F.de Sossyur ko‘pgina lingvistlar almashinuv materiali tovush bo‘lgani uchun
uni fonetik hodisa hisoblab xatoga yo‘l qo‘yayotganini, almashinuv qanday
material asosidan iborat bo‘lishidan qat’i nazar,
u grammatikaga oidligini
ta’kidlaydi.
1
Lekin mazkur hodisa grammatikaning tekshirish ob’ektidan ham birmuncha
farq qiladi. U vaqtda yuqoridagi hodisalar tilshunoslikning qaysi bo‘limiga oid
bo‘lishi kerak?
Til va uni o‘rganadigan tilshunoslik birliklari uyg‘unligi uchun doimo
qayg‘urib kelgan I.A.Boduen de Kurtenening o‘zida ham bu masala ochiq qoldi.
Shunga qaramay, I.A.Boduen de Kurtene asarlari tilshunoslikda fonetika va
morfologiya oralig‘ida yangi bo‘limning ajralib chiqishiga turtki berdi. Uning
g‘oyalariga
tayanib
N.S.Trubetskoy
morfonologiya
(fonomorfologiya)
nazariyasiga asos soldi.
E.A.Makayev va Ye.S.Kubryakova haqli ravishda ta’kidlaganlaridek,
I.A.Boduen
de Kurtene ham, N.V.Krushevskiy ham mazkur sohadagi izlanish
natijalarini bir nazariya doirasida umumlashtirmadilar. Tilshunoslikning yangi
bo‘limi – morfonologiyaning haqiqiy yaratuvchisi N.S.Trubetskoy bo‘ldi.
N.S.Trubetskoy ma’lum bir tilning fonologik vositalarini morfologik nuqtai
nazardan o‘rganishni morfonologiya ob’ekti hisoblaydi. Uning fikricha, faqat som
va hind-ovrupo tillari grammatikasidagina emas, balki barcha tillar grammatikasida
fonologiya va morfologiya oralig‘ida ularni bog‘lab turuvchi «ko‘prik» sifatida
morfonologiya faxriy o‘rin olishi kerak. Morfologiyaga ega bo‘lmagan
tillar
morfonologiyaga ham ega bo‘lmaydi. Morfonologiya har bir tilning o‘ziga xos
xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Morfonologiya nuqtai nazaridan qaralgan
ayrim til tiplarini esa dunyo tillarining ratsional tipologiyasida guruhlarga ajratish
ancha qulay.
N.S.Trubetskoy morfonologiya nazariyasi quyidagi uch bo‘limni o‘z ichiga
olish kerakligini ko‘rsatadi:
1. Morfemaning fonologik strukturasi haqidagi ta’limot.
2. Morfemalar o‘zaro birikkanda, morfema tarkibida yuz beradigan
tovushlarning kombinator o‘zgarishlari haqidagi ta’limot.
3. Morfologik funksiya bajaradigan tovush almashinuvi haqidagi ta’limot.
Mazkur uch bo‘limdan faqat birinchisi hamma tillar uchun bir xil ahamiyatga
ega. Bunga ko‘ra, morfonologiyaning birinchi vazifasi har qanday tildagi o‘zak va
affiks morfemalarning fonetik (fonologik) strukturalarini o‘rganishdir. Darhaqiqat,
o‘zak va affiks morfemalarning fonetik (fonologik) strukturalarini o‘rganish
ma’lum bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda katta ahamiyatga ega.
Chunki ayrim undosh va unli fonemalarning ma’lum morfemada qo‘llanishi
cheklangan. Masalan, turkiy o‘zak
morfema boshida hech qachon
ng
undoshi
kelmaydi. Shuningdek, sof turkiy so‘zlar o‘zagida qo‘sh undoshlar ham
ishlatilmaydi (st, lt kabilar mustasno). Singarmonizmga amal qiladigan tillarda
o‘zak morfema tarkibida ishlatiladigan unlilar tarkibi affiks morfemalardagiga
nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Chunki affiks morfemalar vokalizmining ko‘p
belgilari
1
Соссюр Ф.де. Курс общей лингвистики. – М., 1933. – С.148.
o‘zak morfema unlilariga bog‘liq.
Morfonologiyaning boshqa bo‘limlari o‘rganadigan hodisalar turli tillarda
turli darajada namoyon bo‘ladi. Jumladan, agglyutinativ tillarda ikkinchi bo‘lim
morfonologiyaning asosiy bo‘limi hisoblanadi.
2
A.A.Reformatskiy fikriga ko‘ra, N.S.Trubetskoyning morfonologiya haqidagi
ikkinchi punktida aks etgan «kombinator tovush o‘zgaruvi» ifodasi hodisa
mohiyatini xarakterlamaydi. U bu o‘rinda morfemalar varianti (p, ech – p, ek) yoki
fonemalar almashinuvi (k-ch) haqida gap ketishi kerakligini aytadi.
Shunday qilib, hozirgi kunda morfonologiya tilshunoslikning alohida bo‘limi
sifatida ko‘pchilik tilshunoslar tomonidan tan olindi. Faqat roman, german, slyavan
tilshunosligidagina
emas
3
,
balki
turkologiyada
ham
mazkur
masalaga
bag‘ishlangan bir qator asarlar maydonga keldi.
4
Dostları ilə paylaş: