlarini yo‘qotadi va faqat bitta aniq ma’nonigina ifodalab keladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, umumlashtiradigan bo‘lsak, so‘z birikmasi – ikki va undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (bitishuv, moslashuv, boshqaruv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, ikki qismdan — hokim va tobe qismdan iborat bo‘lgan, borlikdagi narsa va hodisalarni aniq, yaxlit ma’noda ifodalab keluvchi sintaktik tuzilma, nutq birligidir: kitobni oʻqimoq, oydin kecha, oliy maʼlumot (oliy— tobe qism, maʼlumot — hokim qism). So‘z birikmalari ham tarkibidagi so‘zlar soniga qarab sodda va murakkab so‘z birikmalariga bo‘linadi. So‘z birikmasining so‘zdan farqli va o‘xshash jihatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdik, ammo, shu o‘rinda so‘z birikmasining qo‘shma so‘z, ibora va gapdan farqi haqida ham aytib o‘tish muhimdir.
Sayfullayeva R, Mengliyev B va b. muallifligidagi “Hozirgi o'zbek adabiy tili”da so‘z va so ‘z birikmasi haqida bunday deyilgan: So‘z bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq tushuncha munosabatga kirishgan holda voqelanadi. So‘z asosida leksema va morfema hamda ularning birikuv qonuniyati yotsa, SBga Ieksemalar birikuvini tartibga soIuvchi LSQ asos bo'Iadi. Aytilganidek, so‘zda tushuncha, ma'no keng va mavhum bo'ladi. So‘z birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar barham topgan bo'ladi. Masalan, qiZiq kitob birikmasida kitobning bir belgisi namoyon bo'lgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik nisbiy va biryoqlama. Chunki uning badiiy yoki ilmiyligi hali mavhum va noaniq. QiZiq badiiy kitob birikmasida bu belgi ham muayyanlik kasb etadi. So‘z birikmasida so‘z boshqa so‘zni o'ziga biriktirib kengayishi bilan ma'noviy jihatdan torayib boradi. Demak, shakliy kengayish ma'noviy torayishni keltirib chiqarsa (so‘z birikmasida), shakliy torlik (so‘zda) ma'noviy kenglik bilan munosib. SBda ma'nolar o'zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular yaxlitlanib, bir «vujud))ga aylanib ketmaydi. Bir-biriga qancha yaqinlashmasin, baribir o'z mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, toza havo birikmasida bir ma'no ikkinchisiga muayyanlik kiritish uchun xizmat qiladi, Iekin, baribir, bunda ikki tushuncha mavjud. Ikki tushuncha orasidagi munosabat ma'Ium bir me'yor
chizig'idan o'tsa, ular yaxlit tushunchaga aylanadi va bir butun holda yangi ma'no anglatadi. Masalan, be/bog' so‘zi dastlab be/ning bog'i birikuvi shaklida bo'lib, bunda ikki tushuncha munosabati (hokim-tobeligi) mavjud. Biroq bu ularning yaxlitlanishi darajasiga etmagan. (Belbog~ so‘zida esa munosabatning me'yor chizig'idan keyingi holatiga duch kelamiz. So‘zlarning alohida ko'rinishi bo'lgan qo'shma so‘zlar aslida so‘z birikmalari uzvlarining yaxlitlanishi - so‘z birikmasining ma'noviy taraqqiyoti mahsuli. SB a'zolari orasidagi bog'lanish, ya'ni tobelanish uch xiI: bitishuv, moslashuv, boshqaruv. Bu aloqa turining o'ziga xos xususiyati va farqi a'zolarni biriktiruvchi ko'rsatkich yoki boshqa vositadan kelib chiqadi. Masalan, tez yurmoq, qalamni olmoq, kitobning varag'i birikmalarida tobe so‘zning qaysi shaklda kelishi ko'pincha, uning hokim so‘ziga (qalamni olmoq) bog'liq bo'lsa, ba'zan har ikkala a'zo bir-birining qanday shaklda bo'lishini belgilab qo'yadi (kitobning varag'i).
Bitishuvda birikkan so‘zlarning o'zaro aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan belgilanadi. Bitishuv aloqasida morfologik ko'rsatkich bo'lmasa-da, tartib muhim vosita sifatida namoyon bo'ladi. Bunda tobe so‘z ushbu mavqeda kelish uchun shakliy jahatdan o'zgarmaydi. Zero, tobe a'zo sifatida namoyon bo'layotgan so‘z
ma'noviy va vazifaviy jihatdan bunga xoslangan bo'ladi. MisolIar: qiZil gul, oq qog‘oz. Ba'zan ot turkumidagi so‘zIar ham hech qanday vositasiz tobe vazifada kela oIadi: oltin soat, tosh yo oltin, tosh leksemasining lisoniy mohiyati bilan beIgilanmagan.

Quyidagi so‘zlar bitishuv yo'li bilan bog'langan:


1) ravish +fe'l: 0
I.
2) sifat+fe'l: yaxshi so 'zlamoq;
3) son+ot: 0 'nta qalam, sakkiz daftar;
4) ot+ot: kumush qoshiq, chang yo'l;
5) olmosh+ot: hamma odam, qanday kitob.

Ayrim manbalarda tobe so‘z vazifasida ravishdosh (shoshilib gapirdl) , sifatdosh (0'qigan bola) yuzaga chiqqan birikuv ham bitishuvli birikma sifatida qaraladi. Vaholanki, bu erda ravishdosh ko'rsatkichi [-ib] fe'lni fe'lga (shoshilib gapirdi) , sifatdosh shakli [-gan] fe'lni otga (0 'qigan bola) bog'lash uchun xizmat qiIadi.


Shuningdek, bulaming morfologiyada lug'aviy-sintaktik shakl sifatida qaralishi ham ular hosiI qilgan birikuvni bitishuvli emas, balki boshqaruvli birikuv sifatida baholashni taqozo etadi. Bitishuvda a'zolaming hokim-tobelik holati, asosan, tartib va joylashuv omili asosida belgilanadi: (tobe a'zo + hokim a'zo), ya'ni
tobe so‘z oldin, hokim so‘z keyin keladi hamda a'zolar orasiga boshqa so‘zni kiritib bo'lmaydi, (kumush qoshiq birikmasini kumush o 'nta qoshiq deb o'zgartirib bo'lmaydi). Ba'zan bitishuvda ham tartib ikkinchi o'ringa tushib qolgandek tuyuladi: Majlis bo'ladi - Majlis kechqurun bo'ladi. Lekin bunda majlis so‘zi fe'lga bitishuv asosida emas, balki bosh kelishikda bog'lanayotganligini sedan chiqarmaslik lozim. Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o'ynaydi. Bunda tobelik tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma'nosidan anglashilishi ayon bo'lib turadi. Kelishik affiksi o'z ma'nolarini yo'qotgan tezda kelmoq, 0 'zo 'zidan raqsga tushib ketmoq, birdan gapinnoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida qaramoq lozim. Chunki kelishik qo'shimchasi bu SBda o'z tizimidan ajralib, so‘z tarkibida «qotib qolgan». Bular - kelishik qo'shimchasini olgan holda ravishga ko'chganso‘z.


Yüklə 24,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin